Joriy yilning 1-noyabridan 6-noyabriga qadar Rossiyaning Qozon shahrida belbogʻli kurash boʻyicha 15-17 yoshli oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida jahon chempionati hamda kattalar oʻrtasida jahon kubogi musobaqalari boʻlib oʻtdi.
Mazkur xalqaro belbogʻli kurash boʻyicha terma jamoamiz aʼzolari tegishli masʼullar bilan birgalikda toʻliq tarkib bilan ishtirok etishdi.
1–3-noyabr kunlari 26 ta davlatdan 300 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etgan jahon chempionati bahslarida polvonlarimizdan Feruza Sobirova (43 kg.), Quvonchbek Ermuhammedov (45 kg.), Yasmina Sodiqova (52 kg.), Samandar Soliyev (55 kg.) oltin, Joʻrabek Mamadaliyev (50 kg.), Oʻrolbek Sarabekov (71 kg.), Fotix Poʻlatov (77 kg.), Javohirbek Nuʼmonjonov ( +95 kg.), Nilufar Isoqova (+70 kg.) kumush, Fozilbek Abdurahmatov (45 kg.), Asadbek Ikromov (60 kg.), Muhammadqodir Karimjonov (65 kg.), Quvonchbek Azimov (71 kg.), Shodilbek Shodilbekov (85 kg.), Shoxruxbek Shodahmadov, Nafruzbek Mamayusupov (95 kg.), Diyorbek Yoqubov (+95 kg.) Arofatxon Muhamadova (48 kg.), Gavhar Abdusobirova (57 kg.), Roʻzixon Gʻanijonova (63 kg.), Mehriniso Karimova (70 kg.) bronza medalni qoʻlga kiritishdi.
Jahon chempionati musobaqasi yakunlangach, 4-5-noyabr kunlari erkaklar va ayollar oʻrtasida jahon kubogi boʻyicha bellashuvlar oʻtkazildi.
Ushbu jahon kubogi musobaqasida ham vakillarimiz munosib ishtirok etib, yakunda klassik yoʻnalishda 1 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan boʻlishsa, erkin yoʻnalishda 1 ta kumush 6 ta bronzaga ega chiqishdi.
Oʻtkazilgan jahon chempionati va kubogida yurtdoshlarimizdan Miranshoh Roʻziyev, Elmurod Abdullayev, Jamshid Egamovlar hakamlik vazifasida ishlashdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!