$
12917.10 UZS
-48.24
160.14 UZS
-1.2
14460.69 UZS
-64.38
28° Kechasi 17°

BYD’da poyga o‘ynab, 2-sinf qizni bosib ketgan haydovchilar qamoqqa olindi

13:10 / 08.07.2024

2024-yilning 1-iyul kuni soat taxminan 18:50 larda fuqaro N.A. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “BYD SONG” rusumli, 85 M 100 GA davlat raqam belgili avtomobilini Xatirchi tumani hududidan o‘tuvchi 4R48 avtomobil yo‘lidan “Zarafshon-Yangirabod” yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan (o‘ziga oldindan tanish bo‘lmagan) fuqaro F.A. boshqaruvidagi “BYD SONG” rusumli 85 Y 600 MA davlat raqam belgili avtomobil bilan bir-biridan quvib o‘tishga harakat qilib, o‘zaro quvishib, ushbu yo‘lning Xatirchi tuman tibbiyot texnikumi yonidan o‘tgan qismida, avtomobil yo‘lining 127-kilometrida, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga piyoda kesib o‘tayotgan, 2016-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan Sh.Sh.ni dastlab fuqaro N.A. boshqaruvidagi avtomobil bilan turtib o‘tib, so‘ngra, fuqaro F.A. o‘z boshqaruvidagi avtomobil bilan urib-bosib o‘tib, yo‘l-transport hodisasini sodir etishgan.

Natijada, voyaga yetmagan Sh.Sh. mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida olgan tan jarohatlari sababli hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 01.07.2024-yilda fuqarolar N.A. va F.A.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan 04.07.2024-yilda fuqarolar N.A. va F.A.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan ayblov e’lon qilinib, shu kuni Jinoyat Protsessual Kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan va 05.07.2024-yilda ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Haydovchi N.A. so‘nggi bir yil davomida 12 marotaba tezlikni oshirish, 1 marotaba yo‘l chizig‘i talablariga rioya qilmaslik qoidabuzarliklarini sodir etgan. Haydovchi F.A. esa so‘nggi bir yil davomida bir marotaba transport vositasini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxsga topshirish qoidabuzarligini sodir etgan.

YTH natijasida vafot etgan voyaga yetmagan Sh.Sh. 2016-yilda Xatirchi tumanida tug‘ilgan. Tumandagi 14-sonli maktabning 2-sinf o‘quvchisi bo‘lgan. Onasi M.Sh. “Yangirabod” MFYda yashovchi bobosinikiga bir kun oldin qizaloqni olib kelib, o‘zi Toshkent shahriga ishlash uchun ketgan.

Bobo hamda buvi 2010-yilda tug‘ilgan o‘g‘li, tumandagi 14-maktabning 7-sinf o‘quvchisi N.T. hamrohligida qizaloqni istirohat bog‘iga sayrga borib kelishiga ruxsat bergan.

Holatga ko‘ra, 2010-yilda tug‘ilgan N.T. avval o‘zi piyodalar o‘tish joyidan o‘tgan va biroz ortda qolgan, hali o‘tishga ulgurmagan qizaloqni chaqirgan. Qizaloq transport vositalarining harakatiga e’tibor bermasdan, piyodalar o‘tish joyiga yugurib chiqqan va ko‘ngilsiz hodisa sodir bo‘lgan.

Avtomobil yo‘li haqida

Xatirchi tumani “Yangirabod” MFY hududidan o‘tuvchi 4R48 “Zarafshon trakti” davlat ahamiyatiga ega yo‘l bo‘lib, ushbu yo‘lning 127-kilometrida tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilgan va yo‘l yotiq chiziqlari chizilgan.

Yo‘l qoplamasi o‘sha vaqtda quruq holatda, kunning yorug‘ vaqti bo‘lgan. 1B-toifali 4 tasmali yo‘l bo‘lib, umumiy uzunligi 16 metrni tashkil qilib, yo‘l o‘qida qarama-qarshi bo‘laklarni ajratuvchi RP-40 to‘siqlar o‘rnatilgan. Bir tomon kengligi 8 metrni tashkil qilib, yo‘lning ikki tomonida piyodalar yo‘lagi va tungi yoritish chiroqlari mavjud.

Ushbu yo‘l Xatirchi tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi 239-yo‘l bo‘limiga tegishli va Avtoyo‘l tomonidan xizmat ko‘rsatiladi. Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Qonunning 15–moddasida yo‘l egasining huquq va majburiyatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra, yo‘l egasi yo‘llarda yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalari o‘rnatilishini (montaj qilinishini) almashtirilishini, olib tashlanishini, ularga texnik xizmat ko‘rsatilishini va ular o‘z vaqtida ta’mirlanishini ta’minlashi kerak.

2023-yil dekabr oyida Navoiy muntazam yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan 4R48 “Zarafshon trakti” davlat ahamiyatiga ega avtomobil yo‘lining 127-133-kilometrlari oralig‘i to‘liq ta’mirlanib, 3-toifadan 1B-toifaga o‘zgartirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktyabrdagi PQ-330-son qaroriga asosan ushbu piyodalar o‘tish joyida Xatirchi tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan tugmali svetofor qurilmasini o‘rnatish dasturga 2024-yil 1-chorak yakuniga qadar kiritilgan bo‘lib, mablag‘ ajratilmaganligi sababli hozirgi kunga qadar o‘rnatilmagan.

Eng achinarlisi shundaki, Xatirchi tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi direktori nomiga Navoiy viloyati YHXB tomonidan joriy yilda 2 marotaba tugmali svetofor o‘rnatish yuzasidan taqdimnomalar kiritilgan. Taqdimnoma talablari bajarilmaganligi uchun Xatirchi tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbariga Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 196-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.


O‘zbekiston


														
														Rim papasi inauguratsiyasida O‘zbekiston vakili qatnashdi

Rim papasi inauguratsiyasida O‘zbekiston vakili qatnashdi

Vatikanda 18-may kuni yangi Rim papasi Lev XIV ning lavozimga kirishish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondan ham vakil…
11:00 / 19.05.2025

														
														Toshkentda ikkita xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda ikkita xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

Joriy yilning 16-may kuni soat 14:05 da Toshkent shahar, Sergeli tumani, “Yuqori Darxon” MFY, Beltepa ko‘chasida bir-biriga …
10:55 / 19.05.2025

														
														OTMlarning kunduzgi ta’lim shaklida qancha talaba tahsil olayotganligi ma’lum qilindi

OTMlarning kunduzgi ta’lim shaklida qancha talaba tahsil olayotganligi ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili boshida O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayot…
10:04 / 19.05.2025

														
														Rossiyada koloniyadan qochgan o‘zbekistonliklarga sud hukmi o‘qildi

Rossiyada koloniyadan qochgan o‘zbekistonliklarga sud hukmi o‘qildi

Rossiyaning Lipetsk shahridagi koloniyadan 2024-yil yozida tunnel qazib qochib ketgan 6 nafar mahbusga sud hukmi o‘qildi.
08:32 / 19.05.2025

														
														19-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

19-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
05:52 / 19.05.2025

														
														O‘zbekistonlik snayperlar Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik snayperlar Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Turkiyada o‘tkazilgan “Eng yaxshi merganlar jamoasi” V xalqaro tanlovida o‘zbekistonlik harbiylar oltin medalni qo‘lga kirit…
20:39 / 18.05.2025

														
														“Talabalar uchun forma joriy etilishi haqidagi xabarlar asossiz” — Oliy ta’lim vazirligi

“Talabalar uchun forma joriy etilishi haqidagi xabarlar asossiz” — Oliy ta’lim vazirligi

Ushbu xabarlar yuzasidan Oliy ta’lim vazirligi ma’lumot berdi.
16:50 / 18.05.2025

														
														“Sudya”likka da’vogarlik qilgan 2 nafar ichki ishlar xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi

“Sudya”likka da’vogarlik qilgan 2 nafar ichki ishlar xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi

DXX Call-markaziga murojaat qilgan Toshkent viloyatida yashovchi fuqarodan, viloyat ichki ishlar xodimining o‘z xizmat vakol…
14:00 / 18.05.2025

														
														“So‘nggi qo‘ng‘iroq” 24-may kuni o‘tkaziladi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” 24-may kuni o‘tkaziladi

Ijtimoiy tarmoqlarda bu yil so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari o‘tkazilishi taqiqlangani, cheklovlar o‘rnatilgani haqida turli no…
13:35 / 18.05.2025

														
														OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabar rad etildi

OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki barcha universitet va institut talabalari uchun yagona talaba formasi joriy etilishi mumkinligi…
09:53 / 18.05.2025

Bu ham qiziq

Toshkentda ikkita xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda ikkita xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

Joriy yilning 16-may kuni soat 14:05 da Toshkent shahar, Sergeli tumani, “Yuqori Darxon” MFY, Beltepa ko‘chasida bir-biriga …
10:55 / 19.05.2025
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” 24-may kuni o‘tkaziladi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” 24-may kuni o‘tkaziladi

Ijtimoiy tarmoqlarda bu yil so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari o‘tkazilishi taqiqlangani, cheklovlar o‘rnatilgani haqida turli no…
13:35 / 18.05.2025
Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar 2030-yil 1-yanvargacha yer solig‘idan ozod etiladi

Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar 2030-yil 1-yanvargacha yer solig‘idan ozod etiladi

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
11:51 / 17.05.2025
Putin Rossiya qo‘shinlari yil yakuniga qadar Ukraina mudofaasini yengib o‘tishiga ishonmoqda

Putin Rossiya qo‘shinlari yil yakuniga qadar Ukraina mudofaasini yengib o‘tishiga ishonmoqda

“Rossiya prezidenti Vladimir Putin rus qo‘shinlari 2025-yil oxirigacha Ukrainaning mudofaa chizig‘ini yorib o‘tib, Rossiya d…
12:38 / 19.05.2025
Husanov jamoasi mavsumni titul bilan yakunlay oladimi?

Husanov jamoasi mavsumni titul bilan yakunlay oladimi?

Bugun “Man Siti” Angliya kubogi finalida o‘ynaydi.
10:49 / 17.05.2025
19-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

19-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
05:52 / 19.05.2025
AQShda tornado oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi

AQShda tornado oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi

Sent-Luis shahri rasmiylari bu tornadoni “tarixdagi eng dahshatli bo‘ronlardan biri” deb atadi. Noqulay ob-havo oqibatida ta…
08:28 / 18.05.2025
Buxarest meri Ruminiya prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi

Buxarest meri Ruminiya prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi

“Liberal siyosatchi prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida 53,60 foiz ovoz olib g‘alaba qozondi”, – deb xabar bermoqda …
12:25 / 19.05.2025
18-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

18-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
03:26 / 18.05.2025
“Sudya”likka da’vogarlik qilgan 2 nafar ichki ishlar xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi

“Sudya”likka da’vogarlik qilgan 2 nafar ichki ishlar xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi

DXX Call-markaziga murojaat qilgan Toshkent viloyatida yashovchi fuqarodan, viloyat ichki ishlar xodimining o‘z xizmat vakol…
14:00 / 18.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!