Kecha, 21-dekabr kuni soat 14:13 da Farg‘ona shahar “Mustaqillik” MFY Kimyogar ko‘chasida joylashgan salidor va litol ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi yuzasidan xabar kelib tushgan.
Yong‘in qutqaruvchilar hodisa joyiga 14:21 da yetib borib, 14:24 da o‘rab olinib, 14:32 da yong‘in batamom o‘chirilgan.
Bu haqda Farg‘ona viloyati FVB matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda shuningdek, hozirda yong‘inning kelib chiqishi sababi va zarari aniqlanayotganligi va yong‘in oqibatida bir nafar inson voqea joyida vafot etganligi aytilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!