Joriy yil 1-may kuni soat 21:41 da “112” tizimi orqali Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida “Vorux Dasht” hamda “Yangiqo‘rg‘on” MFYlarining ayrim ko‘chalarida 90 dan ortiq xonadon tomorqalariga yomg‘ir suvlari kirgani haqida xabar kelib tushdi.
Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy bo‘linmalari, viloyat va tuman hokimliklari hamda tegishli xizmatlar zudlik bilan yetib borib, oqibatlarni bartaraf etish ishlarini boshladi.
Hozirda barcha zarur kuch va vositalar safarbar etilgan, vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
Eng muhimi, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Ayni paytda hududda tozalash va tiklash ishlari jadal olib borilmoqda. Vaziyat qisqa muddatda to‘liq bartaraf etilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!