$
12844.21 UZS
-11.72
127.35 UZS
-0.81
13508.26 UZS
-62.46
14° Kechasi

Chirchiqdagi IIB hibsxonasida 22 yoshli yigit vafot etdi. Ombudsman vaziyatni o‘rganmoqda

17:03 / 03.12.2023

Toshkent viloyati Chirchiq shahri ichki ishlar bo‘limi hibsxonasida 2001-yilda tug‘ilgan Abdulloh ismli yigit olamdan o‘tgan. Bu haqda shahar kengashi deputati Jahongir To‘laganov xabar bergan.

Deputat o‘g‘rilik jinoyatida gumonlanib qo‘lga olingan yigit o‘z joniga qasd qilgani aytilayotgan bo‘lsa-da, uning burni singani va qoshi yorilgani haqida ham ma’lumot borligini xabar bergan.

Har bir jinoyat qilgan jinoyatchi yoki gumonlanuvchi qonun oldida javob berishi kerak, o‘limi bilan emas. IIBga olib kirib ketilgan har bir fuqaroning xavfsizligiga IIB xodimlari mas’ul ekanligini unutmasligimiz kerak, deya yozgan u.

Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati fuqaro o‘z joniga qasd qilgani haqida bayonot bergan.

Qayd etilishicha, 22 yoshli yigit A.O‘. Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi (O‘g‘rilik, ko‘p miqdorda) va 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (Firibgarlik, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishida ayblangan.

Tergov davomida A.O‘. muqaddam ham Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2 qismi “a” bandi (Bosqinchilik, qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa narsalarni ishlatib) bilan sudlangani inobatga olingan. Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

1-dekabr kuni soat tungi 02:30 atrofida jinoyat ishi doirasida hibsxonada saqlanayotgan A.O‘. kameradagi yopinchiq choyshabdan sirtmoq yasab, kamera oynachasining temir panjarasiga bog‘lagan holda o‘z joniga qasd qilgan, — deyiladi xabarda.

Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, marhumning o‘limi bo‘yin qismi sirtmoq bilan siqilishi natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya oqibatida yuz bergani aniqlangan.

Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari amalga oshirilmoqda.

Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) “Chirchiq IIBdan yosh yigitning o‘ligi chiqdi” sarlavhali xabar o‘rganilayotganini, holat nazoratga olinib, ishga taalluqli ma’lumotlar so‘rab olingani haqida ma’lum qilgan.

To‘plangan hujjatlar o‘rganilib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun viloyat prokuraturasiga yuboriladi va yuqoridagi holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Ombudsman yuqorida qayd etilgan xabarlar yuzasidan tekshiruv har tomonlama, to‘liq va qonuniy o‘tkazilishini nazorat qiladi, deyiladi xabarda.


Bu ham qiziq

Avstraliyada 16 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Avstraliyada 16 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Bu haqda mamlakat bosh vaziri Entoni Albanese rasmiy veb-saytida xabar berilgan.
18:27 / 21.11.2024
AQSh Ukrainaga eski ATACMS raketalarini sotgan

AQSh Ukrainaga eski ATACMS raketalarini sotgan

AQSh harbiy byudjetini tahlil qilib, o‘z arsenalini modernizatsiya qilish uchun Kiyevga eskirgan ATACMS raketalarini yuborga…
11:34 / 21.11.2024
Bayden Netanyaxuni hibsga olish to‘g‘risidagi orderni “dahshatli” deb atadi

Bayden Netanyaxuni hibsga olish to‘g‘risidagi orderni “dahshatli” deb atadi

Kecha, 21-noyabr kuni Xalqaro jinoyat sudi Netanyaxu va Galantni G‘azo sektoridagi harbiy jinoyatlari uchun hibsga olish to‘…
09:38 / 22.11.2024
Xorazm viloyatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi

Xorazm viloyatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirl…
20:30 / 22.11.2024
Ob-havo yomonlashgani sababli Farg‘ona xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga cheklovlar o‘rnatildi

Ob-havo yomonlashgani sababli Farg‘ona xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga cheklovlar o‘rnatildi

Cheklovlar vaqtida barcha reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltiriladi.
17:31 / 21.11.2024
Metroning 4 ta bekatida hojatxonalar qurilishi boshlandi

Metroning 4 ta bekatida hojatxonalar qurilishi boshlandi

Qurilish boshlangan bekatlar quyidagilardir: “Buyuk ipak yo‘li”, “Amir Temur xiyoboni”, “Paxtakor” va “Beruniy”.
12:04 / 21.11.2024
Zelenskiy: “Putin urushni kengaytirish yo‘lidagi ikkinchi qadamni qo‘ydi”

Zelenskiy: “Putin urushni kengaytirish yo‘lidagi ikkinchi qadamni qo‘ydi”

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning ballistik raketa bilan hujumiga munosabat bildirdi.
10:55 / 22.11.2024
22-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

22-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 4-6, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
22:47 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 noyabr kuni madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, xususan, teatrlarning jamiyat madan…
19:21 / 22.11.2024
Toshkentda nogironligi bor fuqarolar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Toshkentda nogironligi bor fuqarolar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
12:43 / 21.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!