Ikki yillik tanaffusdan so‘ng Superligaga qaytgan Samarqandning “Dinamo” klubi ham 5-yanvar kunidan boshlab yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Samarqandliklar matbuot kotibi Usmon Ibodovning Xabardor.uz ga ma’lum qilishicha, asosiy tarkibning aksariyat futbolchilari “Dinamo”ni tark etishgan: “Klub bilan shartnomasi yakuniga yetgan Jasur Hasanov, Obid Jo‘raboyev, Sardor Eminov, Ro‘zimboy Ahmedov, Islom Sharipov, G‘olib Sariboyev, Oleg Marchuk, Dmitro Sidorenko, Siroj Meliyev, Timur Hakimov, Timur Usmonov kabi asosiy tarkib futbolchilari boshqa jamoalar bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda. “Dinamo” PFK ushbu o‘yinchilarga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, ularning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qoladi. Tez orada jamoada ish boshlaydigan murabbiylar shtabi va yangi futbolchilar haqida ma’lumot beramiz. Bo‘lajak murabbiyimiz katta ehtimol bilan Yevropadan bo‘ladi”.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!