Andijon viloyatining Andijon tumanida joylashgan yog‘och omborida yirik yong‘in yuz berdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi. Qayd etilishicha, hodisa 21-iyun kuni soat 20:10 da tumanning “Mard” MFY hududida sodir bo‘lgan. Yong‘in haqida xabar kelib tushgach, voqea joyiga zudlik bilan yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan.
Qutqaruvchilarning tezkor sa’y-harakatlari natijasida yong‘in soat 21:55 da to‘liq bartaraf etildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!