Rossiyaning Ozarbayjondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Mixail Yevdokimov respublika Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi va u yerda Rossiya ommaviy axborot vositalarida berilgan bayonotlar yuzasidan unga qarshi norozilik bildirildi, deb xabar berdi Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
“Rossiya Federatsiyasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Mixail Evdokimov Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi”, – deyiladi matbuot bayonotida.
Xabarda aytilishicha, uchrashuv davomida Rossiya ommaviy axborot vositalari va axborot makonida qilingan, Boku tomonidan provokatsion va haqoratli deb hisoblangan bir qator bayonotlar bo‘yicha Ozarbayjonning pozitsiyasi Rossiya tomoniga yetkazildi.
Departamentning ta’kidlashicha, Boku bunday harakatlarni to‘xtatish uchun choralar ko‘rilishini kutmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!