$
11783.47 UZS
-14.45
139.70 UZS
1.7
13688.86 UZS
-51
31° Kechasi 18°

Jahon banki O‘zbekistonga 153 million AQSh dollari ajratadi

14:24 / 05.04.2025

Samarqand xalqaro iqlim forumi doirasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Ekologiya vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi Jahon banki bilan birgalikda “O‘zbekistonda barqaror landshaftlarni tiklash” loyihasi boshlanganini e’lon qildi.

Jahon banki loyihani amalga oshirish uchun 153 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratadi. Bu loyiha Markaziy Osiyoning beshta davlatida o‘rmonlar va degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklashga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshiriladigan mintaqaviy dasturning bir qismidir.

Jahon banki bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilayotgan loyiha O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan maqsadlarga erishishga yordam beradi. Bu o‘n yillik oxiriga qadar o‘rmonlar maydonini 6,1 million gektarga yetkazish masalalarini ham o‘z ichiga oladi. Loyiha yerlari degradatsiyaga uchragan yerlarga but va daraxtlar ekish orqali mahalliy landshaftlarning barqarorligini va oziq-ovqat tizimlarining unumdorligini oshiradi, shuningdek, aholi turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish va ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, loyiha tabiiy resurslardan yanada samarali foydalanish orqali kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlaydi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda ekoturizmni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Loyiha mamlakatning turli hududlarida landshaftlar barqarorligini ta’minlash va o‘rmonlarni qayta tiklash, shuningdek, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari o‘rtasida transchegaraviy tabiiy hududlarni tiklash bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlaydi. Loyiha tadbirlari mamlakatimizning 6 ta hududi — Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda o‘rmon resurslari cheklangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘rmon xo‘jaligi agentligidagi o‘rmon bilan qoplangan yer maydoni 4,4 million gektarni tashkil qiladi. Bu umumiy yer maydonining 10,6 foizini tashkil qiladi. Oxirgi 10 yil ichida Respublikada o‘rmonzorlar maydonini ko‘paytirishga jiddiy e’tibor qaratildi. Bunga misol qilib, Orol dengizining qurigan tubida o‘rmon barpo etish hajmi keskin ko‘paytirildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-martdagi “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “O‘zbekistonda barqaror o‘rmon landshaftlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-140-son qaroriga muvofiq Respublikaning 176 ming gektar yer maydonida o‘rmonzorlarning tabiiy tiklanishiga ko‘maklashish, 38,5 ming gektar yer maydonlarida yaylovlarni qayta tiklash, 15 ming gektar yer maydonida suvni tejash va tog‘ o‘rmonlarida tuproq eroziyasiga qarshi kurashish, 14,2 ming gektar yer maydonlarida agroo‘rmonchilik tadbirlarini amalga oshirish, 5 ming gektar yer maydonda sanoatbop o‘rmonzorlar tashkil qilish hamda 5 ming gektar yer maydonida dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Iqlim o‘zgarishi ham o‘rmonlarning degradatsiyasini tezlashtirmoqda. Bu yong‘inlar sonining ko‘payishiga, zararkunandalarning tarqalishiga va daraxtlar kasalliklarining ortishiga olib keladi.

“Jahon banki O‘zbekiston hukumati degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash borasidagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlayotganini yuqori baholaydi. Yangi loyiha orqali mamlakat Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan Markaziy Osiyoda barqaror landshaftlarni tiklash (RESILAND CA+) dasturiga qo‘shiladi. Dastur Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning shahar va qishloq hududlarida iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini yumshatishga xizmat qiladi. Yangi loyihaning mintaqaviy komponenti O‘zbekistonga chegaradosh qo‘shni davlatlar bilan o‘rmon hududlarida faoliyat olib borishga yordam beradi.

Loyiha doirasida Ekologiya, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan loyiha doirasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

— respublikaning 6 ta viloyatida degradatsiyaga uchragan yerlarni daraxtlardan (agroo‘rmon xo‘jaligi, o‘rmon plantatsiyalari, bog‘lar, o‘rmon-yaylov tizimlari) tiklash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish (ushbu faoliyat, shuningdek, o‘rmonlarni qayta tiklash va ko‘kalamzorlashtirish kabi landshaftni tiklash faoliyati bilan shug‘ullanadigan mahalliy aholi uchun qisqa muddatli ish o‘rinlarini yaratadi);

— Tabiiy resurslardan samaraliroq foydalanish asosida kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirish uchun fermerlarga moliyaviy va ta’lim sohasida yordam ko‘rsatish;

— Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va o‘rmon qo‘riqxonalarini boshqarishni takomillashtirish va 6 ta hududda barqaror ekoturizmni rivojlantirish (Loyiha zarur infratuzilmani, jumladan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va o‘rmon hududlarida turistik markazlar, ma’muriy ob’yektlar, kempinglar, sayr qilish joylari, sayyohlik marshrutlari va boshqa rekreatsion maydonlarni yaratishni moliyalashtiradi);

— O‘zbekistonda birinchi bo‘lib o‘rmon plantatsiyalari bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini yaratish va O‘rmon xo‘jaligi agentligi uchun axborot-kommunikatsiya platformasini yaratish (Bu agentlikni modernizatsiya qilish va uning samaradorligini oshirish imkonini beradi).

Loyiha taqdimoti davomida Toshkentdagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (“Green University”) va O‘rmon xo‘jaligi agentligi huzuridagi loyihani amalga oshirish bo‘yicha guruh o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bitim o‘rmon xo‘jaligi sohasida uning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarini qamrab olgan ilmiy tadqiqotlar uchun loyiha mablag‘lari hisobidan grant ajratishni nazarda tutadi.


O‘zbekiston


														
														Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni jadallashtirish vazifalari belgilandi

Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni jadallashtirish vazifalari belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatini yangi bosqichga olib chiqish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiq…
17:39 / 10.09.2026

														
														11-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

11-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab biroz bulutli ob-havo bo‘lib, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
17:21 / 10.09.2026

														
														Saida Mirziyoyevaga qo‘shimcha vazifa yuklatildi

Saida Mirziyoyevaga qo‘shimcha vazifa yuklatildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Sh…
13:14 / 10.09.2026

														
														Chorvoqda cho‘kib ketgan 3 kishidan 2 nafari topildi

Chorvoqda cho‘kib ketgan 3 kishidan 2 nafari topildi

Bugun, 10-sentyabr kuni soat 12:07 da Favqulodda vaziyatlar vazirligi g‘avvoslari Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan 3 nafa…
12:58 / 10.09.2026

														
														Namangan va Andijon viloyatlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Namangan va Andijon viloyatlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-6-moddasi (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analo…
09:27 / 10.09.2026

														
														“Sharafli yo‘l” — iste’dodlar e’tirofi

“Sharafli yo‘l” — iste’dodlar e’tirofi

Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan  O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan Madaniyat vazirligi …
09:14 / 10.09.2026

														
														Toshkent–Andijon yo‘nalishida yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent–Andijon yo‘nalishida yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

10-sentyabrdan Toshkent–Andijon yo‘nalishida zamonaviy tezkor CRRC-Dalian elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. U amaldag…
15:51 / 09.09.2026

														
														Davlat yeri va binosini sotib olishda to‘lov shartlari yengillashtiriladi

Davlat yeri va binosini sotib olishda to‘lov shartlari yengillashtiriladi

Tadbirkorlar uchun davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirishda yangi moliyaviy imkoniyatlar joriy etilmoqda. …
15:33 / 09.09.2026

														
														Farg‘onada ikki ayolning odam savdosi qurboniga aylanishi oldi olindi

Farg‘onada ikki ayolning odam savdosi qurboniga aylanishi oldi olindi

Farg‘ona shahrida ikki nafar ayolni Rossiyaga fohishalik bilan shug‘ullanishga jalb qilmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi. …
15:16 / 09.09.2026

														
														Tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisi jazolandi

Tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisi jazolandi

Toshkent shahrida tez tibbiy yordam avtomashinasiga yo‘l bermagan BYD haydovchisiga nisbatan ma’muriy chora ko‘rildi. Bu haq…
09:49 / 09.09.2026

Bu ham qiziq

Chorvoqda cho‘kib ketgan 3 kishidan 2 nafari topildi

Chorvoqda cho‘kib ketgan 3 kishidan 2 nafari topildi

Bugun, 10-sentyabr kuni soat 12:07 da Favqulodda vaziyatlar vazirligi g‘avvoslari Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan 3 nafa…
12:58 / 10.09.2026
O‘zbekistonning PISA 2025 natijalarida ijobiy o‘sish qayd etildi

O‘zbekistonning PISA 2025 natijalarida ijobiy o‘sish qayd etildi

O‘zbekiston PISA 2025 xalqaro tadqiqotida 91 ta davlat va ta’lim tizimi qatorida ishtirok etdi. Mamlakat mazkur xalqaro baho…
14:13 / 08.09.2026
Qashqadaryo va Jizzaxdagi nomsiz cho‘qqilarga yangi nom berildi

Qashqadaryo va Jizzaxdagi nomsiz cho‘qqilarga yangi nom berildi

Qashqadaryo va Jizzax viloyatlaridagi shu kungacha rasman nomlanmagan ikki tog‘ cho‘qqisiga yangi nom berildi. Bu haqda Vazi…
10:21 / 08.09.2026
Xitoy armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitga tayyorlamoqda

Xitoy armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitga tayyorlamoqda

Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitlarda qo‘llashga tayyorlashni boshladi. Bu haqda Reuters xab…
10:00 / 08.09.2026
Namangan va Andijon viloyatlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Namangan va Andijon viloyatlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-6-moddasi (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analo…
09:27 / 10.09.2026
Qozog‘iston bolalar uchun fastfud reklamasini cheklamoqchi

Qozog‘iston bolalar uchun fastfud reklamasini cheklamoqchi

Qozog‘istonda bolalarga mo‘ljallangan fastfud reklamalarini cheklash taklif qilinmoqda.
15:43 / 09.09.2026
Farg‘onada 210 ming dollarga hokimlik lavozimini va’da qilgan shaxs ushlandi

Farg‘onada 210 ming dollarga hokimlik lavozimini va’da qilgan shaxs ushlandi

Farg‘ona viloyatida 210 ming AQSH dollari evaziga tuman hokimi lavozimiga ishga joylashtirishni va’da qilgan shaxs ushlandi.…
12:07 / 08.09.2026
Farg‘onada ikki ayolning odam savdosi qurboniga aylanishi oldi olindi

Farg‘onada ikki ayolning odam savdosi qurboniga aylanishi oldi olindi

Farg‘ona shahrida ikki nafar ayolni Rossiyaga fohishalik bilan shug‘ullanishga jalb qilmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi. …
15:16 / 09.09.2026
Rossiya Xarkovda Ukraina harbiy texnikalariga zarba berganini ma’lum qildi

Rossiya Xarkovda Ukraina harbiy texnikalariga zarba berganini ma’lum qildi

Rossiya Qurolli kuchlari Xarkov viloyatida Ukraina qo‘shinlariga tegishli harbiy texnikalarga dronlar orqali zarba berganini…
15:21 / 09.09.2026
O‘qituvchilarga 1-oktyabr munosabati bilan 1 mln 20 ming so‘mgacha mukofot puli berilishi mumkin

O‘qituvchilarga 1-oktyabr munosabati bilan 1 mln 20 ming so‘mgacha mukofot puli berilishi mumkin

Pedagog va rahbar xodimlarga 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan 1 mln 20 ming so‘mgacha mukofot pul…
12:45 / 08.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!