Ostona shahriga tashrifi doirasida O‘zbekiston Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Respublikasi davlat maslahatchisi Yerlan Karin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi uzoq muddatli sheriklikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Xususan, madaniy diplomatiyani rivojlantirish, yoshlarning mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashdagi o‘rni masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tomonlar yuqori texnologiyalar sohasidagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan ham fikr almashdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!