Toʻqqiz davlatni qamrab olgan “SpekTor” operatsiyasi doirasida giyohvand moddalar va boshqa noqonuniy tovarlar sotiladigan va sotib olinadigan noqonuniy Monopoliya bozori yopilgan.
Yevropol maʼlumotlariga koʻra, operatsiya davomida yashirin bozorda giyohvand moddalarni sotib olish yoki sotishda gumon qilingan 288 kishi hibsga olingan.
Shuningdek, 53 million dollar naqd pul va virtual valyutalar, 850 kg narkotik moddalar va 117 ta oʻqotar qurol musodara qilingan.
Operatsiyada Avstriya, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Polsha, Braziliya, Buyuk Britaniya, AQSh va Shveysariya politsiya xodimlari ishtirok etgan.
Qayd etilishicha, monopoliya bozori 2019-yildan beri “DarkNet”da mavjud va jinoyatchilar giyohvand moddalarni sotib olishlari va sotishlari mumkin boʻlgan bozor boʻlib xizmat qiladi.
Nemis rasmiylari 2021-yilda saytning jinoiy infratuzilmasini yoʻq qilishga muvaffaq boʻlgan, bu esa tergov organlariga sayt xaridorlari roʻyxatini olish imkonini bergan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!