“Xitoy Milliy vaqt xizmati markazi mamlakatning Sian shahrida joylashgan bo‘lib, u Pekin vaqtini belgilash, saqlash va uzatish uchun mas’ul hisoblanadi. Shuningdek, u aloqa, moliya, elektr energetikasi, transport, geodeziya va kartografiya, milliy mudofaa kabi sohalarda vaqt sinxronizatsiyasi xizmatlarini ko‘rsatadi hamda xalqaro vaqt zonalarini hisoblash uchun ma’lumotlar taqdim etadi”, – deb qayd etmoqda Xinhua agentligi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, kiberhujum natijasida infratuzilmaning ishdan chiqishi “Pekin vaqti”ning xavfsiz va barqaror ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, bu esa jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Xususan, aloqa tarmoqlarida uzilishlar, moliyaviy tizimdagi nosozliklar, elektr ta’minotidagi uzilishlar, transport falokatlari, kosmik apparatlarning uchirilishida muammolar yuzaga kelishi va hatto xalqaro vaqt tizimida tartibsizlik keltirib chiqarishi mumkinligi aytilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!