$
11937.60 UZS
-37.19
159.47 UZS
-0.17
13961.02 UZS
-47.09
31° Kechasi 18°

Betakror Andorra: siz bilmagan qiziqarli faktlar

14:39 / 29.11.2022

Biz bugun sizga Yevropaning ajoyib mamlakatlaridan biri bilan yaqindan tanishish imkonini taqdim etamiz. Ushbu mamlakat haqida koʻpchilik hech qanday maʼlumotga ega emas, uning nomi Andorra knyazligidir. Balki orangizda bu kabi mitti mamlakat haqida bilishdan ne naf deya oʻylaydiganlar ham topilar. Biroq bizning fikrimizcha, inson nafaqat katta mamlakatlar, balki mitti davlatlarda ham qiziqarli hayot kechirishi mumkin. Mamlakatdagi hayot sifati uning katta yoki kichik ekanligiga bogʻliq boʻla olmaydi. Xoʻsh, ushbu betakror mamlakatdagi hayot qanday ekanligini birgalikda koʻrib chiqamizmi?

Andorra Sharqiy Pireneyaning janubiy qismida joylashgan boʻlib, Fransiya va Ispaniya orasidan oʻrin olgan.

Mamlakat maydoni atigi 460 kvadrat kilometrga teng, xolos. Bu Moskva shahridan 5 marta kichikroq degani. Ushbu mamlakatda 85000 kishi istiqomat qiladi. Ular orasida millati andorralik boʻlgan mahalliy odamlar 50 foizni tashkil qiladi. Qolganlari esa ispanlar, portugallar, fransuz va inglizlardir. Oʻlkadagi rasmiy til katalon tili. Bundan tashqari koʻplab hududlarda ispan va fransuz tillari keng qoʻllaniladi. Ayrim hududlarda portugal tilida soʻzlashuvchi insonlar ham bor. Yevropaning aksariyat mamlakatlarida boʻlgani kabi bu yerning odamlari ham ingliz tilini yaxshi biladilar. Andorra knyazligi 1278 yilda rasmiy ravishda tan olingan. Shu paytlarda Ispaniya va Fransiya uzoq yillik urushdan keyin mazkur hudud ustidan oʻzaro hukmronlik oʻrnatadilar. Ushbu holat bugungi kunga qadar davom etib kelmoqda. Bu davlatda qurolli kuchlar mavjud emas, politsiya xodimlari soni esa haddan tashqari kam. Katta xarajatlarning asosiy qismi rasmiy tadbirlarni tashkillashtirish uchun sarflanadi.

Andorraga biror mamlakat bostirib kelsa, uni kim himoya qiladi deysizmi? Albatta, Fransiya va Ispaniya. Andorraning shaxsiy aeroporti ham, vokzali ham yoʻq. Shu sababli mazkur oʻlkagacha yetib kelish uchun avval Fransiya yoki Ispaniyaga borib, u yerdan avtobus yoki mashinaga oʻtirish kerak boʻladi.

Misol uchun, Barselona aeroportidan Andorragacha avtobusda 3 soat ichida yetib kelishingiz mumkin. Mamlakatda jinoyat sodir etish koʻrsatkichlari haddan tashqari past.

Masalan 2003 yilda qamoqdagi insonlar soni atigi 61 kishini tashkil etgan. Bu butun boshli davlat darajasidagi koʻrsatkich. Agar ularning qamoq muddati 3 oydan oshib ketsa jinoyatchilarni Fransiya yoki Ispaniyaga joʻnatib yuboradilar.

Mamlakatdagi oʻrtacha oylik maoshi 1700 yevroni tashkil qiladi. Bugungi kunda Andorra iqtisodiyotining asosiy qismini turizm sohasi tashkil qiladi, u YaIM ning 80 foiziga ham tengdir. Andorraga har yili 10 million nafar sayyoh tashrif buyurardi. Bir zamonlar togʻli qishloq hududlaridan iborat boʻlgan mamlakatning qanday qilib bugungi kunda kuchli turistik markazga aylanib qolganini tasavvur qilish juda qiyin, albatta.

Iqtisodiyotning ikkinchi muhim tarmogʻi – bank sektoridir. Andorra bank omonatlari sirini hech kimga ochmaydigan oʻlka nomini ishonch bilan saqlab keladi. Bundan tashqari, Andorradagi soliqlar Yevropadagi eng kam koʻrsatkichlardan biriga teng. Bu yerni “Soliqlarsiz jannat” deya atash ham mumkin. Andorra Yevropa ittifoqi tarkibiga kirmaydi, ammo savdo-sotiq va yana boshqa bir qator sohalar boʻyicha u bilan kelishuvlarni amalga oshirishga erishgan.

Mamlakat oʻzining ajoyib shoping imkoniyatlari bilan ham dong taratgan. Bu yerdagi narxlar qoʻshni mamlakatlardan 15-20 foizga arzonroqdir. Mamlakatdagi soliqlarning kam ekanligi ham bunga taʼsir qiladi, albatta. Andorraga sayyohlar bilan bir qatorda ispanlar, fransuzlarning oʻzlari ham har dam olish kunlari xarid qilish, yeguliklar va ichimliklar sotib olish uchun tashrif buyurishadi.

Sayyohlarni ushbu mitti mamlakatga tortib turgan narsa nima ekanligini bilasizmi? Sayyohlarning asosiy oqimi togʻ changʻi kurortlariga tashrif buyurishadi. Bu yerda 6 ta yirik va asosiy qishloq joylashgan boʻlib, ularning barchasi togʻ changʻi sohasiga moslashtirilgan. Oʻlkada balandligi 1000 metrgacha boʻlgan ajoyib changʻi trassalarining soni 128 taga yetadi.

Kerakli vositalarning istalgan turini xarid qilish imkoni bor, xavfsizlik esa oliy darajada. Bu yerda favqulodda holatlar uchun vertolyotlar xizmat qiladi.

Koʻplab mehmonxonalar ajoyib infratuzilma va betakror xizmat koʻrsatish imkoniyatlariga ega. Oʻlkada 200 ga yaqin mehmonxonalar mavjud. Andorrani qishki sport turlarining ishqibozlari uchun haqiqiy jannat deya taʼriflasa boʻladi.

Mamlakat poytaxti Andorra-la-velya shahri. U pastqam choʻqqilar orasidagi yashirin shahar hisoblanadi. Togʻli hududdan oʻrin olgan ushbu shaharni piyodakezib chiqish mumkin. Aslida shahar bitta markaziy koʻcha va bir nechta mayda koʻchalardan iborat. Eski “bare antikuye” kvartalidan esa qadimiy va diqqatga sazovor maskanlar oʻrin olgan. Eng yaxshi doʻkonlarni esa “Mirecheli Sharleman” avenyusidan topasiz.

Togʻli landshaftlardagi barcha uylar ushbu manzara bilan qorishib ketgan. Shu sababli bu yerdagi koʻchalar Yevropa uslubida, tor va notekisdir.

Andorrada yoz payti ham zerikmasligingiz aniq. Bu yerda togʻlar boʻylab velosiped uchishingiz, ot minishingiz, alpinizm, baliq tutish va ov bilan shugʻullanishingiz mumkin. Tabiatning qanchalar goʻzal ekanligini soʻz bilan taʼriflab boʻlmaydi. Togʻli hududlarning chiroyidan soatlab bahramand boʻlish mumkin.

Sharsharalar, daryolar va toza suvli irmoqlarni aytmaysizmi... Andorradagi yoʻllarda piyoda yoʻlovchilarni behad hurmat qilishadi. Shu sababli mashina haydovchilari birinchi navbatda ularga yoʻl beradilar. Oʻlkadagi yoʻl tarmogʻining umumiy uzunligi 279 kilometrga teng. Uning aksariyat qismi tonnellardan tashkil topgan. Aslida togʻli hududlar uchun tonnellar suv va havo kabi zarur.

Bu yerdagi sport bilan birga tungi hayot tarzi ham turistlarni oʻziga jalb qiladi. Oʻlkadagi barlar, pab va restoranlarning son-sanogʻi yoʻq. Ushbu maskanlarda esa dunyoning turli oshxonalariga mansub boʻlgan ajoyib taomlarni tatib koʻrasiz.

Andorradagi gastronomik anʼanalar Ispaniya va Fransiyaga bevosita bogʻliqdir. Oʻlkaga tashrif buyurgan har bir inson mahalliy “izkudeli” shoʻrvasidan va “xamon” yeguligidan totib koʻrishi shart deyishadi. Ushbu yegulik pishloqdan tayyorlangan boʻlib, tansiq taomlarning biri hamdir. Mazkur yegulikni istalgan doʻkondan topishingiz mumkin.

Mahalliy odamlar juda ham kirishimli, mehmondoʻst va xushchaqchaqdirlar. Ular kelgan sayyohlarni xursandchilik bilan kutib olishadi. Maktablar oʻquvchilarga katalon, fransuz va ispan tillarida taʼlim beradi. Bolalarning 50 foizi esa fransuz maktablarida tahsil oladi. Mamlakatda atigi bittagina universitet mavjud. Unda 500 nafar talaba oʻqish bilan band. Ispaniya, Fransiya yoki Yevropa ittifoqining boshqa biror mamlakatidagi universitetga oʻqishga kira olgan talabaning barcha xarajatlari hukumat tomonidan toʻlab beriladi. Andorra fuqarosiga aylanish haddan tashqari qiyin va uzoq davom etadigan jarayon.

Buning uchun mamlakatda 20 yil yashash kerak. Qolaversa davlat pasportini olmoqchi boʻlgan odamdan oʻzining eski fuqaroligidan voz kechish talab etiladi.

Andorra ikki mamlakat fuqaroligini tan olmaydi. Qizigʻi, mamlakat ichidagi pochta xizmatlari mutlaqo bepul. Bu yerning ekologiyasi maqtashga arzigulik darajada, kran suvi buloq suviday toza boʻlib, basseyn suvlarini xlorlashga hojat yoʻq. Bir soʻz bilan aytganda mahalliy odamlar uchun tinch va farovon turmush tarzi toʻliq taʼminlangan. Sayyohlarning bir guruhi ketadigan boʻlsa, oʻrniga ikkinchisi tashrif buyuradi.

Oʻlkadagi oʻrtacha hayot davomiyligi 84 yilga teng. Aytishlariga qaraganda, bu Yaponiyadan ham kattaroq natija ekan.

Mamlakatda tibbiy xizmatlar mutlaqo bepul amalga oshiriladi. Faqatgina protezlash va kosmetik operatsiyalar bundan mustasnodir.

Bir zamonlar barcha uchun yopiq boʻlgan Andorra knyazligi bugungi kunda turizm ortidan gullab-yashnab bormoqda. Nima deb oʻylaysiz, Xitoy, Hindiston yoki Rossiya kabi katta mamlakatlarda yashash qulaymi yoki Andorra kabi mittigina mamlakatda umr kechirgan yaxshimi? Sizga imkon berilsa bularning qay birini tanlagan boʻlardingiz?


Qiziqarli


														
														JCh-2026 reklama bozori uchun 10,5 milliard dollar daromad keltirishi kutilmoqda

JCh-2026 reklama bozori uchun 10,5 milliard dollar daromad keltirishi kutilmoqda

Bu ko‘rsatkich 2022-yil Qatar chempionatiga nisbatan 1,1 foizga yuqori bo‘lsa-da, umumiy ta’sir dinamikasi pasayib borayotga…
18:04 / 21.03.2026

														
														“Safia” bir yilda 1,2 trln so‘m daromad olgan

“Safia” bir yilda 1,2 trln so‘m daromad olgan

2025-yili “Safia” brendi ostida faoliyat olib boruvchi “Madina-Qandolat” MChJ 1,2 trln so‘m daromad oldi. Bu haqda iHamkor.u…
15:39 / 19.03.2026

														
														Finlandiya sakkizinchi bor dunyoning eng baxtli mamlakati deb topildi

Finlandiya sakkizinchi bor dunyoning eng baxtli mamlakati deb topildi

Tadqiqotda insonlarning hayotdan qoniqish darajasi, ishonch, xavfsizlik va kelajakka ishonch kabi omillar baholangan. Mutaxa…
08:29 / 04.02.2026

														
														ChatGPT Yaponiyadagi kirish imtihonida eng yuqori ballni to‘pladi

ChatGPT Yaponiyadagi kirish imtihonida eng yuqori ballni to‘pladi

Bu haqda SI tizimlarini taqqoslagan LifePrompt kompaniyasi hisobotida qayd etilgan.
16:04 / 22.01.2026

														
														ChatGPT’ning bepul versiyalarida reklamalar paydo bo‘ladi

ChatGPT’ning bepul versiyalarida reklamalar paydo bo‘ladi

OpenAI kompaniyasi ChatGPT chatbotining bepul versiyasi va Go modeliga reklama kiritilishini e’lon qildi. Bu haqda OpenAI ra…
14:17 / 18.01.2026

														
														2026-yilda dunyoning eng boy insonlari ro‘yxati e’lon qilindi

2026-yilda dunyoning eng boy insonlari ro‘yxati e’lon qilindi

Dunyoning eng boy 20 nafar milliarderining jami sarmoyasi taxminan 3,8 trillion dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich dunyod…
15:45 / 15.01.2026

														
														Endi ChatGPT odamlarga ish topishda ko‘maklashadi

Endi ChatGPT odamlarga ish topishda ko‘maklashadi

Ma’lum bo‘lishicha, yangi funksiya ChatGPT’ni kundalik vazifalarni hal qilishda universal ilovaga aylantirishga qaratilgan n…
17:22 / 14.01.2026

														
														Yandex Alisa endi o‘zbekcha gaplashadi

Yandex Alisa endi o‘zbekcha gaplashadi

Endi foydalanuvchilar Alisaga o‘zbek tilida savol berishlari mumkin va u ruscha yoki o‘zbekcha javob bera oladi.
09:45 / 24.09.2025

														
														Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Marosimda Iphone 17 modeli ham taqdim etilishi kutilmoqda
19:36 / 09.09.2025

														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

Bu ham qiziq

Trampning o‘g‘illari Qozog‘istondagi yirik kon loyihasiga sarmoya kiritdi

Trampning o‘g‘illari Qozog‘istondagi yirik kon loyihasiga sarmoya kiritdi

Donald Trampning o‘g‘illari — Eric Tramp va Donald Tramp Jr. Qozog‘istondagi volfram qazib olish loyihasi bilan bog‘liq komp…
10:37 / 01.05.2026
Moskvadan Termizga yo‘l olgan samolyot Samarqandga qo‘ndirildi

Moskvadan Termizga yo‘l olgan samolyot Samarqandga qo‘ndirildi

Pobeda Airlines aviakompaniyasining Moskva–Termiz yo‘nalishidagi reysi chang bo‘roni sababli zahira aeroportga yo‘naltirildi.
10:52 / 01.05.2026
“Eron JChda ishtirok etadi va albatta, Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘ynaydi” – Infantino

“Eron JChda ishtirok etadi va albatta, Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘ynaydi” – Infantino

FIFA Kongressi Jahon kubogini dunyoni birlashtirish vositasi sifatida ta’kidlaydi va futbolda irqchilikni yo‘q qilishga va’d…
09:42 / 01.05.2026
Namanganda 24-maydan navbatdagi gullar festivali boshlanadi

Namanganda 24-maydan navbatdagi gullar festivali boshlanadi

24-maydan 12-iyulgacha Namanganda “65-Xalqaro Gullar Festivali” o‘tkaziladi.
16:38 / 01.05.2026
Boku shahrida BMTning WUF13 global forumi bo‘lib o‘tadi

Boku shahrida BMTning WUF13 global forumi bo‘lib o‘tadi

2026-yil 17–22-may kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon shaharlar forumi (WUF…
13:44 / 01.05.2026
1-may kuni uchun ob-havo ma’lumoti

1-may kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechqurun qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:19 / 30.04.2026
Ruslan Nurudinov yana shohsupaning eng yuqori pog‘onasida

Ruslan Nurudinov yana shohsupaning eng yuqori pog‘onasida

Ruslan Nurudinov Samoadagi xalqaro turnirda chempionlikni qo‘lga kiritdi.
16:51 / 01.05.2026
Aprelda so‘m kursi mustahkamlandi

Aprelda so‘m kursi mustahkamlandi

2026-yil aprel oyida AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 1,9 foizga pasaydi. Oy davomida valyuta kursining o‘rtach…
14:22 / 30.04.2026
Ko‘p qavatli uylarda tozalash va xizmat ko‘rsatish talablari kuchaytirildi

Ko‘p qavatli uylarda tozalash va xizmat ko‘rsatish talablari kuchaytirildi

Ministry of Justice of Uzbekistan ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini (29-aprel, 2026-yil) da…
16:51 / 30.04.2026
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 147-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 147-o‘rinni egalladi

Reporters Without Borders tomonidan e’lon qilingan 2026-yilgi Jahon matbuot erkinligi indeksiga ko‘ra, O‘zbekiston 180 davla…
11:48 / 30.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!