O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 20-apreldagi O‘RQ–1135-sonli Qonuni bilan amaldagi qonunchilikka bir qator muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Hujjatga ko‘ra, kam ta’minlangan shaxslarning huquqlarini yanada kengroq himoya qilishga qaratilgan yangi tartib joriy etildi. Endilikda ular sud ishida qo‘llanilgan qonunning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilgan taqdirda ham davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, yuridik yordam ko‘rsatish jarayoni yanada soddalashtirildi. Xususan, fuqaroning iltimosiga asosan tegishli so‘rov “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali bevosita Konstitutsiyaviy sud tomonidan yuboriladi.
Mazkur o‘zgartirishlar kam ta’minlangan fuqarolarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, adolatli sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!