Texnomagnat Ilon Mask AQSh hukumati agarda xarajatlari kamaytirmasa, iqtisodiy qulash yuz berishini aytdi.
“AQSh hukumatining xarajatlari mamlakatni bankrotga olib keladi. Biz to‘lay olmaydigan qarzimiz bo‘lgan vaziyatga duch kelmaslik uchun davlat xarajatlarini keskin kamaytirishimiz kerak”,- dedi Mask Pensilvaniyadagi mitingda.
Maskning fikricha, bu muammoning ahamiyatini tushunish aql-idrok bilan bog‘liq. Shu munosabat bilan Mask AQSh prezidenti saylovidagi g‘alaba respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampga nasib etishi kerakligiga ishonch bildirdi.
Pensilvaniya an’anaviy ravishda AQSh prezidentlik saylovlarida o‘zgaruvchan shtatlar qatoriga kiradi. Bu shuni anglatadiki, saylov natijalari ko‘pincha ushbu shtatlardagi ovoz berish natijalariga bog‘liq.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!