2025 yilda Ichki ishlar organi xodimlari tomonidan mahkumlarga nisbatan qo‘llangan qiynoqlar oqibatida 4 nafar xodimga jinoyat ishi ochildi. Shu yil davomida yana 13 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortilib, 2 nafari ishdan bo‘shatildi, 1 nafari ogohlantirildi.
Ombudsman Feruza Eshmatova ma’lum qilishicha, yil davomida 954 ta monitoring tashrifi amalga oshirilib, 11 mingdan ortiq mahkum bilan jamoaviy, qariyb 5,5 ming nafari bilan esa individual suhbatlar o‘tkazilgan.
Aniqlangan kamchiliklar asosida vazirlik va idoralarga 33 ta taqdimnoma va talabnoma kiritilgan. Shuningdek, ayrim hibsxonalar sanitariya-gigiyena talablariga javob bermagani sababli faoliyati to‘xtatilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!