UFC yengil vazn toifasidagi 35 yoshli amerikalik jangchi Maykl Chandler Rossiya vakili Islam Maxachevning 10 jangdan iborat g‘alabali seriyasi va chempionlik jangi uchun imkoniyatlari haqida gapirdi.
“Islam titul uchun kurashga loyiqmi? Hamma narsa juda ziddiyatli. Hamma uning g‘alabali seriyasi haqida gapirmoqda, bu tabiiy. Albatta, Maxachev dominant ko‘rinadi.
U bilan umumiy raqibimiz bor edi - Den Xuker, u ham men kabi uni birinchi raunddayoq mag‘lub etgandi. Bu uning kelajakda chempionlik uchun kurash uchun birinchi chinakam muhim taklif edi.
Shu bilan birga, shuni ta’kidlaymanki, Bobbi Grin ustidan qozonilgan g‘alaba chempionlik uchun kurashni kafolatlay olmaydi. Maxachevning g‘alabali seriyasi Den Xukerdan tashqari hammasi kuchli 10 talikka kirmaganlardan iborat. Shunday ekan, menimcha, u hali Beniel Dariushga qarshi oktagonga chiqqani yo‘q. Bu ajoyib to‘qnashuv, ularning kuchli tomonlari bir-birini juda yaxshi to'ldiradi, ikkalasi ham kurashchi.
Menimcha, UFC sayyoradagi eng yaxshi promoushen, ular nima qilayotganlarini bilishadi, qanday qilib ajoyib janglar o‘tkazishni bilishadi. Islam yengil vazn toifasida “tishlarini charxlashda” davom etishi kerak”, — deb Chendler so‘zlarini keltiradi BJ Penn The Schmo va The Pro YouTube xabarlariga tayanib.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!