Joriy yilning 15-mart kuni davlatimiz rahbari tomonidan “Ayrim toifadagi jinoiy qilmishlar uchun javobgarlik liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni imzolandi.
Mazkur Qonun bilan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish harakatlarini sodir etganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Qonunga xilof ravishda ushbu qilmishni birinchi marotaba sodir etgan shaxslar uchun jinoiy javobgarlik emas, balki ma’muriy javobgarlik belgilanishi, o‘z navbatida, jamiyatimizda ushbu turdagi jinoyatlar ko‘payishini oldini olishga, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga, mamlakatimizga chet ellik sayyohlar oqimini tobora kengaytirishga xizmat qiladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingandan so‘ng, 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!