$
11974.02 UZS
-20.08
₽
144.58 UZS
-1.21
€
13432.46 UZS
12.26
31° Kechasi 18°

Chegaralarni kesib o‘tgan bilim: Nurmuhammad Soyibnazarov muvaffaqiyat yo‘li

10:52 / 09.04.2026

Hozirgi kunda mamlakatimizda yuridik ta’limni rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlar,
chet el tajribasini o‘rganish, izchil tadqiq qilish, turli huquqiy tizimlar o‘rtasidagi tafovutlarni qiyosiy tahlil qilish, maqbullarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish kuchaymoqda. Ayni paytda shunday salohiyatlarga ega bo‘lgan yangi avlod mutaxassislariga talab ortmoqda.

Har bir muvaffaqiyat ortida ko‘zga ko‘rinmas mehnat, qat’iyat va o‘ziga bo‘lgan ishonch yotadi. Zamonaviy yoshlar orasida ana shunday fazilatlarni o‘zida mujassam etgan, xalqaro maydonga dadil qadam qo‘yayotgan iste’dodli yuristlardan biri — Soyibnazarov Nurmuhammad Abdunazar o‘g‘lidir. Uning hayot yo‘li nafaqat shaxsiy yutuqlar, balki kelajak avlod uchun kuchli motivatsiya manbai hamdir.

🎓 Ilm yo‘lida qat’iyat va intilish

Nurmuhammad Soyibnazarov Namangan viloyati, Uychi tumanida tavallud topgan. Nurmuhammadning hayoti ziyoli oila muhitida ulg’aygan, uning orzulari har doim katta bo‘lgan. Maktab davridayoq u bilimga chanqoqligi, izlanishdan to‘xtamasligi va o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘ya olishi bilan ajralib turardi. O‘zining tumanidagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olayotgan paytidayoq u kelajakda huquq sohasida yetuk mutaxassis bo‘lishni niyat qilgan va oltin medal bilan tamomlagan.

2020-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquq yo‘nalishiga maksimal ball (189 ball) bilan davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi. Bu tanlov tasodifiy emas edi — u global miqyosda fikrlaydigan, dunyo huquqiy tizimlarini tushunadigan mutaxassis bo‘lishni maqsad qilgandi. Talabalik yillarida o‘zining yo‘nalishi bo‘yicha modul-fanlarni a’lo darajada o‘zlashtirdi, hammualliflikda ilmiy maqolalar nashr ettirdi, universitet miqyosida tashkil etilgan huquqiy loyihalar hamda xalqaro ilmiy onlayn konferensiyalarda ishtirok etishi Nurmuhammadni har tomonlama huquqiy bilimlarini oshirishga hamda kasbiy nutq madaniyatini kuchaytirishiga olib keldi. U bakalavr bosqichini yuqori natijalar (GPA: 4.8/5.0) bilan tamomlab, o‘zining intizomi va bilimga sadoqatini isbotladi.


Yevropaning nufuzli oliygohlaridan biri — Adam Mickiewicz University da ERASMUS dasturi asosida tahsil olishi uning hayotida muhim burilish nuqtasi bo‘ldi. Bu yerda Yevropa fundamental qonunchilik manbalari: migratsiya, kompaniya, mehnat, jinoyat huquqi fanlaridan tahsil oldi. Nurmuhammad nafaqat huquqiy bilimlarini kengaytirdi, balki Shengen zonasida 10dan ortiq davlatlariga sayohat qilib, turli madaniyatlar bilan tanishish, global fikrlash va moslashuvchanlik ko‘nikmalarini ham rivojlantirdi.


🌍 Xalqaro maydonda o‘z o‘rnini topish

2024-yilda Nurmuhammad xalqaro QS reytingida TOP-100talikdan o‘rin egallagan AQSHdagi Pennsylvania State University ning Penn State Dickinson huquq maktabiga 48 000 AQSH dollar miqdoridagi granti asosida magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilindi.  Bu bosqich uning professional shakllanishida yangi sahifa ochdi. Dunyoning 30dan ortiq mamlakatidan kelgan xorijiy talabalar bilan tahsil olish, fikr almashish, madaniyatlar uyg’unligi barchasi Nurmuhammadning global dunyoqarashini boyitdi. Amerika huquq tizimini o‘rganish, ayniqsa tijorat, migratsiya, intellektual mulk, shartnomalar, korporatsiyalar huquqi modullarida bilim olish — bu nafaqat akademik yutuq, balki global miqyosda faoliyat yuritish sari qo‘yilgan mustahkam qadam bo‘ldi. Bu yo‘l oson kechmasligi, yangi muhit, yangi tizim va yuqori talablar — bularning barchasi kuchli iroda va mehnatni talab qildi, Nurmuhammad esa bu sinovlarni imkoniyatga aylantira oldi. Bir yil davomida ta’lim olib, kasbdosh do‘stlar orttirib AQSHning nufuzli huquq maktabini a’lo baholar bilan tamomladi va magistr darajasiga erishdi.


⚖️ Nazariyadan amaliyotga — haqiqiy tajriba maktabi

Aksariyat faqat o‘qish bilan cheklanadigan bir paytda, Nurmuhammad talabalik davridayoq o‘qishni amaliyot bilan bog’ladi. Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha  Chilonzor tuman sudida sudya yordamchisi sifatida faoliyat yuritib, u real sud jarayonlarini guvohi bo‘ldi. Bu tajriba unga: qaror qabul qilish jarayonini tushunish, huquqiy hujjatlarni mukammal tuzish, sud muhitida o‘zini tutish kabi muhim ko‘nikmalarni berdi.

Keyinchalik Namangan viloyat prokuraturasidagi amaliyoti esa uning kasbiy dunyoqarashini yanada kengaytirdi. U jinoyat ishlarini tahlil qilish, dalillar bilan ishlash, fuqarolar arzialar bilan ishlash va prokurorlik faoliyatining murakkab jihatlarini chuqur o‘rgandi.

 Zamonaviy yurist — yangi davr talabi

Bugungi kunda shunchaki huquqshunos bo‘lish yetarli emas, zamonaviy yurist texnologiyalarni ham tushunishi lozim. Nurmuhammad sun’iy intellekt, huquqiy ma’lumot bazalari (Westlaw, LexisNexis) va raqamli vositalardan samarali foydalanadi. Nurmuhammad Soyibnazarov bugungi kunda 10 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi hisoblanib ilmiy faoliyatda izchil izlanib boradi. Bu esa uning harakatlari xalqaro darajadagi mukofotlar, xususan, MDH miqyosidagi “El-yurt faxri” xalqaro esdalik nishoni bilan taqdirlangani bejiz emas. Bu esa uni raqobatbardosh mutaxassisga aylantiradi. Bundan tashqari, u bir nechta xorijiy tillarni o‘rganib, o‘zining global imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Sayohatlari orqali esa dunyoqarashini boyitib, turli madaniyatlarni chuqurroq anglab bormoqda.

Kelajakda Nurmuhammad xalqaro huquq, ayniqsa korporativ va migratsiya huquqi sohasida yetuk mutaxassis bo‘lishni maqsad qilgan. Uning bilimlari, tajribasi va intilishi uni nafaqat O‘zbekiston, balki xalqaro maydonda ham yuqori natijalarga olib chiqishi shubhasiz.

Xulosa qilib aytganda, Nurmuhammad Soyibnazarov xalqaro ilmiy va amaliy tajribaga ega, global dunyoqarashi, teran fikr va ilmiy izlanish bilan yangi avlod o‘zbek yuristlaridan biriga aylanmoqda.

Nurmuhammadning yo‘li shuni anglatadiki - katta natijalarga erishish uchun katta imkoniyatlar kutish shart emas — mavjud imkoniyatlardan maksimal foydalanish kifoya. Uning muvaffaqiyati ortida uchta muhim omil: aniq maqsad, tinimsiz mehnat, o‘z ustida ishlashdan to‘xtamaslik yotadi. Oddiy bir mahallada ziyoli oiladan boshlangan yo‘l bugun xalqaro universitetlarga, yirik huquqiy tizimlarga ulanmoqda. Bu esa shuni isbotlaydiki, inson o‘z ustida ishlasa, chegaralar faqat xaritalarda qoladi. Nurmuhammad Soyibnazarov — bu nafaqat yosh yurist, balki yangi avlod uchun ilhom manbai.

Tayyorladi: Ilyos Boltayev

 

 

 


O‘zbekiston


														
														Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Sudning ajrimiga asosan, mazkur jinoyat işi 18-noyabr kuni körib çiqiş uçun tayinlangan bölib, jabrlanuvçi voyaga yetmaganli…
11:02 / 11.11.2026

														
														Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Içki işlar vaziri Aziz Toşpölatovning 5-noyabrdagi buyruği bilan tasdiqlangan yöriqnoma 2027-yil 7-yanvardan kuçga kiradi.
10:11 / 11.11.2026

														
														“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Volontyorlik faoliyatini yanada ommalaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident Farmoni (PF–240-son, 06.1…
17:33 / 10.11.2026

														
														11-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

11-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatiladi.
17:21 / 10.11.2026

														
														Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonning Çxattisgarx ştatida 4 yoşli bolaning jasadi makkajöxori dalasi yaqinidagi suv töplangan çuqurlikdan topildi. U…
15:30 / 10.11.2026

														
														Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 3 391 ta yöl-transport hodisasi (YTH) qayd etildi. Bu bir kunda örtaça 12 …
15:24 / 10.11.2026

														
														Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzax viloyatida umumiy oğirligi 471 gramm bölgan yarim tayyor quyma oltinni 450 million sömga sotayotgan ikki nafar fuqaro…
15:20 / 10.11.2026

														
														Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Farğona viloyatining Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi. Holat yuzasidan ji…
15:14 / 10.11.2026

														
														Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

AQŞ prezidenti Donald Tramp Nvidia boş direktori Jensen Xuangning Xitoy foydasiga josuslik qilişda gumonlanayotgan ayol bila…
10:08 / 10.11.2026

														
														Rossiyada 8 nafar özbekistonlik foydasiga 1,5 mln rubldan ortiq mablağ undirildi

Rossiyada 8 nafar özbekistonlik foydasiga 1,5 mln rubldan ortiq mablağ undirildi

Rossiyada iş haqini ololmagan 8 nafar özbekistonlikning mehnat huquqlari sud orqali himoya qilindi. Natijada ularning foydas…
10:03 / 10.11.2026

Bu ham qiziq

Özbekistonda elektrotexnika sohasida 11,6 milliard dollarlik loyihalar amalga oşiriladi

Özbekistonda elektrotexnika sohasida 11,6 milliard dollarlik loyihalar amalga oşiriladi

Keyingi uç yil davomida Özbekistonda elektrotexnika va unga boğliq yangi sanoat yönalişlarida umumiy qiymati 11,6 milliard d…
13:26 / 09.11.2026
Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturi boşlanadi

Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturi boşlanadi

Kelgusi yildan Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturini amalga oşiriş boşlanadi. Dastur doirasida mahalliy mutax…
13:35 / 09.11.2026
Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 3 391 ta yöl-transport hodisasi (YTH) qayd etildi. Bu bir kunda örtaça 12 …
15:24 / 10.11.2026
“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Volontyorlik faoliyatini yanada ommalaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident Farmoni (PF–240-son, 06.1…
17:33 / 10.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Özbekistonda yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun belgilangan jarima 60 kun içida tölanmasa, haydovçining transport vosit…
10:01 / 10.11.2026
Toşkentda 500 kVli “Halqa” podstansiyasi işga tuşirildi

Toşkentda 500 kVli “Halqa” podstansiyasi işga tuşirildi

7-noyabr kuni Toşkent şahrida 500 kV kuçlanişli yangi «Halqa» podstansiyasiga kuçlaniş berildi. Bu haqda energetika sohasiga…
14:06 / 08.11.2026
Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlarga bölgan içki talabni qondiriş maqsadida ularni mahalliy işlab çiqariş imkoniyatlari örganiladi. Bu…
15:57 / 09.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Içki işlar vaziri Aziz Toşpölatovning 5-noyabrdagi buyruği bilan tasdiqlangan yöriqnoma 2027-yil 7-yanvardan kuçga kiradi.
10:11 / 11.11.2026
Polşada şahar markazida otişma sodir böldi

Polşada şahar markazida otişma sodir böldi

7-noyabr kuni Polşadagi Krakov şahrining Boş bozor maydonida otişma sodir böldi.
10:38 / 08.11.2026
Umraga yuborişni va’da qilib, fuqarolardan qariyb 7 ming dollar olgan şaxslar uşlandi

Umraga yuborişni va’da qilib, fuqarolardan qariyb 7 ming dollar olgan şaxslar uşlandi

Samarqand va Guliston şaharlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 995 do…
14:28 / 09.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!