Allergiya organizmning begona, yot moddalarga nisbatan taʼsirchanlik qobiliyatini anglatadi. Allergiyaga dori miqdorini oshirib yuborish, organizmning shu vositaga nisbatan o‘ta sezuvchanligi sabab bo‘lishi mumkin.
Bunday paytda bemor dori allergiyasi ekanligini teridagi toshmalar turli xil ko‘rinishda bo‘lishi bilan farqlashi mumkin. Toshmalar birdan bemor terisiga qavarchiqlar toshishi va kuchli qichishishi bilan boshlanadi.
Bunda bemorning umumiy ahvoli o‘zgaradi. Tana harorati ko‘tariladi. Darmonsizlik, meʼda-ichak faoliyatining buzilishi kuzatiladi. Toshmalar ko‘pincha hiqildoq, halqum va boshqa soha shilliq qavatlarida ham paydo bo‘lishi mumkin. Bunda shu soha shishib, nafas olish va yutish qiyinlashadi.
Dori allergiyasini mustaqil ravishda davolashga harakat qilmang. Ilk belgilar namoyon bo‘lishi bilan shifokorga murojaat qiling.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!