$
12705.79 UZS
59.23
159.20 UZS
-1.68
14704.41 UZS
243.07
33° Kechasi 21°

Dunyodagi eng xavfli shaharlar

09:53 / 06.03.2022

Dunyo mamlakatlari turmush darajasi, turistik infratuzilmasi, iqtisodiy taraqqiyoti va albatta, jinoyatchilik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. Jinoyatchilik darajasi doimiy koʻrsatkich emas, biroq koʻplab ijtimoiy soʻrovnomalar va tadqiqotlar natijasi sayyoramizning maʼlum joylariga sayohatga borish yaxshi fikr emasligini koʻrsatadi. Quyida jinoyatchilik darajasi va siyosiy vaziyat tufayli xavfli shaharlar qatoriga kirgan joylar roʻyxati keltiriladi. 

Los-Kabos. Meksika

Meksikaning Los-Kabos shahrida 160 ming kishi istiqomat qiladi, dunyoning koʻplab nodavlat tashkilotlari tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomalar natijasiga koʻra, Los-Kabos dunyodagi eng xavfli shahar deb topilgan. 
2018-yil bahor fasli holatiga koʻra, bu yerda yashovchi har 100 mingta odamning 111 tasi qotillik qurboni boʻladi. Bundan tashqari, shaharda oʻgʻirlik va talonchilik avj olgan. Bu shaharning koʻchalarida kunduz kuni yurish ham xavfli. 

Karakas. Venesuela

Venesuela poytaxti koʻp yillardan beri dunyodagi eng xavfli shaharlar orasidagi yetakchi oʻrinlardan birini egallab keladi. 

Zamonaviy Karakas Lotin Amerikasidagi ishbilarmonlar shahri va iqtisodiy markazga aylangan. Badavlat tadbirkorlarga tegishli boʻlgan hashamatli koshonalar nochor ahvolda kun kechiruvchi aholi uylari bilan yonma-yon joylashgan. Venesuelada aholi boylar va kambagʻallar qatlamiga ajralib qolgan. Shu sababli ham bu yerda jinoyatchilik avj olgan. 

Akapulko. Meksika

Dunyodagi eng xavfli shaharlar roʻyxatidagi yetakchilar uchligini Meksikaning Akapulko shahri yopib beradi. Bu yerda ham jinoyatchilik darajasi juda baland. Shaharga giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullanuvchi guruhlar oʻrnashib olgan. Ushbu guruhlar orasidagi doimiy janjallar koʻplab qurbonlar berilishiga sabab boʻladi, tortishuvlar vaqtida tinch aholi vakillarining nobud boʻlishi ham odatiy holga aylanib qolgan. Shuning uchun ham Meksikaning eng chiroyli shaharlaridan biri boʻlgan Akapulko asta-sekin sayyohlarning koʻnglini qoldirib boryapti. 

Bu shaharda har 800 mingta odamning oʻrtacha 140 tasi qotillik qurboni boʻladi. 

San-Pedro-Sula. Gonduras

Gonduras – dunyodagi eng xavfli mamlakatlarning biri, uning hududidagi eng xavfli shahar esa mamlakatning shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Shahar mahalliy jinoyatchilar, giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullanuvchi guruhlar va qurol sotuvchilari tomonidan boshqariladi. Bir-biriga dushman boʻlgan guruhlar orasida deyarli har kuni janjallar sodir boʻladi. Bu yerda oʻrtacha hisobda har kuni 3 ta odam qotillik qurboniga aylanadi. Shahar koʻchalarida yurish shunchalik xavfli boʻlib qolganki, xalqaro “Tinchlik korpusi” ham oʻz askarlarini San-Pedro-Suladan olib chiqib ketishga majbur boʻlgan. 

Tegusigalpa. Gonduras

Gondurasda mahalliy guruhlar tomonidan boshqariladigan shaharlar oz emas, bu yerlarda komendantlik soatlari joriy qilinganiga qaramay, mahalliy aholi vakillari qoʻrquv hissi bilan hayot kechirishadi. Jinoyatchilarga boʻysunishni istamagan fuqarolarni dahshatli qiynoqlar va oʻlim kutadi. AQShdagi “MS-13” guruhi aʼzolari ushbu shaharga joʻnatib yuborilganidan keyin, Tegusigalpadagi jinoyatchilik darajasi sezilarli darajada oshgan. 

Politsiya xodimlari ham, mahalliy hukumat ham ular bilan kurashishdan charchagan, shuning uchun mayda oʻgʻirlik va talonchilik kabi hodisalarga eʼtibor ham bermay qoʻyishgan. 

Maseyo. Braziliya
 

2016-yilda Olimpiada oʻyinlariga muxlislik qilish uchun Braziliyaga tashrif buyurgan sayyohlarning koʻpchiligi bu yerni qoʻlga olgan jinoiy guruhlar bilan toʻqnash kelishgan. Braziliyadagi eng xavfli shahar sifatida Maseyo nom chiqargan.

Tashqaridan qaraganda shahar juda chiroyli koʻrinadi. Uni kurort-shahar deb atasa ham boʻladi. Bu yerda quyosh har doim nur sochib turadi, plyajlar, dengiz toʻlqini goʻzalligi odamni oʻziga jalb qiladi. Shu bilan birga, Maseyo jinoyatchilik darajasi boʻyicha dunyodagi yetakchi oʻrinlardan birida turadi. Bu yerda har yili 100 mingta tinch aholi vakilining 135 nafari qotillar tomonidan oʻldiriladi. Jinoyatchilar hozirga qadar xorijlik sayyohlarga hujum qilishmagan, shuning uchun politsiya va hukumat vakillari ularga koʻp ham eʼtibor qaratishmaydi. 

Mogadisho. Somali

Afrikada joylashgan shaharlar orasidagi eng xavflilaridan biri Mogadisho boʻlib, bu yerda 30 yildan beri fuqarolar urushi davom etib keladi. 
Shahar aholisining yarmi bu yerni tark etgan, koʻchib ketishga imkoni boʻlmagan aholi vakillari esa doimiy qoʻrquv hissi bilan va nochorlikda hayot kechirishadi. 
Mogadishoning jinoyatchilar bilan toʻlib-toshgan tumanlari shaharning shimoliy qismida joylashgan, janubiy hududlar esa nisbatan xavfsizroq. Shahardagi aksariyat uylar vayrona holiga kelgan, bu yerda xorijlik kuzatuvchilar boʻlmagani uchun urush qurboni boʻlgan odamlarning aniq sonini hisoblash ham imkonsiz ish boʻlib qolgan. 

Keyptaun. JAR 

Afrikada joylashgan mashhur shaharlarning yana biri – Keyptaun oʻz qoʻriqxonalari bilan bir qatorda jinoiy guruhlari bilan ham nom chiqargan. Tungi Keyptaun koʻchalarida sayr qilish jahannamga oʻz oyogʻingiz bilan kirib borishdek gap. Hattoki kunduz kuni ham bankomatdan pul yechib olayotgan sayyohni jinoyatchilardan iborat guruhlar tunab ketishadi. Ayrim guruh vakillari pulni oʻgʻirlashdan tashqari, sayyohlarning oʻziga ham hujum qilishadi. Shunga qaramasdan, Keyptaunda 4 million kishi hayot kechiradi, ularning aksariyati oʻta nochor ahvolda kun koʻradi. 

Karachi. Pokiston 

Karachi dunyodagi eng xavfli shaharlardan biri hisoblanadi, bunga hududdagi siyosiy beqarorlik, korrupsiya, shaharni jinoiy guruhlar qoʻlga olgani sabab boʻlgan. Bu yerdagi muhim masalalar sud aralashuvi bilan emas, qurol bilan hal qilinadi. Shaharning sharqiy qismida raqibni yoʻldan olib tashlash uchun shunchaki qotil yollash ham mumkin. Bundan tashqari, Karachida odam savdosi bilan shugʻullanuvchi 600 ta guruh borligi qayd etilgan. 

Chikago. AQSh 

Dunyodagi eng xavfli shaharlar roʻyxatiga AQShning Chikagosi ham kiradi. U Amerikaning eng yirik iqtisodiyot va sanoat markazi hisoblanadi. Buyuk depressiya davrida Chikago shahri AQShning jinoyatchilik poytaxtiga aylanib qolgan va ushbu nomni koʻp yillardan beri oʻzida saqlab keladi. 

Statistik maʼlumotlarga koʻra, Chikagoda har yili oʻrtacha 500 ta qotillik sodir etiladi. Bundan tashqari, koʻchalarning oʻzi ham otishmalar sodir boʻlib turadi, qurol va portlovchi vositalardan foydalangan holda odamlarni tunab ketish ham odatga aylanib qolgan.


Qiziqarli


														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

														
														Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Dunyoning eng buyuk me’moriy obidalaridan biri bo‘lgan va haqiqiy sadoqat, sevgining timsoli hisoblanadigan Toj Mahal o‘zini…
17:04 / 06.02.2025

														
														O‘sha tun...

O‘sha tun...

Voqeiy hikoyaO‘sha kuni qo‘shni bolalar bilan qora kechgacha o‘ynadik.
16:27 / 03.02.2025

														
														Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Italiyalik arxeologlar Sitsiliya janubidagi Agrigento provinsiyasidagi zamonaviy Likata yaqinida joylashgan qadimiy Finziade…
11:14 / 27.01.2025

														
														Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan otalari tarix kitoblaridagi shunchaki nomlar emas. Ular g‘oyalari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan o…
12:11 / 15.01.2025

														
														Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Google qidiruv tizimi orqali 2024-yilda eng ko‘p izlangan mavzularni sarhisob qildi va qidiruvlarni yo‘nalishlar bo‘yicha aj…
11:22 / 12.12.2024

														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

														
														“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

Henry Aldridge and Son auksion uyining xabar berishicha, “Titanik”ning 700 dan ortiq yo‘lovchisini qutqargan “Karpatiya” kem…
10:22 / 18.11.2024

														
														Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

CBS News nashrining xabar berishicha, shahzoda Sadriddin Og‘axon III ning Cartier broshidan zumradlari kimoshdi savdosida so…
09:34 / 16.11.2024

Bu ham qiziq

Mirziyoyev aviahalokat munosabati bilan Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga ta’ziya maktubi yo‘lladi

Mirziyoyev aviahalokat munosabati bilan Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga ta’ziya maktubi yo‘lladi

O‘zbekiston rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi…
16:57 / 12.06.2025
Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev qo‘shma deklaratsiya imzoladi

Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev qo‘shma deklaratsiya imzoladi

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya Res…
14:07 / 10.06.2025
Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi tasdiqlandi

Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi tasdiqlandi

Bu haqda bokschi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
14:43 / 12.06.2025
Yangiyo‘lda “Kamaz” 9 yoshli bolani urib yubordi

Yangiyo‘lda “Kamaz” 9 yoshli bolani urib yubordi

Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida velosipedchi bola turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
14:53 / 11.06.2025
Los-Anjelesdagi norozilik namoyishlari sabab komendantlik soati joriy qilindi

Los-Anjelesdagi norozilik namoyishlari sabab komendantlik soati joriy qilindi

Los-Anjeles politsiya departamenti komendantlik soati joriy etilganiga qaramay, shahar markazida odamlar to‘planishda davom …
11:17 / 11.06.2025
Mirziyoyev YTTB prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Mirziyoyev YTTB prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-iyun kuni Xorijiy investorlar kengashining uchinchi majlisi arafas…
12:59 / 11.06.2025
Navoiyga Xitoydan 42 ta zamonaviy avtobuslar olib kelindi

Navoiyga Xitoydan 42 ta zamonaviy avtobuslar olib kelindi

O‘zbekiston rahbarining 2023-yil 16-fevraldagi PQ–59-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Navoiy shahrida aho…
12:33 / 10.06.2025
O‘zbekiston elchixonasi Rossiya TIVga mehnat migrantlarining huquqlari buzilgani yuzasidan nota yubordi

O‘zbekiston elchixonasi Rossiya TIVga mehnat migrantlarining huquqlari buzilgani yuzasidan nota yubordi

“O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Moskvadagi reydlar chog‘ida chet el fuqarolariga nisbatan jismoniy kuch ishlatilgani ha…
10:02 / 11.06.2025
Markaziy bank yillik asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

Markaziy bank yillik asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 12-iyundagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risi…
15:42 / 12.06.2025
Fransiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Fransiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Bu haqda mamlakat prezidenti Emmanuyel Makron seshanba kuni France 2 telekanali efirida e’lon qildi. Uning aytishicha, agar …
14:15 / 11.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!