Oʻzbekiston sport gimnastikasining afsonasi Oksana Chusovitinaning Tokio olimpiadasida ishtirok etgan sport libosi Shveysariyaning Lozanna shahridagi “Olimpiya” muzeyidan joy oldi.
Qayd etish mumkin, Xalqaro olimpiya qoʻmitasining muhim boʻgʻini boʻlgan mazkur muzeyga har yili 250 mingdan ziyod sayyoh tashrif buyuradi.
U yerda olimpiya harakatiga oid minglab eksponatlar, tarixiy hujjatlar, ramzlar mavjud boʻlib, unda Oʻzbekiston sportiga daxldor bir qator osori-atiqalar ham saqlanmoqda.
Jumladan, 2005-2006 yillar mobaynida ushbu muzeyda bir yillik kurash koʻrgazmasi tashkil etilgan boʻlib, hozirda ushbu muzeyda milliy sportimizga taalluqli bir nechta eksponatlar, kurash yaktaklari, xalq hunarmandchiligiga oid anjomlar saqlanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!