Andijon shahri sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Bu haqda 17-avgust kuni Andijon shahar hokimi G‘ofur Abdurahmonov tegishli qarorni imzolagan.
Ma’lumot uchun, Dilmurod Rahmatullayev ta’lim tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Bir muddat viloyat xalq ta’limi boshqarmasini boshqargan.
Shuningdek, 2016-2019-yillarda Andijon shahri hokimi vazifasida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Rahmatullayev 2017-yilda o‘qituvchilarni haqorat qilgani audiosi bilan omma e’tiboriga tushgandi. 2019-yilda esa axloqsiz tasviri ortidan ishdan olingandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!