Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent metropolitenidan foydalanuvchilar soni so‘nggi yillarda keskin o‘sganligini ko‘rish mumkin. Xususan, birgina 2025-yilda metropoliten orqali jami 286,8 million nafar yo‘lovchi tashilgan.
Bu ko‘rsatkich 2000-yilga nisbatan 161,1 million nafarga ko‘p demakdir. Asr boshida poytaxt metrosidan 125,7 million nafar yo‘lovchi foydalangandi. Shu tariqa 25 yil ichida metro xizmatidan foydalanuvchilar soni qariyb 2,3 barobarga oshgan.
Ushbu ko‘rsatkichda yillar kesimida metropolitendan foydalanish darajasini ko‘rishingiz mumkin:
2000-yil – 125,7 mln;
2001-yil – 141,9 mln;
2002-yil – 136,4 mln;
2003-yil – 114,3 mln;
2004-yil – 95,6 mln;
2005-yil – 89,9 mln;
2006-yil – 69 mln;
2007-yil – 70,5 mln;
2008-yil – 73,4 mln;
2009-yil – 68 mln;
2010-yil – 65,6 mln;
2011-yil – 63,9 mln;
2012-yil – 65,5 mln;
2013-yil – 59,2 mln;
2014- yil – 54 mln;
2015-yil – 52,3 mln;
2016-yil – 53,5 mln;
2017-yil – 61,6 mln;
2018-yil – 69,1 mln;
2019-yil – 79,2 mln;
2020-yil – 38,8 mln;
2021-yil – 101,8 mln;
2022-yil – 136,7 mln;
2023-yil – 172 mln;
2024-yil – 270,3 mln;
2025-yil – 286,8 mln.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!