$
11795.00 UZS
-18.09
135.80 UZS
0.19
13698.71 UZS
21.51
31° Kechasi 18°

Dunyoda ilk bor to‘liq uzilgan ikki oyoq qayta ulandi

09:48 / 19.08.2026

Xitoyda zavoddagi baxtsiz hodisa oqibatida son qismidan to‘liq uzilib ketgan ikkala oyog‘i muvaffaqiyatli qayta ulangan 51 yoshli erkak qariyb 20 oylik davolanishdan so‘ng yana yurishni boshladi. Bu haqda “Chinapress” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, erkak taxminan 20 oy avval zavodda ishlayotgan vaqtida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida ikkala oyog‘idan son qismi darajasida to‘liq ayrilgan. Shifokorlar uning oyoqlarini qayta ulash uchun qariyb 8 soat davom etgan murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan.

Suchjou shahridagi Juyxua ortopediya shifoxonasi travmatologiya bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur amaliyot dunyoda son qismidan to‘liq uzilgan ikkala oyoqni bir vaqtning o‘zida muvaffaqiyatli qayta ulash bo‘yicha ilk holat sifatida qayd etilgan.

Shifokorlarning ta’kidlashicha, bemor hozirda maxsus yurish moslamasi yordamida xona ichida mustaqil harakatlana oladi. U kundalik ehtiyojlarining aksariyatini o‘zi bajarmoqda. Shuningdek, oyoqlardagi sezuvchanlik ham asta-sekin tiklanib, to‘piqdan yuqori qismlarda sezish qobiliyati qayta paydo bo‘lgan.

Tibbiyot xodimlari bemorning ahvoli ijobiy tomonga o‘zgarayotganini qayd etib, u kelgusi bir-ikki yil ichida tayanch vositalarisiz mustaqil yurishi mumkinligini bildirgan.

Avvalroq Rochester universiteti olimlari yalang‘och mol-kalamushning qarishdan himoyalanishiga yordam beruvchi genetik mexanizmlarni boshqa hayvonlarga qisman ko‘chirishga muvaffaq bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Bu ham qiziq

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoa…
15:25 / 05.09.2026
YIHS Rossiyaga qarshi qariyb 900 ta ishni yopdi.

YIHS Rossiyaga qarshi qariyb 900 ta ishni yopdi.

Yevropa inson huquqlari sudi (YEIHS) resurslar yetishmasligi sabab Rossiyaga qarshi berilgan 879 ta individual shikoyatni ko…
16:53 / 04.09.2026
Tarixda ilk bor cho‘chqa buyragi inson tanasida 271 kun ishladi

Tarixda ilk bor cho‘chqa buyragi inson tanasida 271 kun ishladi

AQShda genetik jihatdan o‘zgartirilgan cho‘chqadan ko‘chirib o‘tkazilgan buyrak inson organizmida 271 kun davomida faoliyat …
14:30 / 04.09.2026
Yakkasaroyda quvur yorilib ketdi

Yakkasaroyda quvur yorilib ketdi

Hodisa oqibatida bir kishi jarohat olgan. Glinka ko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilgan.
17:01 / 03.09.2026
AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga muomalaga chiqarildi

AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga muomalaga chiqarildi

AQSHda mamlakatning mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlangan, Donald Tramp tasviri tushirilgan 1 dollarlik tanga muomala…
09:45 / 04.09.2026
Qozog‘istonda pensiyalar inflyatsiyadan yuqori sur’atda oshdi

Qozog‘istonda pensiyalar inflyatsiyadan yuqori sur’atda oshdi

Qozog‘istonda pensiyalar o‘sishi inflyatsiya darajasidan yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. Biroq ekspertlar bu raqamlar ortida…
15:18 / 06.09.2026
4-sentyabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

4-sentyabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Toshkent viloyati, Andijon, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutiladi.
17:26 / 03.09.2026
Messi beva jurnalistga og‘ir kunlarni yengib o‘tishda yordam bergani ma’lum bo‘ldi

Messi beva jurnalistga og‘ir kunlarni yengib o‘tishda yordam bergani ma’lum bo‘ldi

Argentina terma jamoasidan ketganini e’lon qilgan Lionel Messiga jurnalist Veronika Brunati ta’sirli maqola orqali minnatdor…
14:07 / 04.09.2026
Ohangaronda Lacetti Isuzu bilan to‘qnashib ketdi

Ohangaronda Lacetti Isuzu bilan to‘qnashib ketdi

Hodisa kecha, 2-sentyabr kuni soat taxminan 18:30larda Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan o‘tgan A-373 “Toshkent -…
09:59 / 03.09.2026
16 yoshga to‘lmaganlar homiladorligi haqida xabar bermaganlar jarimaga tortilishi mumkin

16 yoshga to‘lmaganlar homiladorligi haqida xabar bermaganlar jarimaga tortilishi mumkin

O‘zbekistonda erta nikoh, 16 yoshga to‘lmaganlarning homiladorligi va tug‘ishi bilan bog‘liq holatlar haqida tegishli organl…
10:57 / 06.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!