$
12099.18 UZS
-32.37
153.82 UZS
0.28
14134.26 UZS
9.5
31° Kechasi 18°

Bolalar ombudsmani lavozimiga Surayyo Rahmonova nomzodi tasdiqlandi

14:52 / 10.10.2023

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan Surayyo Rahmonova nomzodi Bola huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) lavozimiga tasdiqlandi va mazkur qaror Oliy Majlisning Senatiga yuborildi. Bu masala bugun, 10-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi yalpi yig‘ilishda ko‘rib chiqildi.

Ma’lumot uchun, Surayyo Rahmonova 1978-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 2000-yilda Toshkent davlat yuridik universitetida bakalavr, 2002-yilda esa magistr darajasini olgan. 2015-yilda dotsent ilmiy unvoni, 2018-yilda yuridik fanlar doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.

Surayyo Rahmonova tayinlovga qadar 2018-yilda Bosh prokuraturaning Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot xizmatida bo‘lim boshlig‘i, 2019-yilda AOKA bo‘lim boshlig‘i va 2022-yildan Senatning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limida faoliyat ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda bola huquqlari bo‘yicha oldingi ombudsman Aliya Yunusova Tuyg‘unovna o‘z faoliyatini to‘xtatgandi.


Bu ham qiziq

Qarshi shahriga 43 dona yangi avtobuslar olib kelindi

Qarshi shahriga 43 dona yangi avtobuslar olib kelindi

Qashqadaryo viloyatida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Sharofiddin-Nurillo”, “Beshkent Qarshi Trans Servi…
15:30 / 12.01.2026
Tramp AQSh va Eron o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi

Tramp AQSh va Eron o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi

Donald Tramp Eron rahbariyati muzokaralar o‘tkazishni so‘rab, o‘ziga murojaat qilganini bildirdi. AQSh prezidenti bu haqda k…
11:32 / 12.01.2026
Tramp Grenlandiyani nima uchun egallamoqchi?

Tramp Grenlandiyani nima uchun egallamoqchi?

Olimlarning fikricha, Grenlandiyada neft va gaz zaxiralari ham ko‘p bo‘lishi mumkin.
16:56 / 11.01.2026
Mahkumadan pul undirmoqchi bo‘lgan inspektor ishdan olindi

Mahkumadan pul undirmoqchi bo‘lgan inspektor ishdan olindi

Ichki ishlar boshqarmasi probatsiya guruhi inspektori mahkum ayol bilan moddiy manfaatga qaratilgan noo‘rin munosabatga kiri…
16:59 / 11.01.2026
Venesuela va AQSh diplomatik aloqalarni qayta tiklashni muhokama qilmoqda

Venesuela va AQSh diplomatik aloqalarni qayta tiklashni muhokama qilmoqda

Bu haqda Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges ma’lum qildi.
08:49 / 11.01.2026
Propan narxining asossiz oshirilishiga qarshi nazorat kuchaytirildi

Propan narxining asossiz oshirilishiga qarshi nazorat kuchaytirildi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi propan narxining asossiz oshirilishiga qarshi…
11:00 / 12.01.2026
Toshkent viloyatida korxona 1 mlrd so‘mlik gazni o‘mardi

Toshkent viloyatida korxona 1 mlrd so‘mlik gazni o‘mardi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 1 milliard 5 million so‘mlik …
16:17 / 11.01.2026
Toshkentda nohaq qamalgan tadbirkorga 300 mln so‘m ma’naviy zarar to‘lab beriladi

Toshkentda nohaq qamalgan tadbirkorga 300 mln so‘m ma’naviy zarar to‘lab beriladi

Toshkentda uzoq muddatga nohaq qamalib, so‘ng oqlangan fuqaro 1 milliard so‘m ma’naviy zarar talab qildi. Bu haqda Oliy sud …
09:30 / 11.01.2026
O‘zbekistonda ish joylarida yuz bergan baxtsiz hodisalar sabab bir yilda 248 kishi vafot etdi

O‘zbekistonda ish joylarida yuz bergan baxtsiz hodisalar sabab bir yilda 248 kishi vafot etdi

Shuningdek, jabrlanganlar soni 961 nafarni tashkil etgan.
17:43 / 12.01.2026
O‘zbekistonda norasmiy sektor qurilish ishlari hajmi 69,9 trln so‘mga yetdi

O‘zbekistonda norasmiy sektor qurilish ishlari hajmi 69,9 trln so‘mga yetdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar—noyabr oylarida O‘zbekistonda norasmiy sektor tomonida…
16:05 / 11.01.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!