Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida yangi sement zavodining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, zavod yiliga o‘rtacha 2,5 million tonna (kuniga 6 ming tonna) tayyor sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Loyiha qiymati 250 million dollarni tashkil etib, Xitoyning “Conch International Holdings Limited (Xitoy), “Zhejiang Shangfeng Building Materials Co” Ltd (Xitoy) kompaniyalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari asosida amalga oshirilgan.
Shuningdek, loyihaning eksport salohiyati yiliga 10 million dollarni tashkil etadi, shuningdek, 750 ta ish o‘rni yaratilgan. Zavod uchun jami 74 gektar yer maydoni ajratilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!