Bugun, 15-avgust kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi” konidagi avariyaviy quduqni yopish bo‘yicha amaliy ishlar rasman boshlandi.
Shu munosabat bilan “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov, Boysun tuman hokimi Bahodir Shukurov va boshqa mahalliy darajadagi mutasaddilar konga kelib “Kofrun” qishlog‘i faollari hamda mazkur loyihada ish boshlayotgan Xitoyning CNPC korporatsiyasi mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazadilar.
“Unda loyihaning ahamiyati, avariyaviy quduqlarni yopishda oylar kesimida bajariladigan muhim chora-tadbirlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Mahalliy aholi bilan samimiy suhbat tashkil etildi” – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!