AQSH Mudofaa vazirligi (Pentagon) sun’iy intellekt sohasidagi yettita yirik kompaniya bilan ularning ilg‘or texnologiyalarini maxfiy tarmoqlarga joriy etish bo‘yicha kelishuvlar tuzdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Pentagon sun’iy intellekt yetkazib beruvchilari doirasini kengaytirish orqali harbiy salohiyatni mustahkamlashga intilmoqda. Shu bilan birga, sohadagi yetakchi startaplardan biri — Anthropic hozircha bu ro‘yxatga kiritilmagan.
Kimlar bilan kelishildi?
Yangi hamkorlar ro‘yxatiga SpaceX, uning tarkibidagi xAI, shuningdek OpenAI, Google, Nvidia, Reflection AI startapi, Microsoft va Amazon Web Services kiradi. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, ushbu kompaniyalarning ayrimlari avvaldan Pentagon bilan hamkorlik qilib kelgan.
Endilikda ular maxfiy tarmoqlarga integratsiya qilinadi, bu esa harbiylarga sezgir ma’lumotlar bilan ishlash va qaror qabul qilish jarayonida kengroq imkoniyatlar yaratadi.
“Bu kelishuvlar AQSH armiyasini sun’iy intellektga tayangan kuchga aylantirish jarayonini tezlashtiradi va barcha yo‘nalishlarda qaror qabul qilish ustunligini mustahkamlaydi”, — deyiladi Pentagon bayonotida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!