“O‘zbekiston tarixiy qadam tashlamoqda: biz ilk bor jahon aksiyalar bozoriga chiqyapmiz. Milliy investitsiya fondi milliy kompaniyalarimiz aksiyalarini bir vaqtning o‘zida ikkita maydonda — nufuzli London birjasi va Toshkent birjasida savdoga qo‘yadi. Bunga Prezidentimiz tanlagan ochiqlik yo‘li zamin yaratdi.
IPO jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish va uni muvofiqlashtirishni O‘zbekistonda ishlash litsenziyasiga ega bo‘lgan “Franklin Templeton” xalqaro investitsiya kompaniyasi amalga oshirmoqda.
Ushbu qadam — xorijiy investorlar uchun aniq va kuchli ishora. Bu bilan biz global qoidalar asosida — halol va shaffof ishlashga tayyor ekanimizni namoyon etmoqdamiz.
O‘zbekiston iqtisodiyoti mutlaqo yangi, zamonaviy taraqqiyot bosqichiga o‘tmoqda”, – deydi Prezident administratsiyasi rahbari.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!