Tabiatda tabiiy tanlanish gipotezasi asoschisi Charlz Darvinga tegishli bo‘lgan mikroskop Londonda sotuvga qo‘yilgan. Uning narxini 250–350 ming funt sterling etib belgilanmoqda. Bu haqda Christie’s auksion uyi xabar bermoqda.
Charlz Guld modeli asosida tayyorlangan mikroskop 1864 yili Darvin tomonidan o‘g‘liga sovg‘a qilingan. U deyarli 200 yil davomida oilada saqlangan va avloddan avlodga o‘tib kelgan.
Ma’lumot uchun, Darvin o‘zining evolyusiya nazariyasi bilan ilmiy olamda mashhur hisoblanadi. U o‘zining "Odamning paydo bo‘lishi va jinsiy tanlanish" asarida (1871) odamning maymunsimon ajdodlardan kelib chiqqan degan g‘oyani ilgari surgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!