Chet ellik sarmoyadorlarga Avstraliyada yashash huquqini bergan “oltin viza” hukumat “yomon iqtisodiy natijalarga olib kelgan” deb topgach, bekor qilindi. Bu haqda BBC xabar beradi.
Qayd etilishicha, xorijiy biznesni jalb qilish uchun mo‘ljallangan “oltin viza” olish huquqiga ega bo‘lish uchun ariza beruvchilar Avstraliyaga 5 million Avstraliya dollaridan (3,3 million dollar) ortiq sarmoya kiritgan bo‘lishi kerak.
Shuningdek, ko‘plab tahlillardan so‘ng, hukumat “oltin viza” sxemasi o‘zining asosiy maqsadlariga erishmagan degan xulosaga keldi va dekabrdagi hujjatda uni bekor qilishini e’lon qildi hamda uning o‘rniga “malakali muhojirlar”ning vizalar olishiga ko‘proq imkon yaratilishi aytilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!