$
11861.96 UZS
23.04
₽
147.13 UZS
0.08
€
13278.28 UZS
29.34
31° Kechasi 18°

Dunyodagi eng gʻayrioddiy 10 maktab

14:34 / 24.06.2022

Hozirgi zamonaviy davrda barcha ota-onalar farzandlarini eng yaxshi maktabda tahsil olishini istashadi. Talabga koʻra taklif deganlariday bir-biridan ajoyib maktablar soni oshib bormoqda. Dunyodagi eng noodatiy maktablar haqida eshitganmisiz? Quyida gʻayrioddiy yondashuv bilan muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan 10 ta maktab haqida qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻlishingiz mumkin. Kim bilsin, balki farzandingizni aynan shu maktablardan birida oʻqitish istagi paydo boʻlib qolar.

1. Munster shahridagi WALDORF maktabi, Germaniya

Waldorf maktablari tizimi bolalar va yoshlarda intellektual, ijodiy, badiiy, amaliy hamda ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantirishga qaratilgan. Waldorf oʻquvchilari oʻqishning birinchi yilidan boshlab ikkita chet tilini oʻrganadilar. Oʻgʻil-qizlar toʻqish, tikish va kashta tikish, shuningdek, mehnat darslarida kesish, chopish, shuningdek arradan foydalanishni oʻrganishadi. Bogʻdorchilik va evritmiya (raqs sanʼati) fanlari oʻquv dasturining ajralmas qismidir.

Barcha oʻquvchilar 12 yil oʻqishni partada oʻtirmasdan oʻtkazadilar. Waldorf maktablarining oʻquv dasturi hissiy idrok etishni rivojlantirishga qaratilgan. Bu maktablarda nemis tili, tarix, matematika, tabiiy fanlar chuqurlashtirilgan holda oʻrgatiladi. Waldorf maktablari Rossiyada ham mavjud.

2. SUMMERHILL maktabi, Buyuk Britaniya

1921-yilda tashkil etilgan Summerhill dunyodagi eng mashhur maktablardan biri boʻlib, koʻplab universitetlardagi taʼlim amaliyotiga ham namuna boʻla oladi. Oʻzini-oʻzi boshqarish va erkinlik tizimi tufayli sakson yildan ortiq vaqt davomida bolalarning oʻzlari uchun qaror qabul qilish huquqi uchun kurashdi.

Maktabni bugungi kunda gullab-yashnayotgan demokratik jamiyatga qiyoslash mumkin, bu yerda bolalar oʻzlariga ishonadigan, sabrli va eʼtiborli boʻlib ulgʻayadilar. Summerhill – yuzga yaqin kishidan iborat jamoa boʻlib, ulardan 75 nafari 5 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan bolalar, qolganlari esa oʻqituvchilar, ota-onalar va boshqa xodimlardir.

Strukturaviy jadvalga qoʻshimcha ravishda oʻquvchilar sanʼat, duradgorlik va kompyuterlardan bepul foydalanish imkoniyatiga egalar. Sinfdan tashqarida oʻquvchilarning dam olishlari, muloqot qilishlari, oʻyin oʻynashlari va ijod bilan shugʻullanishlari mumkin boʻlgan ochiq maydonlar mavjud. Sport, oʻyinlar va boshqa koʻngilochar tadbirlar talabalar hamda kattalar tomonidan ularning ehtiyojlariga koʻra tashkillashtiriladi.

3. WATERSHED maktabi, Kolorado, AQSH

Watershed maktabida oʻqish – bu sarguzasht. Talabalar yangi joylarga borishadi, doʻstlari bilan muloqot qilishadi, dunyoni oʻrganishadi. Ushbu gʻayrioddiy maktabning asosiy taʼlim faoliyati ekspeditsiyalar, kurslar boʻlib, ular mavzu yoki masalaga chuqur yondashish imkonini beradi. Talabalar dastlabki bilimga ega boʻlish uchun kampus tashqarisida qiziqarli ekskursiyalarga chiqishadi.

Ushbu maktab oʻquvchilari koʻproq vaqtlarini sinfdan tashqarida oʻtkazadilar, odamlar bilan muloqot qilishadi, hayotiy muammolar va vazifalarni hal etishadi. Har bir ekspeditsiya 2-4 soat davomida ikkita oʻqituvchi tomonidan olib boriladi.

Katta sinf oʻquvchilari yilni yovvoyi tabiatda toʻqqiz kunlik sayohatdan boshlaydilar. Ular muhim koʻnikmalarni ochiq havoda oʻrganadilar va har kuni navbatma-navbat guruhni boshqaradilar. Shuningdek, xarakter va fikrlashni rivojlantirishga yordam beradigan “24 soatlik solo” (bir oʻzi yurish yoki toqqa chiqish) mashqini bajarishadi.

Maktab oʻquvchilarni xavfga tik boqishga va tavakkal qilishga oʻrgatadi. Har bir semestr maktab yarmarkasi – sanʼat festivali bilan yakunlanadi. Oxirgi kun yakuniy imtihonlar oʻrniga oʻquvchilarning taqdimotlariga bagʻishlanadi. Bu oʻquvchilar uchun oʻqish davomida oʻrgangan bilimlarini, bajargan ishlarini taqdim etish imkoniyatidir.

4. YASHIL MAKTAB, Bali, Indoneziya

Yashil maktab asoschilari Jon va Sintiya Xardi taʼlim haqidagi tasavvurlarini tahlil qilib, uni taʼlim muassasasi arxitekturasida qoʻlladilar. Kampus oʻrmon bilan oʻralgan boʻlib, bu atrof-muhitning taʼsiridan doimo xabardor boʻlish imkonini beradi.

Yashil maktab dasturi oʻquvchilarga qiyin va integratsiyalashgan oʻquv tajribasi orqali bilim hamda koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Oʻquv rejasining maqsadlari:

• Oʻquvchilarni tabiatga hurmat ruhida tarbiyalash.

• Oʻquvchilarning ekologik madaniyatini oshirish va undan muntazam foydalanishni targʻib qilish.

• Chuqur ekologik qadriyatlarni rivojlantirish.

• Oʻziga, atrofdagilarga va dunyoga boʻlgan muhabbatni rivojlantirish.

• Oʻquvchilarga dunyoning kelajakdagi yetakchilari sifatida gʻurur, masʼuliyat va hamkorlik hissini singdirish.

 

5. ORESTAD maktabi, Kopengagen, Daniya

Maktab binosi ochiq hudud koʻrinishida boʻlib, oʻrtada katta zinapoyaga mavjud. Arxitekturaning bosh gʻoyasi pedagogika anʼanasiga qarshi tarzda oʻqitishga boshqacha usulda yonashish boʻlgan.

Oʻqitishning koʻp qismi jamoaviy loyihalarga yoʻnaltirilgan. Shunday yoʻl bilan oʻquvchilarga mustaqillik, masʼuliyat va muloqot qobiliyatlari kabi koʻnikmalar oʻrgatiladi.

Kitoblar, materiallar va talabalar topshiriqlari elektron tarzda foydalaniladi. Oʻquvchilar maktabga olib borishlari kerak boʻlgan yagona narsa – bu kompyuter.

6. “A.N.TUBELSKI nomidagi 734-sonli maktab, MOSKVA

2022-yilning may oyida 734-maktab 52 yoshga toʻldi. Maktabga birinchi boʻlib Iskra Vasilevna Tandit rahbarlik qilgan. U eng muhim ishni amalga oshirgan: maktabni “odam” qilgan oʻqituvchilar tarkibini yigʻgan.

Oʻquvchilar Moskva boʻylab koʻp sayohat qilishadi, boshqa shaharlarga borishadi, bu ularga nafaqat maktab loyihalarida, balki tashqi loyihalarda ham qatnashish imkonini beradi. Koʻp yillar davomida shu maktabning koʻngillilar guruhlari tarixiy obidalarni tiklash uchun Xersones shahriga sayohat qilishgan.

Katta sinf oʻquvchilari loyihalarda, amaliy seminarlarda va ijodiy tadbirlarda faol ishtirok etadilar. Oʻquv jarayonida rolli oʻyinlar katta ahamiyatga ega. Tayyorgarlik davri ham, oʻyinning oʻzi ham urf-odatlar, liboslar, raqslar ham tarbiyaviy taʼsirga ega sanaladi.

7. Tel-Avivdagi KEHILA demokratik maktabi, ISROIL

Oʻquvchilar oʻzlari oʻrganadigan fanlarni oʻzlari tanlaydilar, shuning uchun ular oʻqishni yaxshi koʻradilar (har kim oʻrganishni qiziqtirgan narsaga mos ravishda oʻquv tizimini yaratadi). Bundan tashqari, oʻquvchilar (xodimlar va ota-onalar bilan birgalikda) oʻqituvchilarni tanlaydilar, shuning uchun muassasa xodimlari talabalarni chindan ham yoqtiradigan gʻamxoʻr va eʼtiborli insonlardan iborat.

Oʻqituvchilarga dars oʻtish borasida juda katta erkinlik beriladi, shuning uchun ular oʻquvchilarni qiziqtiradigan tarzda oʻqitish metodikasidan foydalanadilar. Har bir bolaning ijtimoiy, taʼlimiy va hissiy nuqtai nazardan yil davomida ularga hamroh boʻladigan oʻzi tanlagan shaxsiy murabbiyi boʻladi.

Maktabning asosiy guruhi “Mentorlik guruhi” deb atalib, bir xil shaxsiy murabbiyni tanlagan 20 nafar boladan iborat boʻladi. Bolalar ushbu guruh bilan har kuni ertalab kunning boshida va oxirida uchrashadilar, haftasiga ikki soatdan guruh darslari oʻtkaziladi.

8. STIV JOBS maktabi, AQSH

Stiv Jobs maktabida AQSH Milliy taʼlim departamenti tomonidan tasdiqlangan maktab oʻquv dasturidan tashqari, maktab pedagogikasi 5 ta asosiy tamoyilga asoslanadi:

• Oʻquvchining ilmiy-texnik salohiyatini rivojlantirish.

• Oʻz isteʼdodlarini rivojlantirishga imkon beradigan ijodiy muhit yaratish.

• Oʻquvchining jismoniy va ruhiy xotirjamligini taʼminlash.

• Ularning ijtimoiy integratsiyalashuvi uchun sharoit yaratish.

• Bolani shaxsiy va akademik rivojlanish jarayonida qoʻllab-quvvatlash.

Qabul qilingan dastur uch tillilikka bosqichma-bosqich oʻtish bilan mustahkamlangan boʻlib, unga ega boʻlish bugungi kunda akademik va kasbiy muvaffaqiyatning muhim shartidir.

Oʻquvchilar maktabda oʻzlarining shaxsiy jadvaliga koʻra turli fan xonalarida taʼlim olishadi: masalan, lingafon xonasi, matematika xonasi, ijodiy laboratoriya, sport zali yoki texnologiya laboratoriyasi. Shuningdek, ular turli tadbirlarda roʻyxatdan oʻtgan holda qatnashishlari mumkin.

Boshlangʻich maktablarda har bir bola shaxsiy iPad orqali “virtual maktab”ga 24/7 kirish huquqiga ega.

9. THINK GLOBAL maktabi, AQSH

Ushbu gʻayrioddiy maktab asoschisi Joan MakPike boʻlib, THINK Global maktabini ochishga uni oʻgʻli Aleks ilhomlantirgan. 14 yoshida pasportida 70 dan ortiq marka boʻlgan sayohatchi oʻgʻli bilan birgalikda dunyo sayohati, shaxsiy taʼlim va ijobiy oʻzgarishlarga bagʻishlangan maktab ochishga qaror qilgan.

Yil davomida talabalar oʻn ikki xil mamlakatlarga tashrif buyurib, mahalliy madaniyatlarning oʻziga xosliklari, taomlari va tillarini oʻrganishadi.

10. KULRANG SEHRGARLIK maktabi, AQSH

Kulrang sehrgarlik maktabi Kaliforniya shtatida 2004-yil 14-martda tashkil etilgan. Oʻsha yilning 1-avgustida sehr sirlarini oʻrgatuvchi onlayn kampus ishga tushirilgan. Hamma uchun ochiq boʻlgan kulrang maktab 16 ta yoʻnalish boʻyicha 500 dan ortiq sinflarni qamrab oladi: alkimyo, shifo va fol ochishdan tortib marosim sehr-jodulari va yovuz kuchlardan himoyalanishgacha boʻlgan sir-asrorlarni oʻrgatadi. Kulrang maktab dastlab 11 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar larga taʼlim berish uchun moʻljallangan boʻlsa, hozirda u asosan kattalar uchun xizmat qiladi. Darhaqiqat, oʻquvchilarning aksariyati 18 yoshdan 80 yoshgacha boʻlgan insonlardir.

Sehrgarlik maktabi toʻliq va arzon shogirdlik dasturini taklif etadi, uni tugatgandan soʻng oʻquvchilar tanlagan mutaxassisligi boʻyicha sertifikat oladilar.


Qiziqarli


														
														NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA Artemis IV missiyasi doirasida astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirmoqda.
09:34 / 25.10.2026

														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

														
														Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

Bu ham qiziq

Toşkentda 100 ta jamoat hojatxonasi quriladi: manzillar röyxati

Toşkentda 100 ta jamoat hojatxonasi quriladi: manzillar röyxati

Toşkent şahrining 12 ta tumanida davlat-xususiy şeriklik asosida jami 100 ta sanitariya-gigiyena şoxobçasi taşkil etilişi re…
10:33 / 27.10.2026
Kino orqali milliy özlikni dunyoga tanitiş muhim

Kino orqali milliy özlikni dunyoga tanitiş muhim

Prezident milliy kino san’ati orqali Özbekiston tarixi, madaniyati va milliy qahramonlarini xalqaro miqyosda keng tarğib eti…
17:37 / 26.10.2026
Uçtepada yonğinda halok bölgan ayol qasddan öldirilgani gumon qilinmoqda

Uçtepada yonğinda halok bölgan ayol qasddan öldirilgani gumon qilinmoqda

Toşkent şahrining Uçtepa tumanida 24-oktyabr kuni xonadon yonğinida halok bölgan ayolning ölimi yuzasidan qasddan odam öldir…
10:00 / 27.10.2026
Toşkent tumanida rahbarning turmuş örtoği mudir etib tayinlangani yuzasidan xizmat tekşiruvi boşlandi

Toşkent tumanida rahbarning turmuş örtoği mudir etib tayinlangani yuzasidan xizmat tekşiruvi boşlandi

Toşkent tumani tibbiyot birlaşmasi rahbari Husan Asadovning turmuş örtoği Gulnora Asadovani Tumanlararo perinatal markazi mu…
09:47 / 27.10.2026
Sirdaryoda ikki kişini öldirgan ayol 13 yil 4 oyga qamaldi

Sirdaryoda ikki kişini öldirgan ayol 13 yil 4 oyga qamaldi

Sirdaryo viloyatining Şirin şahrida erining qonuniy rafiqasi va uning ikki qiziga piçoq bilan hujum qilgan 29 yoşli ayolga s…
11:59 / 26.10.2026
“Barsa” o‘z maydonida “Real”ga mag‘lub bo‘ldi

“Barsa” o‘z maydonida “Real”ga mag‘lub bo‘ldi

Tunda La Liganing 10-turidan o‘rin olgan “El-klasiko” bahsi bo‘lib o‘tdi. “Barselona” o‘z maydonida “Real Madrid”ni qabul qi…
09:27 / 26.10.2026
Özbekistonda radarlarga örtaça tezlikni nazorat qiliş funksiyasi qöşiladimi?

Özbekistonda radarlarga örtaça tezlikni nazorat qiliş funksiyasi qöşiladimi?

Özbekistonda avtomobillarning örtaça tezligini nazorat qiluvçi radar tizimi joriy etilişi haqidagi xabarlar haqiqatga töğri …
14:36 / 26.10.2026
Ispaniyada avtobus 20 metrli jarlikka qulab, 83 kişi jarohatlandi

Ispaniyada avtobus 20 metrli jarlikka qulab, 83 kişi jarohatlandi

Ispaniyaning Barselona şahri yaqinida avtobusning taxminan 20 metr çuqurlikdagi jarlikka qulaşi oqibatida 83 kişi jarohatlan…
10:26 / 27.10.2026
Kinematografiya agentligi tugatilib, vakolatlari Madaniyat vazirligiga ötkaziladi

Kinematografiya agentligi tugatilib, vakolatlari Madaniyat vazirligiga ötkaziladi

Prezident kino sohasini boşqariş tizimini isloh qilişni ma’lum qildi. Unga köra, Kinematografiya agentligi tugatilib, kino s…
17:44 / 26.10.2026
Tramp ma’muriyati Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi bo‘lishni taklif qildi — WSJ

Tramp ma’muriyati Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi bo‘lishni taklif qildi — WSJ

AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Vengriyaning sobiq bosh vaziri Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi lavozimiga nomzodini …
16:31 / 26.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!