Bugun, 26-noyabr soat 14:54 da 112 tizimi orqali Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Istirohat ko‘chasida joylashgan ikki qavatli binoda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 15:03 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:09 da o‘rab olingan va 15:15 da bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida binoning taxminan 100 kvadrat metr maydonda tom va ichki qismi yonib zararlangan.
Yong‘inda tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!