$
11897.90 UZS
51.33
₽
140.18 UZS
1.23
€
13336.36 UZS
95.45
31° Kechasi 18°

Betakror Norvegiya haqida siz bilmagan faktlar

16:48 / 27.03.2023

Norvegiya bir necha yillardan buyon insonlarning rivojlanish indeksi boʻyicha dunyodagi yetakchi oʻrinda turadi. Siz ham ushbu mamlakat haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻlishni istaysizmi?

Norvegiyaning doimiy aholisi 5 200 000 kishini tashkil qiladi. Bir vaqtlar bu oʻlka yerlarida baliqchilar va fermerlarning nochor mamlakati boʻlgan. 1969-yilda hududdan neft va gaz topilganidan keyin barchasi tubdan oʻzgarib ketdi.

Bugungi kunda mamlakat katta tabiiy zaxiralarga ega. Aytganday, bu yerlardagi tabiiy zaxiralardan olinadigan foydani davlat shunchaki xarj qilmaydi. Ushbu pullar kelajak avlodlar fondiga yo‘naltiriladi. 2016 yilda ushbu fond hisobidagi pul 817 milliard dollarni tashkil qilgan. Bu kabi aholi ko‘rsatkichlari uchun 817 milliard dollar juda katta summa. Norvegiya mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha Saudiya Arabistoni, BAA va Rossiyani ham ortda qoldiradi. Tabiat – Norvegiyaning eng qimmatli xazinasidir. Tog‘lar, ko‘llar, sharsharalar, Shimoliy yog‘du va cheksiz dengiz sohillari...

Kamchiliklar qatorida esa bu yerda yilning 6 oyi davomida quyosh va issiqlik deyarli bo‘lmasligini aytish mumkin. Bunday iqlim sharoiti insonlar kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi va tushkunlikka sabab bo‘ladi.  O‘lka aholisi sonidan kelib chiqadigan  bo‘lsak, tabiatning kattagina qismiga inson qo‘li tegmagan. Mamlakat Arktika yaqinida joylashgan va dunyodagi eng toza joylardan biri sanaladi. 

Bu yerdagi kran suvlari butilkada qadoqlangan suvdan ham toza, odamlar suvni qaynatib o‘tirishmaydi. Norvegiyadagi davlat tizimi – bozor iqtisodiyoti va sotsializm aralashmasi sanaladi. Hukumat barchani tenglashtirishga harakat qiladi. Inson qanchalar ko‘p pul ishlab topsa, shuncha ko‘p soliq to‘laydi. Aksariyat insonlar ushbu mamlakatdagi oylik ko‘rsatkichlarining qanchalar baland ekanligini bilishadi. O‘qituvchilarning boshlang‘ich oyligi 3500 dollardan hisoblanadi. Mamlakatdagi o‘rtacha oylik esa 5200 dollarga teng. Odatda insonlar tongi soat 8 dan kunduzgi 3-4 gacha ishlashadi. Bu yerda kun bo‘yi ishlab yurgan kishini uchratmaysiz. Norvegiyaliklar ishdan ko‘ra ko‘proq bo‘sh vaqtni qadrlab yashaydilar. Mehnat ta’tili bir yilda 5 hafta davom etadi. Garchi maoshlar miqdori juda katta bo‘lsa ham, o‘lkadagi narxlar shunga yarasha.

Misol uchun, benzinning bir litri 1,8 dollar. Avtobus chiptasi 11 dollar. Fast-fud shoxobchasidan sotib olingan kartoshka fri va salqin 15 dollarga tushadi. Talabalar sevgan qizlarini restoranga olib kirishni orzu ham qilishmaydi. Sababi restoranda ikki kishining taomlanishi uchun 100 dollardan ko‘proq pul to‘lash kerak bo‘ladi.

Yuqori narxlar sabab bu yerda internet-shopping juda mashhur. Misol uchun, Norvegiyada 18 dollar bo‘lgan kitobni odamlar internet orqali Buyuk Britaniyadan 7 dollarga yetkazib berish xizmati bilan birga xarid qiladilar. Norvegiyaliklar pullarini boshqa davlatlarga borib sarflashadi. Sababi u yerdagi narxlar nisbatan arzonroq bo‘ladi. Aksariyat fuqarolar Shvetsiyaga borib go‘sht, ichimliklar, tamaki va shokolad olib keladilar.

Sovuq iqlim sharoitlariga qaramasdan bu yerliklar o‘z vaqtlarini tabiat qo‘ynida o‘tkazadilar, qayiqda suzishadi, tog‘ga chiqishadi, velosiped uchishadi. Sport turlari, baliq ovi, chang‘i uchish va qor mashinasi haydash ham keng tarqalgan mashg‘ulotlardan biri.

Odamlar bug‘u va kiyik ovlash ishqibozi. Ular hafta o‘rtasida bir marta basseyn va saunalarga borib dam oladilar. Plyajlarda barbekyu pishirishadi va voleybol o‘ynashadi. Mamlakat odamlarning aksariyat qismi qishloq hududlarida yashaydi.

Katta shaharlar aholisi soni ham 100 kishidan ortmaydi. Norvegiyada kitob o‘qish, uyingizni bo‘yash va sayrga chiqish uchun albatta, vaqt topa olasiz. Bu London yoki Moskvadagi jo‘shqin hayotdan bezgan insonlar uchun ayni muddaodir.

Do‘konlar yakshanba kuni ishlamaydi. Hafta o‘rtasida esa soat 15:00 da yopiladi. Aksariyat kompaniyalar 16:00 ga qadar ishlaydi.

Faqatgina ayrim supermarketlarni soat 20:00 yoki 22:00 gacha ishlayotgan holatda ko‘rish mumkin. Ko‘p uylar shundoqqina o‘rmon yoki suv havzalari yonida joylashgan. Norvegiyaliklar tabiat bilan yolg‘iz qolishga qo‘rqmaydilar. Uylarning narxi baland, sovuq iqlim sharoitlari sababli uylarga sifatli isitish tizimi ham kerak bo‘ladi. Uylar hashamatli emas, ammo juda qulaydir. Ularning ko‘pchiligida polni isitish tizimi hamda kaminlarni ko‘rish mumkin.

Bitta yotoqxonali uyni Oslodan ijaraga olish 1160 dollarga tushadi. Qishda esa isitish tizimi xarajatlari sabab to‘lov 20 foizga ko‘tariladi.

Norvegiyaliklar qahva iste’mol qilish borasida Finlandiyadan keyingi ikkinchi o‘rinda turadilar. Iste’mol ko‘rsatkichlari kishi boshiga yil davomida 7 kilogrammdan to‘g‘ri keladi.  Bu kuniga ikki finjon qahva degani. Norvegiyaliklar uyda taom pishirishni xush ko‘radilar. Ular ko‘proq kartoshka, sabzi, dengiz mahsulotlari va sendvich yeyishadi. Mahalliy taomlar ekzotik turga mansub bo‘lib, aksariyati yangi bug‘u va kit go‘shtidan tayyorlangan bo‘ladi.

Jamoat transportlari ham juda yaxshi rivojlangan. Mahalliy odamlar tramvay, avtobus va metro yordamida harakatlanadilar. Aholi soni yarim million kishiga teng Oslo shahrida metro liniyasi 5 ta, bekatlar soni esa 101 ta. Norvegiya ichida samolyotda safar qilish juda qulay. Norvegiyadagi avtomobillar narxi Yevropaning boshqa mamlakatlariga nisbatan qimmatroqdir.

Norvegiyaliklar tabiatan sog‘lom odamlar bo‘lishadi. Ular aksariyat vaqtlarini tabiat qo‘ynida o‘tkazadilar. Ayrim bolalar maktabga qadar chang‘i uchib yetib olishadi. Yozda tong payti turib yugurishadi, rolik uchishadi. Ko‘pchilik sog‘lom turmush tarziga amal qiladi, ko‘p miqdorda baliq tanovul qiladi. Bundan tashqari, mamlakat ekologiyasi juda toza. Norvegiyaliklar bir qarashda sovuqqon va qo‘pol ko‘rinsalar ham, tanishib olsangiz ularning gapdon va mehribon ekanliklarini bilib olasiz. Begona insonni ko‘chada gapga solish imkonsiz. Zamonaviy avlod vakillari bu borada istisno hisoblanadi. Bu yerliklar pul bilan maqtanishni ahmoqlik deb hisoblashadi.

Aksariyat oilalardagi farzandlar soni 1-2 tadan oshmaydi. Norvegiyaliklar xorijda dam olishni yaxshi ko‘rishadi. Ko‘pchilik nafaqaxo‘rlar esa Ispaniyaning issiqroq o‘lkalariga ko‘chib kelishadi. Axir nafaqadagi odamga issiqqina uydan boshqa yana nima kerak? Bu yerdagi nafaqa miqdori o‘rtacha 2300 dollarni tashkil qiladi.

Norvegiyaning yo‘llari juda yaxshi. Ammo barcha yo‘llar bir chiziqlidir. yo‘llarning umumiy uzunligi 94 ming kilometrni tashkil qiladi. Hudud tog‘li bo‘lgani sabab o‘lkadagi tonnellar soni 900 tadan oshadi.

Norvegiya yashash uchun dunyodagi eng xavfsiz mamlakat sifatida tan olingan. Bu yerning politsiyachilari ko‘chada qurol bilan yurishmaydi. Turmalar esa dam olish maskanlarini yodga soladi. 1999 yilda amerikalik fuqarolardan biri Norvegiya turmalarini AQSh turmalari bilan solishtirib ham ko‘rgandi.

Oxirgi yillarda o‘lkada Afrika va Yaqin Sharqdan kelgan qochoqlar ko‘payib ketgan. Ular bu yerga davlat ularni ijtimoiy dasturlar bilan himoya qilishi umidida keladilar, shu yerda farzand ko‘radilar, ular uchun nafaqa oladilar. Keyin esa o‘zlarini nomunosib tutishni boshlashadi. Muhojirlar jinoyat sodir etish borasida mahalliy aholi vakillaridan 45 foizga oldinda.

Shu tariqa norvegiyaliklar bu holatdan norozi bo‘lishni boshlashdi va davlatdan immigratsiya talablarini kuchaytirishni so‘rashdi. Oqibatda 2014-yili 7200 ta muhojir o‘lkadan deport qilindi. 2015-yilda esa ularning soni 7800 taga yetdi. Qarangki, kutilganidek jinoyatchilik darajasi ham bir yil davomida 31 foizga kamaydi.

Norveg tilini bilish orqali shved va dat tillarini ham tushunish mumkin. Norvegiyaliklar ingliz tilida bemalol gapira olishadi. Buning sabablaridan biri shundaki, teleekrandagi ko‘rsatuvlar va multfilmlar dublyaj qilingan holatda emas, original variantda, subtitrlari bilan birga efirga uzatiladi.

Armiyada xizmat qilish barcha erkaklar uchun majburiydir. 2015-yildan ularning safiga ayollar ham qo‘shilgan. Insonlar armiyaga bajonidil borishadi, sababi ular ko‘proq ajoyib taomlar beriladigan sport lagerlarini yodga soladi. Biroq, qurolli kuchlar safiga hammani ham qabul qilaverishmaydi, buning uchun ma’lum talablarga javob berish va ayrim testlardan o‘tish kerak.

Norvegiya betakror manzaralarga ega bo‘lgan sayyoramizdagi eng ajoyib joylardan biridir. Agar salqin havodan qo‘rqmasangiz, tabiat va sokin hayot tarzini yaxshi ko‘rsangiz, ushbu mamlakat sizga ham yoqib qoladi. 

 

 


Qiziqarli


														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

														
														Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

														
														11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

AQSHda 2001-yil 11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi Jahon savdo markazi hududidagi havo sifati bo‘yicha yetarli…
15:58 / 09.09.2026

														
														Xitoy armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitga tayyorlamoqda

Xitoy armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitga tayyorlamoqda

Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitlarda qo‘llashga tayyorlashni boshladi. Bu haqda Reuters xab…
10:00 / 08.09.2026

Bu ham qiziq

O‘zbekistonda 9 oyda 1 441 ta poraxo‘rlik jinoyati aniqlandi – IIV

O‘zbekistonda 9 oyda 1 441 ta poraxo‘rlik jinoyati aniqlandi – IIV

O‘zbekistonda joriy yilning to‘qqiz oyida 3 tonnadan ortiq giyohvandlik vositasi noqonuniy muomaladan olib qo‘yildi, 319 ta …
15:43 / 09.10.2026
Tramp Oq uy matbuot kotibi lavozimiga Keti Zaxariyani tayinladi

Tramp Oq uy matbuot kotibi lavozimiga Keti Zaxariyani tayinladi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Keti Zaxariyani Oq uyning yangi matbuot kotibi etib tayinlaganini e’lon qildi. U avgust oyi oxi…
09:29 / 10.10.2026
Tramp yana Nobeldan quruq qoldi. Mukofot afrikalik ayolga nasib etdi.

Tramp yana Nobeldan quruq qoldi. Mukofot afrikalik ayolga nasib etdi.

Yurist, Ruanda bo‘yicha Xalqaro jinoiy tribunalning sobiq raisi, 2008-2014 yillarda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy ko…
16:30 / 09.10.2026
AQShda turistlar uchun Trampning Oval kabineti nusxasi yaratildi

AQShda turistlar uchun Trampning Oval kabineti nusxasi yaratildi

AQSHda prezident Donald Trampning Oval kabineti nusxasi yaratilib, Oq uy yaqinidagi “Xalq uyi” muzeyiga joylashtirildi. Bu h…
15:10 / 08.10.2026
Chirchiqda bank xodimi 13 fuqaroning 1,3 mlrd so‘mlik omonatini o‘zlashtirgani aniqlandi

Chirchiqda bank xodimi 13 fuqaroning 1,3 mlrd so‘mlik omonatini o‘zlashtirgani aniqlandi

Chirchiq shahrida tijorat banki filiali bo‘limi boshlig‘i 13 nafar fuqaroning omonat uchun topshirgan jami 1,3 mlrd so‘mini …
10:26 / 08.10.2026
Xitoylik tadbirkor xodimlariga BMW avtomobillarini sovg‘a qildi

Xitoylik tadbirkor xodimlariga BMW avtomobillarini sovg‘a qildi

Xitoyning Xenan provinsiyasida restoranlar tarmog‘i rahbari Ma Yanli yuqori natijalarga erishgan xodimlariga BMW rusumli avt…
15:49 / 10.10.2026
Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi sathini 44 metrgacha ko‘tarmoqchi

Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi sathini 44 metrgacha ko‘tarmoqchi

Qozog‘iston hukumati kelgusi besh-olti yil ichida Shimoliy Orol dengizidagi suv sathini 44 metrgacha ko‘tarishni rejalashtir…
15:18 / 08.10.2026
Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga qo‘shimcha cheklovlar bilan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga ruxsat beriladi.
17:20 / 10.10.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqidan asosiy fikrlari:

Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqidan asosiy fikrlari:

📌“Hamdo‘stlikda raislik qilish biz uchun, avvalo, umumiy ishimizga o‘z hissamizni qo‘shish, yangi g‘oyalarni taklif etish ha…
17:06 / 09.10.2026
Toshkentda 1,2 kilogrammdan ortiq sintetik giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Toshkentda 1,2 kilogrammdan ortiq sintetik giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Toshkentda sintetik giyohvandlik moddalarini tarqatishda gumonlangan shaxs ushlandi. Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) ma’lumo…
09:35 / 10.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!