$
12965.34 UZS
-14.82
161.34 UZS
-0.29
14525.07 UZS
-81.5
37° Kechasi 18°

Britaniya haloskori. Cherchill qanday qilib Gitlerni magʻlub etgan?

18:25 / 10.03.2022

“Kuch yoki aql emas, saʼy-harakatda qatʼiy boʻlish inson salohiyatini namoyon qiladi”.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Uinston Cherchill

1955-yilning oktyabr oyi. Bukingem saroyida Buyuk Britaniya Bosh vaziri Uinston Cherchill tavalludining 80 yilligi tantanali nishonlanayotgan edi. Qirolicha Yelizaveta II Cherchillga uning surati chizilgan portretni sovgʻa qildi. Uinston suratga qarab, “bu kim” deb hayron boʻldi. Shunda qirolicha, “ser, bu sizsiz, haqiqatdan ham suratdagidek juda qarib qoldingiz. Men sizni isteʼfoga chiqishingizni soʻrayman”, dedi. Bosh vazir va saroy amaldorlari yoshgina qirolichadan bu gapni eshitib, hayratga tushdilar.

Xabardor.uz bir muddat oldin eʼlon qilgan “Harbiy zobitlikdan Bosh vazirlikkacha. Uinston Cherchillning sirli hayotiga nazar” nomli maqolada Cherchillning bolalik davri, uning siyosatga kirib kelishi va Birinchi jahon urushida yoʻl qoʻygan qoʻpol xatosi haqida maʼlumot berilgan edi. 

Galdagi tarixiy faktlarga asoslangan maqolamizda Cherchill qanday qilib Bosh vazir boʻlgani, Uning Ikkinchi jahon urushida koʻrsatgan jasorati va Cherchill hayotining eng soʻngi kunlariga nazar tashlaymiz.

Qayta oyoqqa turgan Cherchill

1915-yilda Cherchillning tashabbusi bilan amalga oshirilgan “Dardanell” operatsiyasi yirik magʻlubiyat bilan yakun topgan boʻlsada, u siyosatdan ketmadi. Uinstonda haqiqiy siyosatchining qarashlarini koʻrgan Devid Loyd Jorj, uni koalitsion hukumat tarkibiga qoʻshilishga taklif qildi. Urushlarda yaxshigina tajriba orttirgan Cherchill, 1918-1921-yillarda harbiy va aviatsiya vaziri lavozimlarida ishladi. 

Cherchill va Gandi tortishuvi

1921-yilda Uinston mustamlaka ishlari kotibi etib tayinlandi. Aynan Cherchill Buyuk Britaniya imperiyasidan ajralib chiqmoqchi boʻlgan mustamlakalarni oʻzining qattiq mushti bilan ushlab turdi. Xususan, u Britaniya mandati hisoblangan Iroqdagi kurdlar isyonini havo kuchlari yordamida bostirdi. Cherchill mustamlakalardagi qoʻzgʻolonlarni bostirish uchun zaharli gazdan foydalanishni taklif qildi. Lekin buni parlament rad etdi. U Britaniya mustamlakachilik siyosatining ashaddiy himoyachisiga aylandi. Shu bilan birga Cherchill oʻzini sharqda boʻy koʻrsatayotgan kommunistlarning dushmani sifatida namoyon qilib, Rossiyadagi fuqarolik urushida oq gvardiyachilarga harbiy yordam berdi.

Uinston Cherchill 1924-1925-yillarda Britaniya moliya vaziri lavozimida ish olib bordi. 1931-yilda Hindistonning mustaqillik yetakchisi Mahatma Gandi Londonga tashrif buyuradi. Gandi Cherchill bilan suhbatlashgani kelganida, Uinston unga “men siz bilan gaplasha olmayman. Siz odobga mos tarzda kiyinishingiz kerak”, deydi. 

Bunga javoban Gandi Cherchillga shunday deb javob beradi:

“Siz Angliyaning moliya vazirisiz va Angliya urf-odatlariga koʻra kiyinish siz uchun muammo emas. Lekin men hindistonlikman va bu yerga barcha hindlarning vakili boʻlib kelganman. Shunday ekan, men Hindistonning iqtisodiy rivojlanish darajasiga mos ravishda kiyinishim kerak.  Hindlarning bundan ortigʻiga qurbi yoʻq. Shuning uchun men ulardan ortiq kiyina olmayman”.

 

Adabiyot olamidagi muvaffaqiyat

Cherchill moliya vaziri boʻlib ishlagan davrda funt sterlingni oltinga tenglashtirish siyosatini amalga oshirdi. Uinston oʻsha vaqtda Buyuk Britaniya Bosh vaziri boʻlgan Stenli Bolduinning Hindistonga erkinlik berish siyosatini qoraladi. Bosh vazir bilan kelishmovchilik oqibatida Cherchill oʻz lavozimidan ketdi.

Siyosatdan bir muddat yiroqlashgan Uinston Cherchill oʻzini yozuvchilik mahoratini ishga solib kitob yozdi. Bundan tashqari, u boʻsh vaqtida rassomchilik bilan ham shugʻullandi. 1930-1939-yillar oraligʻida uning olti tomlik  “Malʻboro”, “Great Contemporaries”, “The Unknown War: The Eastern Front” va  “My Early Life” kitoblari nashr etildi. Tez orada Cherchillning kitoblari jahonda mashhur boʻlib ketdi.

Urushning aniq boʻlishi

Cherchill Germaniyani qayta qurollantirishga qattiq qarshilik qildi. U Bosh vazir Nevill Chemberlen tomonidan olib borilayotgan Gitlerni “tinchlantirish” siyosatini tanqid ostiga oldi. 1938-yilning sentyabr oyida Myunxen shartnomasi imzolangach, Cherchill tez orada Ikkinchi jahon urushi boshlanishini bashorat qildi. 1939-yilning mart oyida Germaniya Chexoslovakiyani bosib olganida, Britaniya hukumati bunga hech qanday eʼtiroz bildirmadi. Cherchill Chexoslovakiyani Gitlerga hadya qilib yuborilishini “kichik davlatni boʻrilarga berish” deb atadi.

1939-yilning aprel oyida Buyuk Britaniya tarixda birinchi marta tinch davrda umumiy harbiy majburiyat joriy etdi. Chemberlen nima boʻlganda ham Gitler bilan til topishish umididan voz kechmadi. Uning maqsadi Germaniyaning agressiya tigʻini Sovet Ittifoqiga burib yuborish edi. Biroq Gitler Stalin bilan oʻzaro hujum qilmaslik shartnomasini imzolagach, Chemberlenning umidlari puchga chiqdi. Endi urush boʻlishi aniq edi.

 

Ikkinchi jahon urushi

1939-yil 1-sentyabr kuni Germaniya armiyasi Polshaga hujum boshladi. 3-sentyabr kuni Buyuk Britaniya Germaniyaga urush eʼlon qildi. Shu tariqa butun insoniyatga katta falokat keltirgan Ikkinchi jahon urushi boshlandi. 

Shiddatli janglarda Germaniya armiyasini toʻxtatib boʻlmadi. Tez orada nemislar Fransiya ostonasida paydo boʻldi. Parij taslim etilsa, Gitlerning keyingi nishoni, tabiiyki, Buyuk Britaniya edi. 1940-yil 10-may kuni qirol Georg VI Nevill Chemberlen hukumatini isteʼfoga chiqarib, uning oʻrniga Uinston Cherchillni Bosh vazir etib tayinladi. Uinston oʻzining xotira daftarida “butun oʻtgan hayotim bu soat va bu sinov uchun tayyorgarlik edi” deb yozadi.

Cherchill Angliya uchun eng qiyin vaqtda hokimiyat tepasiga keldi. Chunki nemis armiyasi istalgan vaqtda Britaniyaga bostirib kirishi mumkin edi. 

 

Uinston Cherchill Bosh vazir sifatidagi birinchi nutqida shunday deydi:

“Menda sizlarga qon, mehnat, koʻz yoshlar va terdan boshqa taklif qiladigan hech narsam yoʻq. Bizni juda koʻp davom etuvchi kurash hamda azob-uqubat kutib turibdi. Bizning siyosatimiz qanday boʻladi deb soʻraysizmi? Biz dengizda, quruqlikda, havoda Xudo bizga bergan bor kuch bilan insoniyat tarixida hech qachon boʻlmagan dahshatli zulmga qarshi urush olib boramiz – bu bizning siyosatimiz. Maqsadimiz nima deb soʻraysizmi? Men bir soʻz bilan javob bera olaman: gʻalaba! Har qanday dahshatga, yoʻl qanchalik uzoq va mashaqqatliligiga qaramay, gʻalaba! Chunki gʻalaba omon qolishning yagona yoʻli!”

Biroq gʻalaba sari yoʻl uzoq va mashaqqatli edi. 1940-yilning may oyida Germaniya qoʻshinlari Gollandiya va Belgiyani taslim etdi. Kutilmaganda Shimoliy Fransiyada joylashgan ingliz-fransuz harbiy kuchlari qurshovga tushib qoldi. Nemis armiyasi qisqa vaqt ichida Parijni egalladi. Iyul oyida Germaniya Buyuk Britaniyaga qarshi “Dengiz sheri” hujum operatsiyasini boshladi. Norvegiya va Daniya nemis armiyasi tomonidan ishgʻol etilgach, Britaniya urushda yakkalanib qoldi.

Nemis bombardimonchi samolyotlari har kuni Britaniya oroliga minglab tonna bomba yogʻdirdi. Ogʻir vaziyatga qaramay Cherchill aholi kayfiyatini koʻtarish uchun bor imkoniyatini ishga soldi. U leyborist, konservator va liberallardan iborat koalitsion hukumat tuzdi. Parlamentning koʻpchilik vakillari qirol Georg VI ga Germaniyaga taslim boʻlishni taklif qildi. Biroq, bunga Cherchill qarshi chiqdi. U har kuni radioda joʻshqin nutq soʻzlab, xalqni birlashishga chaqirdi.

Gitler Buyuk Britaniyani magʻlub etolmagach, eʼtiborini Sharqqa qaratdi. 1941-yil 12-avgust kuni Uinston Cherchill va AQSH Prezidenti Franklin Delano Ruzvelt oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Ikki davlat rahbari oʻrtasidagi muzokara uch kun davom etganidan soʻng, “lend-liz” shartnomasi imzolandi. Unga koʻra, AQSH Britaniyaga oʻq-dori, qurol, tank va samolyot yetkazib berishi kerak edi. Bundan tashqari Cherchill fashizmga qarshi birga kurashish uchun SSSR bilan ittifoq tuzdi.

1943-yil 10-iyul kuni Angliya-Amerikaning birlashgan qoʻshinlari Sitsiliya oroliga tushirildi. Uch oydan soʻng Italiya urushdan chiqarildi. 1944-yilning yozida Angliya-Amerika Fransiyaga desant tashladi. Oʻsha yilning avgust oyida nemislar Fransiya janubidan siqib chiqarildi.

1945-yilda Germaniya taslim boʻlgach, Uinstonning rafiqasi unga nafaqaga chiqishni maslahat berdi. Bu vaqtda Cherchill 71 yoshni qarshi olgan edi. 1945-yilgi parlament saylovida uning partiyasi magʻlubiyatga uchradi. Buyuk Britaniyani muqarrar magʻlubiyatdan saqlab qolgan Cherchill Bosh vazirlik lavozimini tark etadi.

“Sovuq urush”ni boshlab bergan nutq

Cherchill Bosh vazirlikdan ketgach ham siyosiy faoliyatini toʻxtatmadi. U 1946-yil 5-mart kuni Qoʻshma Shtatlarning Fulton shahrida soʻzlagan nutqida shunday dedi:

“Boltiqboʻyidagi Stettindan Adriatikadagi Triyestgacha boʻlgan temir parda qitʼa boʻylab choʻzilgan. Xayoliy chiziqning boshqa tomonida Markaziy va Sharqiy Yevropaning qadimgi davlatlari barcha poytaxtlari joylashgan. Yevropaning barcha sharqiy davlatlarida kommunistik partiyalar hokimiyatni qoʻlga oldilar va ular cheksiz totalitar boshqaruv orqali davlatni boshqarmoqda. Hozircha, Chexoslavakiyadan tashqari hech bir Sharqiy Yevropa mamlakatlarida haqiqiy demokratiya yoʻq”.

“Turkiya va Eron ham Moskva hukumatining qoʻyayotgan talablaridan qattiq xavotirda. Ruslar Berlinni ishgʻol qilishgach, u yerda kommunistik partiya tuzishdi. Agar Sovet hukumati kommunistik Germaniyani yaratishga harakat qilsa, bu bizga yangi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi”.

Cherchillning bu maʼruzasidan soʻng dunyo ikki qutbga ajralib, AQSH va SSSR oʻrtasida 45 yil davom etgan “Sovuq urush” boshlandi.

Cherchill Fulton shahrida soʻzlagan nutqi

Cherchellning soʻngi kunlari

1951-yilgi parlament saylovida Cherchillning partiyasi gʻalaba qozondi va u yana Bosh vazirlik kursisini egalladi. Biroq endi Uinston oldingidek kuchli emasdi. 1952-yilning fevral oyida, u insultni boshdan kechirdi va bir necha oy gapirolmaydigan boʻlib qoldi. Bir yildan soʻng bu holat yana takrorlandi. Shunga qaramay Cherchill isteʼfoga chiqish yoki lordlar palatasiga oʻtishni qatʼiyan rad etdi.

1952-yil 6-fevral kuni Buyuk Britaniya qiroli Georg VI vafot etdi. Uning katta qizi Yelizaveta taxtga oʻtirdi. 1953-yilda qirolicha Yelizavetta II Buyuk Britaniya davlati oldidagi buyuk xizmatlari uchun Uinston Cherchillni Garter ordeni bilan taqdirladi. 1954-yilning oktyabr oyida Uinston Cherchill tavalludining 80 yilligi tantanali ravishda nishonlandi, uning sharafiga Bukingem saroyida tantanali ziyofat boʻlib oʻtdi. Qirolicha Yelizaveta II Cherchillga uning surati chizilgan portretini sovgʻa qildi. Uinston suratga qarab, “bu kim” deb hayron boʻldi. Shunda qirolicha “ser, bu sizsiz, haqiqatdan ham suratdagidek juda qarib qoldingiz. Men sizni isteʼfoga chiqishingizni soʻrayman” deydi. Cherchill yosh qirolichadan bunday gapni kutmagandi. Shundan soʻng qadamlari anchayin sekinlashib qolgan Uinston Cherchill 1955-yilda hukumat va partiyani butunlay tark etdi.

1965-yil 24-yanvar kuni Cherchill navbatdagi insult tufayli hayotdan koʻz yumdi. Qirolicha Yelizaveta II va Bukingem saroyi dafn marosimi xizmatlarini oʻz zimmasiga oldi. Uni soʻnggi yoʻlga kuzatish uchun 112 ta davlat delegatsiyasi ishtirok etdi. Cherchillning vasiyatiga koʻra, u oʻzining tugʻilib oʻsgan Blenxaym saroyi yaqinidagi Avliyo Martin cherkovi qabristoniga dafn qilindi.

Cherchill shaxsiyati haqida turli fikrlar mavjud. Kimlar uchun u urush qahramoni, insoniyatni fashizm balosidan saqlab qolgan shaxslardan biri. Boshqalar uchun imperialistik siyosatchi, mustaqillik uchun boʻlgan harakatlarini qonga botirgan shaxs. Biroq, nima boʻlganida ham Cherchill XX asrning buyuk siyosatchisi sifatida tarixda qoldi.


Qiziqarli


														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

														
														Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Dunyoning eng buyuk me’moriy obidalaridan biri bo‘lgan va haqiqiy sadoqat, sevgining timsoli hisoblanadigan Toj Mahal o‘zini…
17:04 / 06.02.2025

														
														O‘sha tun...

O‘sha tun...

Voqeiy hikoyaO‘sha kuni qo‘shni bolalar bilan qora kechgacha o‘ynadik.
16:27 / 03.02.2025

														
														Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Italiyalik arxeologlar Sitsiliya janubidagi Agrigento provinsiyasidagi zamonaviy Likata yaqinida joylashgan qadimiy Finziade…
11:14 / 27.01.2025

														
														Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan otalari tarix kitoblaridagi shunchaki nomlar emas. Ular g‘oyalari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan o…
12:11 / 15.01.2025

														
														Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Google qidiruv tizimi orqali 2024-yilda eng ko‘p izlangan mavzularni sarhisob qildi va qidiruvlarni yo‘nalishlar bo‘yicha aj…
11:22 / 12.12.2024

														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

														
														“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

Henry Aldridge and Son auksion uyining xabar berishicha, “Titanik”ning 700 dan ortiq yo‘lovchisini qutqargan “Karpatiya” kem…
10:22 / 18.11.2024

														
														Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

CBS News nashrining xabar berishicha, shahzoda Sadriddin Og‘axon III ning Cartier broshidan zumradlari kimoshdi savdosida so…
09:34 / 16.11.2024

Bu ham qiziq

Tramp 1 mln nafar g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish niyatida

Tramp 1 mln nafar g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish niyatida

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati G‘azo sektoridan 1 million falastinlikni Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqmo…
13:53 / 17.05.2025
Suriya milliy valyutasini BAA va Germaniyada bosib chiqarishni rejalashtirmoqda

Suriya milliy valyutasini BAA va Germaniyada bosib chiqarishni rejalashtirmoqda

Reuters’ga ko‘ra, Suriya rasmiylari banknotlarni bosib chiqarishni BAA va Germaniyaga ko‘chirish imkoniyatlarini ma’lum vaqt…
13:47 / 17.05.2025
Ertaga may oyidagi eng yuqori harorat kuzatilishi mumkin

Ertaga may oyidagi eng yuqori harorat kuzatilishi mumkin

Ertaga poytaxtda so‘nggi 170-yillikdagi may oyida hech qachon kuzatilmagan eng yuqori harorat rekordi yangilanishi mumkin.
22:40 / 15.05.2025
Jizzaxda bozor yaqinidagi choyxona yonib ketdi

Jizzaxda bozor yaqinidagi choyxona yonib ketdi

Jizzax viloyati, Jizzax shahar, “Xalqabod” MFYda joylashgan bozor yaqinidagi choyxonada yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risid…
14:23 / 17.05.2025
AQShda migrantlar realiti-shouda mamlakat fuqaroligi uchun kurash olib boradi

AQShda migrantlar realiti-shouda mamlakat fuqaroligi uchun kurash olib boradi

Qo‘shma Shtatlarda The American nomli realiti-shousi tashkil etiladi.
11:47 / 17.05.2025
“O‘zgidromet” yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

“O‘zgidromet” yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

“O‘zgidromet” hafta boshida, 19—21-may kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi.
18:20 / 17.05.2025
Toshkentda metan “zapravka” 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Toshkentda metan “zapravka” 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi. Bu haqda …
09:32 / 17.05.2025
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
21:45 / 15.05.2025
Husanov jamoasi mavsumni titul bilan yakunlay oladimi?

Husanov jamoasi mavsumni titul bilan yakunlay oladimi?

Bugun “Man Siti” Angliya kubogi finalida o‘ynaydi.
10:49 / 17.05.2025
17-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.
04:30 / 17.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!