Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu 2026-yil yakunida professional faoliyatini tugatishi mumkin. Bu haqda futbolchi “Vogue” jurnaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Bu mening futboldagi so‘nggi yilim bo‘lsa kerak. Men katta meros qoldirmoqchiman. Nafaqaga chiqqanimdan keyin nima qilishimni allaqachon bilaman. Rejalarim juda ko‘p”, — dedi Ronaldu.
Futbolchi faoliyatini yakunlagach, ko‘proq dam olish, sayohat qilish hamda o‘zi yoqtiradigan padel sporti bilan shug‘ullanishni rejalashtirayotganini aytdi.
Ronaldu professional futboldagi ilk rasmiy uchrashuvini 2002-yil 14-avgust kuni Lissabonning “Sporting” klubi safida “Inter”ga qarshi o‘tkazgan. Shu tariqa uning professional faoliyatiga 25 yilga yaqin vaqt bo‘ladi.
41 yoshli futbolchi ayni paytda faoliyatining so‘nggi bosqichini o‘tkazmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!