$
12844.21 UZS
-11.72
127.35 UZS
-0.81
13508.26 UZS
-62.46
15° Kechasi

Ayrim oziq-ovqat mahsulotlari uchun bojxona to‘lovlari nol stavkaga tushirilishi mumkin

11:11 / 24.03.2022

Prezident Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov maʼlum qildi.

Jamshid Qo‘chqorovning taʼkidlashicha, tijorat banklari va Markaziy bank tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholiga Rossiya rublida pul o‘tkazmalari uzluksiz amalga oshirish taʼminlangan. Shuningdek, bu boradagi ishlarni davom ettirish topshirildi.

“Ayrim tadbirkorlar erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada kreditni qanday to‘lashi haqida tashvishlanayotgan bo‘lishi mumkin. Xabaringiz bor, o‘tgan yilning avgust oyida prezidentimiz tadbirkorlar bilan uchrashuvda ushbu kreditlarni so‘mda to‘lash imkoniyatini yaratish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Bu mexanizmdan har qanday tadbirkor foydalanishi mumkin.

Oziq-ovqat mahsulotlari narxi keskin oshishining oldini olish maqsadida ayrim oziq-ovqat mahsulotlariga bojxona to‘lovlarini nolga tushirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Biz bu masala bo‘yicha tegishli qaror kiritamiz”, – deydi Jamshid Qo‘chqorov.

Qayd etilishicha, mehnat muhojirlari muammolarini hal qilish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Moliya va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari hamda Markaziy bank vakillaridan iborat maxsus shtab tashkil etiladi.

“Eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni revolver kredit berish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Bundan tashqari, Transport-logistika masalalarini hal etish, jumladan, Uzbekistan Airways faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shu bilan birga, tadbirkorlar, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes vakillariga sharoit yaratib berish, qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Soliq qo‘mitasiga ko‘rsatmalar berildi”, – deydi Bosh vazir o‘rinbosari.

Shuningdek, eksportyorlar transport xarajatlarining 70 foizini byudjetdan qoplab berish yo‘lga qo‘yilishi (hozir 50 foizgacha) taʼkidlandi.


Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro ha…
23:00 / 22.11.2024
Raqobat qo‘mitasi BFQ reklamasi bilan shug‘ullanayotganlarni ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasi BFQ reklamasi bilan shug‘ullanayotganlarni ogohlantirdi

Shu sabab qo‘mita ushbu mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanayotganlarni ogohlantirdi.
10:58 / 21.11.2024
AQSh Ukrainaga eski ATACMS raketalarini sotgan

AQSh Ukrainaga eski ATACMS raketalarini sotgan

AQSh harbiy byudjetini tahlil qilib, o‘z arsenalini modernizatsiya qilish uchun Kiyevga eskirgan ATACMS raketalarini yuborga…
11:34 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 noyabr kuni madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, xususan, teatrlarning jamiyat madan…
19:21 / 22.11.2024
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Ross…
15:42 / 22.11.2024
Ob-havo yomonlashgani sababli Farg‘ona xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga cheklovlar o‘rnatildi

Ob-havo yomonlashgani sababli Farg‘ona xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga cheklovlar o‘rnatildi

Cheklovlar vaqtida barcha reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltiriladi.
17:31 / 21.11.2024
22-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

22-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 4-6, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
22:47 / 21.11.2024
“Toshshahartransxizmat”ga yangi rahbar tayinlandi

“Toshshahartransxizmat”ga yangi rahbar tayinlandi

Sattarov shu yilning fevral oyida o‘g‘irlik va rasmiy soxtalashtirishda gumon qilinib hibsga olingan Anvar Jurayevning o‘rni…
21:50 / 22.11.2024
Ertaga Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ertaga Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ axborot xizmati xabar berdi.
22:39 / 21.11.2024
“Vatandosh kartasi”ga ega shaxslar O‘zbekiston hududiga vizasiz kirishi va chiqishi mumkin

“Vatandosh kartasi”ga ega shaxslar O‘zbekiston hududiga vizasiz kirishi va chiqishi mumkin

Prezident Qarori bilan “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi …
14:19 / 22.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!