$
12009.27 UZS
-51.57
153.75 UZS
-1.25
13688.17 UZS
-66.01
31° Kechasi 18°

Gaz qazib olish hajmlarini oshirish va sohani transformatsiya qilish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi

17:49 / 12.01.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining kelgusidagi vazifalari va rejalari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Energetik xavfsizlikni ta’minlash va iqtisodiyot tarmoqlariga energiya resurslarini uzluksiz yetkazib berish mamlakat taraqqiyotining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, gaz sohasida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish va geologiya-qidiruv ishlarini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Taqdimotda “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati oldida turgan eng asosiy vazifa tabiiy gaz zaxiralarini oshirish va qazib chiqarish hajmlarini ko‘paytirish ekani qayd etildi. Kompaniya kunlik gaz qazib chiqarish hajmini 66 million kub metrdan 70 million kub metrga ko‘paytirish, bu yil kamida 25,4 milliard kub metr gaz qazib chiqarish choralarini ko‘rishi zarurligi ta’kidlandi.

Mavjud imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Gaz zaxiralarini o‘stirish uchun yangi istiqbolli investitsiya bloklarini shakllantirish, investorlarga berilgan ayrim maydonlarda esa ishlarni jadallashtirish va samaradorligini oshirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Nafta ishlab chiqarish hozirda quvvatning 70 foizida amalga oshirilayotgani, mahsulot esa 50 foiz arzon narxlarda eksport qilinayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Naftadan polimer mahsulotlari ishlab chiqarilsa, qo‘shilgan qiymatni 6 karra oshirish imkoniyati borligini hisobga olib, mavjud quvvatlarni to‘liq ishlatish choralarini ko‘rish topshirildi.

“O‘zbekneftgaz”ning moliyaviy holatini yaxshilash chora-tadbirlari ham ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda neft-gaz sohasida o‘g‘rilik va korrupsiya holatlariga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Sohadagi korrupsion xavflarni oldini olish maqsadida “O‘zbekneftgaz” tuzilmasida raisning alohida o‘rinbosari lavozimi kiritilib, komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati tashkil etildi. Tizimdagi har qanday noqonuniy holatni tezkor aniqlash va oldini olish bo‘yicha samarali tizim yaratish vazifasi qo‘yildi.

Prezidentimiz neft-gaz sohasida transformatsiyani chuqurlashtirish, gaz zaxiralari va qazib olish hajmlarini oshirish, moliyaviy intizomni kuchaytirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.


Bu ham qiziq

Pokiston Afg‘onistonning bir nechta viloyatlariga hujum qildi

Pokiston Afg‘onistonning bir nechta viloyatlariga hujum qildi

Matbuot kotibi Pokistonning harakatlarini “qo‘rqoq, tajovuzkor va vahshiy jinoyat” deb atadi va ularni qoraladi.
10:53 / 29.06.2026
Anomal issiqlik tufayli Eyfel minorasi 10 santimetrga uzaydi

Anomal issiqlik tufayli Eyfel minorasi 10 santimetrga uzaydi

Fransiyada kuzatilayotgan anomal jazirama tufayli Parijdagi Eyfel minorasining balandligi taxminan 10 santimetrga oshdi.
16:45 / 30.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga intilish qat’iyligini tasdiqladilar
12:50 / 29.06.2026
Isroil AQSh va Turkiya o‘rtasidagi F-35 bo‘yicha kelishuvdan xavotirda

Isroil AQSh va Turkiya o‘rtasidagi F-35 bo‘yicha kelishuvdan xavotirda

Avvalroq Tramp Turkiyaga F-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish ehtimoli haqidagi savolga javob berar ekan, NATO sammi…
17:52 / 30.06.2026
Si Szinpin: “Xitoy va Belarus mustahkam do‘stlar”

Si Szinpin: “Xitoy va Belarus mustahkam do‘stlar”

Xitoy yetakchisi Si Szinpin Xitoy va Belarus temir do‘stlar ekanligini, ularning munosabatlari xalqaro notinchlikning barcha…
12:41 / 29.06.2026
Anomal issiqlik: Parijda bir sutkada 109 kishi vafot etdi

Anomal issiqlik: Parijda bir sutkada 109 kishi vafot etdi

Fransiya poytaxti Parijda anomal issiqlik oqibatida bir sutka ichida 109 nafar inson vafot etdi.
15:42 / 28.06.2026
30-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

30-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan s…
17:36 / 29.06.2026
Kelayotgan haftada havo harorati 44 darajagacha isishi kutilmoqda

Kelayotgan haftada havo harorati 44 darajagacha isishi kutilmoqda

"O‘zgidromet" 28-iyun – 5-iyul hafta oralig‘idagi ob-havo prognozini e’lon ma'lum qildi.
18:28 / 28.06.2026
Shavkat Mirziyoyev JCHda ishtirok etgan futbolchilardan ayb qidirmaslikka chaqirdi

Shavkat Mirziyoyev JCHda ishtirok etgan futbolchilardan ayb qidirmaslikka chaqirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun kuni yoshlar bilan uchrashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasining futbol bo‘yicha Jah…
14:36 / 30.06.2026
Marokash Niderlandiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, nimchorak finalga yo‘l oldi

Marokash Niderlandiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, nimchorak finalga yo‘l oldi

30-iyun kuni bo‘lib o‘tgan 2026 yilgi Jahon chempionati 1/16 final bahsida M
10:39 / 30.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!