$
12844.21 UZS
-11.72
127.35 UZS
-0.81
13508.26 UZS
-62.46
14° Kechasi

“Bog‘cha” xodimlarining maoshi oshiriladimi? Maktabgacha ta’lim vazirligi vakili bunga izoh berdi

19:40 / 23.08.2022

Bugun, 23-avgust kuni Milliy matbuot markazida “Maktabgacha taʼlim tizimidagi muammolar va ularning yechimlari borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Unda ishtirok etgan Xabardor.uz muxbirining ma’lum qilishicha, vazirlig tomonidan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori, pedagog xodimlari va tarbiyachi yordamchisi lavozim maoshini ikki bosqichda oshirish boʻyicha taklif ishlab chiqilganю

Unga koʻra, direktor lavozim maoshini 2 bosqichda 60 foizgacha oshirish, oʻqituvchi, psixolog va oliy maʼlumotli tayyorlov guruhi tarbiyachisi lavozim maoshini malaka toifasiga qarab bir bosqichda 10-25 foiz oshirgan holda maktab oʻqituvchisi lavozim maoshiga tenglashtirish (2 341 248 soʻmdan 2 576 000 soʻmga); tarbiyachi-metodist va tarbiyachilar lavozim maoshini malaka toifasiga qarab ikki bosqichda 60-74 foiz (oliy maʼlumotli boʻlganda 1 631 200 soʻmdan 2 576 000 soʻmga); tarbiyachi yordamchisi lavozim maoshini ikki bosqichda 70 foiz oshirish (1 374 624 soʻmdan 2 324 000 soʻmga) koʻzda tutilgan.

Taʼkidlanishicha, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktori, pedagog xodimlari va tarbiyachi yordamchisi lavozim maoshlarini qayd etilgan miqdorlarda oshirish uchun davlat byudjetidan oʻrtacha 2,9 trillion soʻm mablagʻ talab etiladi.


Bu ham qiziq

Gaz xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirildi

Gaz xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirildi

“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan aholi isteʼmolchilarining tabiiy gaz sarfi va xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvch…
14:24 / 21.11.2024
Xorazm viloyatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi

Xorazm viloyatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirl…
20:30 / 22.11.2024
Toshkentda soxta IIO xodimlari ushlandi

Toshkentda soxta IIO xodimlari ushlandi

Muqaddam bir necha bor sudlangan bu ikki shaxs oldidan kuchli ta’sir qiluvchi doriga o‘xshash moddalar topilgan.
11:37 / 22.11.2024
Zelenskiy: “Putin urushni kengaytirish yo‘lidagi ikkinchi qadamni qo‘ydi”

Zelenskiy: “Putin urushni kengaytirish yo‘lidagi ikkinchi qadamni qo‘ydi”

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning ballistik raketa bilan hujumiga munosabat bildirdi.
10:55 / 22.11.2024
Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 noyabr kuni madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, xususan, teatrlarning jamiyat madan…
19:21 / 22.11.2024
“Toshshahartransxizmat”ga yangi rahbar tayinlandi

“Toshshahartransxizmat”ga yangi rahbar tayinlandi

Sattarov shu yilning fevral oyida o‘g‘irlik va rasmiy soxtalashtirishda gumon qilinib hibsga olingan Anvar Jurayevning o‘rni…
21:50 / 22.11.2024
Isroil falastinlik bolalarni qamoqxonalarda saqlamoqda

Isroil falastinlik bolalarni qamoqxonalarda saqlamoqda

Falastin asirlari ishlari bo‘yicha komissiyasi Isroil qamoqxonalarida 270 nafar falastinlik bolaning qo‘lga olingani haqidag…
09:08 / 21.11.2024
Bugun Toshkentda shaxmat bo‘yicha “Prezident kubogi 2024” turniri boshlanadi

Bugun Toshkentda shaxmat bo‘yicha “Prezident kubogi 2024” turniri boshlanadi

Toshkentda 21-30-noyabr kunlari dunyoning eng kuchli shaxmatchilari jam bo‘ladi. Boisi ushbu sanalarda shaxmat bo‘yicha uchi…
09:40 / 21.11.2024
Zaharlanayotgan Boysun

Zaharlanayotgan Boysun

Mana ikki yarim oydirki Boysun aholisi zaharli gazdan qiynalyapti. Sentyabr oyida boshlangan mazkur texnogen hodisaga 2 yari…
16:02 / 22.11.2024
Metroning 4 ta bekatida hojatxonalar qurilishi boshlandi

Metroning 4 ta bekatida hojatxonalar qurilishi boshlandi

Qurilish boshlangan bekatlar quyidagilardir: “Buyuk ipak yo‘li”, “Amir Temur xiyoboni”, “Paxtakor” va “Beruniy”.
12:04 / 21.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!