Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan joriy yilning 28-sentabr kunidan Farg‘ona vodiysi va O‘zbekistonning boshqa viloyatlarini temir yo‘l transporti bilan uzviy bog‘lash, ichki turizmni rivojlantirish uchun qo‘shimcha 651/652-sonli “Andijon – Xiva – Andijon” yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, 2022-yilning 29-sentabridan boshlab haftaning har payshanba kuni Andijondan harakatlanayotgan “Andijon – Buxoro” yo‘lovchi poyezdining harakat yo‘nalishi Urganch bekatigacha uzaytirildi.
Yo‘lovchi poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
651/652-sonli “Andijon – Xiva – Andijon” yo‘lovchi poyezdi 2022-yilning 28-sentyabr haftaning chorshanba kunidan boshlab Andijondan, 2022-yilning 29-sentabr haftaning payshanba kunidan boshlab Xivadan jo‘naydi.
391/392-sonli “Andijon – Urganch – Andijon” yo‘lovchi poyezdi harakati 2022-yil 29-sentabrdan haftaning payshanba kuni Andijondan va haftaning juma kunidan boshlab Urganch bekatidan harakatlanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!