$
12670.05 UZS
37.83
138.00 UZS
3.61
13560.75 UZS
82.17
20° Kechasi 14°

Bronxial astmani keltirib chiqaruvchi yangi omil aniqlandi

16:01 / 25.01.2024

Nasliy va kasbiy omillar, ekologik muammolar, semizlik, noto‘g‘ri ovqatlanish, turli mikroorganizm va allergenlardir. Bular — bronxial astma xastaligini keltirib chiqaruvchi sabablar ro‘yxatida yetakchi. Ammo bolalarda mazkur xastalikni yuzaga keltiruvchi yana bir muhim faktor bor. Buni Avstraliyaning Kvinslend universiteti olimlari aniqladi. Qayd etilishicha, ota-onalardagi davomli ruhiy tushkunlik kelgusida ularning farzandlarida astma xastaligini paydo qilishi mumkin. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar beryapti.

Ushbu ilmiy xulosani jamoatchilikka taqdim etish uchun 14 yil zarur bo‘ldi. Uzoq yillik tadqiqot davomida mamlakatda yashovchi 3900 nafardan ortiq bolalarga tegishli tibbiy maʼlumotlar tahlil qilindi.

“O‘rganishlar yakunida ota-onalari o‘rta va yuqori darajada stressni boshdan kechirgan o‘g‘il-qizlarda 77 foiz ko‘proq nafas qisishi va hansirash xurujlari kuzatilishi maʼlum bo‘ldi”, – deyiladi xabar.

Alohida mezonlar bo‘yicha tahlil qilinganda, onalaridagi depressiya tufayli farzandlarida astmaga chalinish ehtimoli 55 foizga ortishi aniqlandi.

Shuningdek, ota-onalari o‘rtacha moliyaviy qiyinchiliklarga ro‘baro‘ kelgan oilalarda dunyoga kelgan o‘g‘il-qizlarda bu ko‘rsatkich 40 foizdan ko‘proqni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda dunyo bo‘yicha o‘rtacha 5 foiz aholi bronxial astma tashxisi bilan yashamoqda. Bolalar o‘rtasida bu statistika yana-da yuqori — 10 foizga teng.


salomatlik


														
														Ikki tillilik Altsgeymerdan himoya qilishi mumkin

Ikki tillilik Altsgeymerdan himoya qilishi mumkin

Ikki tildan foydalanish odamlarni ma’lum darajada keksalikdan himoya qilishi uzoq vaqtdan beri ma’lum.
14:00 / 23.03.2024

														
														Saraton kasalliklarida eng foydali yegulik

Saraton kasalliklarida eng foydali yegulik

Olimlar tomonidan tadqiqot o‘tkazildi.
13:43 / 14.03.2024

														
														Stressdan tez chiqib ketsa bo‘ladimi?

Stressdan tez chiqib ketsa bo‘ladimi?

Stressdan tez chiqib ketish uchun tavsiyalar.
13:23 / 02.03.2024

														
														Yoshlikni kamida 5 yilga uzaytirishga yordam beradigan mahsulotlar

Yoshlikni kamida 5 yilga uzaytirishga yordam beradigan mahsulotlar

Shunday qilib, mutaxassislar ovqatlanish uchun ideal formulani aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi.
11:25 / 01.03.2024

														
														Mikroto‘lqinli pechda qizdirilmasligi kerak bo‘lgan taomlar ro‘yxati

Mikroto‘lqinli pechda qizdirilmasligi kerak bo‘lgan taomlar ro‘yxati

Tabiiy yog‘lar qizdirilganda trans yog‘larga aylanadi.
15:04 / 24.02.2024

														
														O‘ta kuchli uyquchanlik kasallik bo‘lishi mumkin

O‘ta kuchli uyquchanlik kasallik bo‘lishi mumkin

Narkolepsiya - bu uyqu buzilishlari guruhidagi surunkali kasallik.
12:11 / 22.02.2024

														
														Gadjetlar nima uchun zararli?

Gadjetlar nima uchun zararli?

Boshning har 2-3 santimetr egilishida bo‘yin ushlab turishi kerak bo‘lgan vaznga 4-5 kilogramm yuk  qo‘shiladi.
13:18 / 15.02.2024

														
														Allergiya nimadan qo‘rqadi?

Allergiya nimadan qo‘rqadi?

Tailandlik olimlarning ta’kidlashicha, allergik ta’sirlanishlar biz iste’mol qiladigan qatiqqa teskari proporsionaldir.
11:42 / 14.02.2024

														
														Sog‘likka zarar yetkazadigan xato

Sog‘likka zarar yetkazadigan xato

Yuvish vositalarida mavjud bo‘lgan moddalar tanaga zararli bo‘lishini bilarmidingiz? U qo‘l terisida qichishish va jiddiy de…
10:21 / 14.02.2024

														
														Kollagen rostdan foydalimi yoki shunchaki pulni behuda sarflashmi?

Kollagen rostdan foydalimi yoki shunchaki pulni behuda sarflashmi?

Yosh o‘tgan sari inson tanasi kamroq kollagen ishlab chiqarishni boshlaydi.
17:14 / 09.02.2024

Bu ham qiziq

“G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklif qilingan kelishuvni tuzish vaziyatni yaxshiroq hal qiladi” – Blinken

“G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklif qilingan kelishuvni tuzish vaziyatni yaxshiroq hal qiladi” – Blinken

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklif qilingan kelishuvni tuzish vaziyatni yaxshiroq hal qilishdir, degan Davlat d…
10:09 / 04.05.2024
Vazn tashlash uchun kaloriyalarni hisoblashdan ko‘ra, ovqatlanish vaqtini tartibga solish muhim

Vazn tashlash uchun kaloriyalarni hisoblashdan ko‘ra, ovqatlanish vaqtini tartibga solish muhim

Bu masalaning muammoligi shundaki, ortiqcha vazn ko‘plab kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
10:57 / 03.05.2024
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi

Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi

Avvalroq, Turkiya TIV rahbari Xakan Fidan G‘azo sektoridagi harakatlari tufayli Isroilga qarshi sanksiyalar majmuasini e’lon…
21:14 / 02.05.2024
Ayol rekord darajadagi baliqni ovladi

Ayol rekord darajadagi baliqni ovladi

Eslatib o‘tamiz, avvalgi rekord baliq 30,8 kilogrammni tashkil qilgan.
09:54 / 03.05.2024
Toshkentdagi ko‘chalardan biri bir oy muddatga yopildi

Toshkentdagi ko‘chalardan biri bir oy muddatga yopildi

Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
15:02 / 02.05.2024
Haddan tashqari issiqlik tufayli Osiyodagi maktablar darslarni to‘xtatdi

Haddan tashqari issiqlik tufayli Osiyodagi maktablar darslarni to‘xtatdi

Hindistonning Kerala shtatida 29-aprel kuni issiq urishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.
15:36 / 03.05.2024
Oyog‘izngiz muntazam og‘riyotgan bo‘lsa, kasallikning belgisi bo‘lishi mumkin

Oyog‘izngiz muntazam og‘riyotgan bo‘lsa, kasallikning belgisi bo‘lishi mumkin

Quyida ular haqida batafsil ma’lumot beramiz.
14:34 / 02.05.2024
Chorsudagi “tilla bozorga” o‘g‘ri tushdi va 49 million so‘mlik tillani o‘mardi

Chorsudagi “tilla bozorga” o‘g‘ri tushdi va 49 million so‘mlik tillani o‘mardi

Dastlabki surishtiruvlar natijasida ushbu ayol Qo‘qon shahrida yashovchi 49 yoshli X.G., yonidagi o‘smir esa uning 12 yoshli…
16:19 / 03.05.2024
Kunning vaqtiga qarab qanday mahsulotlarni yegan yaxshi?

Kunning vaqtiga qarab qanday mahsulotlarni yegan yaxshi?

Kunning qanday o‘tishi nonushtaga bog‘liq bo‘lgani sabab ham bu vaqtda nima iste’mol qilish muhim sanaladi. Siz tanovul qilg…
10:38 / 03.05.2024
3-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

3-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 3-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib tura…
22:49 / 02.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!