$
11937.60 UZS
-37.19
159.47 UZS
-0.17
13961.02 UZS
-47.09
31° Kechasi 18°

Dunyoni o‘zgartirgan 5 ta o‘rta asr ixtirolari

11:07 / 20.07.2022

Yevropada o‘rta asrlar insoniyatga hech qanday yangilik bermagani, turg‘unlik va diniy isteriya davri bo‘lgani haqidagi stereotipik qarashlar mavjud. Ammo aslida bunday emas. O‘sha og‘ir paytda, albatta, juda ko‘p g‘alati narsalar sodir bo‘ldi, lekin odamlar yaxshi ishlarni ham amalga oshirdi. Keling, ular haqida batafsilroq fikr yuritaylik.

1. Ko‘zoynak

Ha, o‘rta asrlarda Yevropada – katta ehtimol bilan 1284 yilda Pizada ko‘rish qobiliyati zaif odamlarga kitob o‘qishga yordam berish uchun ko‘zoynak ixtiro qilingan.

5 изобретений Средневековья, которые изменили мир

Bungacha Ispaniyada yashagan arab astronomi, kimyogar va muhandis Abbos ibn Firnas IX asrda “o‘qish toshi” – sayqallangan kvars bo‘lagini ixtiro qilgan, uni harflarni kattalashtirish uchun kitob sahifalarida olib yurish kerak bo‘lgan. Ammo 300 yil o‘tgach, italiyaliklar bunday toshdan linzalar yaratib, ularni ramkaga joylashtirish haqida bosh qotirdi. Taxminlarga ko‘ra, ko‘zoynakni florensiyalik Alessandro di Spina ixtiro qilgan.

Avvaliga ular burunga qisqich kabi yopishtirilgan va faqat uzoqni ko‘ra olmaydiganlar uchun mo‘ljallangan. XV asrning o‘rtalarida yaqinni yaxshi ko‘rish uchun mo‘ljallangan ko‘zoynak ham yaratildi.

2. Mexanik soat

Mexanik soatlar Yevropada 1280-1320 yillarda paydo bo‘lgan. Albatta, bu birinchi o‘lchash moslamasi emas – qadimgi yunonlar va xitoyliklar suv modellarini bundan ham oldinroq ixtiro qilgan.

Ammo Italiyada ixtiro qilingan tishli qochqin arqonga tushadigan yuk tufayli hech qanday suyuqliksiz ishlaydigan mexanik soatni yaratishga imkon berdi. Nihoyat, butun boshli xonani egallamaydigan va qishda ham muzlamaydigan xronograflar yaratish imkoni tug‘ildi.

Buni perfokartalari bo‘lgan katta quvurli kompyuterlardan stolga mos keladigan qurilmaga o‘tish bilan solishtirish mumkin.

O‘rta asrlarda Yevropada soatsozlar gildiyalari juda hurmatga sazovor bo‘lgan va ularning a’zolari nihoyatda murakkab hamda nozik ishlangan harakatlarni yaratishgan. Ko‘pincha soatlar, ayniqsa katta minoralarlardagi, nafaqat vaqtni o‘lchagan, balki samoviy jismlarning harakatini ham ko‘rsatgan.

Bu juda muhim edi, chunki o‘rta asr shifokorlarining fikriga ko‘ra sayyoralar kelajakni bashorat qiladi.

3. Tayanch ustunlar

Tayanch ustunlar bu katta binolar devorlari og‘irligini taqsimlash va ularni yanada barqaror qilish imkonini beradi.

Ushbu tuzilmalar XII asrda ixtiro qilingan va aynan ular gotika me’morchiligi uslubini yaratishga imkon bergan. Haykallari va minoralari bo‘lgan ulkan ibodatxonalarni tayanchsiz qurish haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi: binolar o‘z og‘irligi sabab qulab tushishi mumkin edi.

Undan avval baquvvat me’moriy yodgorliklar Misr piramidalari prinsipi asosida qurilishi kerak edi – poydevor keng va tepa kichik bo‘lishi uchun. Tayanch ustunlar esa binolarni tosh uyumlaridan ulug‘vor san’at asarlariga aylantirish imkonini berdi.

4. Shamol tegirmonlari

Umuman olganda, shamoldan donni maydalash, suv quyish va yuklarni ko‘tarishda foydalanish g‘oyasi yangilik emasdi. Birinchi shamol tegirmonlari forslar tomonidan IX asrda ixtiro qilingan va ularning pichoqlari gorizontal holatda joylashgan edi.

5 изобретений Средневековья, которые изменили мир

Ammo yevropaliklar XIII asrda aylanuvchi tom bilan jihozlangan va haqiqatan ham ulkan yelkanlarni ko‘tara oladigan minorali tegirmonni ixtiro qildi. Bu forslarning oldingi ixtirolariga qaraganda ancha samaraliroq edi.

Deyarli 600 yil davomida shamol tegirmoni Yevropaning asosiy energiya manbayi bo‘lib kelgan.

O‘rta asrlarda bu inshootlar juda qimmatli bo‘lib, ularning qurilishi juda qimmatga tushar edi. Shuning uchun ular ko‘pincha qal’alarga biriktirilgan. Natijada, tegirmon nafaqat muhandislik moʻjizasi, balki qamalga dosh berishga tayyor qal’aga ham aylandi.

5. Kitob bosish dastgohi

Iogan Guttenberg ismli nemis muhandisi 1440 yillarning o‘rtalarida spirtli ichimliklar ishlab chiqarish uchun uzumni maydalaydigan vino pressini kuzata turib, shunga o‘xshash dastgoh bilan kitoblarni chop etishga qaror qildi.

5 изобретений Средневековья, которые изменили мир

Mexanizm quyidagicha: matn qo‘rg‘oshin harflar orqali yoziladi va ularni plastinkaga mahkamlab, siyoh surtiladi va qog‘ozga bosiladi. Natijada tayyor matn vujudga keladi.

Aytgancha, bundan bir necha asr oldin, 1282 yilda Yevropada suv va shamol energiyasi bilan ishlaydigan zavodlar ixtiro qilindi, bu esa yaxshi qog‘ozni katta miqdorda muhrlash imkonini berdi. Bungacha xitoyliklar va musulmonlar uni faqat qo‘lda ishlab chiqarishgan, shuning uchun material juda qimmat bo‘lgan.

Matbaachilik va arzon qog‘oz Yevropa ta’limida inqilobni keltirib chiqardi hamda savodli odamlar soni sezilarli darajada oshishiga sabab bo‘ldi. Kitoblar qulayroq bo‘lishi bilan, o‘rta asrlar Yevropasida ommaviy kutubxonalar paydo bo‘ldi. Birinchi shunday kutubxona 1452 yilda Italiyaning Chezena shahri hukmdori Malatesto Novello tomonidan ochilgan. Ilm uchun haqiqiy inqilob!


Ilm-fan


														
														Qozog‘istonda Sun’iy intellekt universiteti ochiladi

Qozog‘istonda Sun’iy intellekt universiteti ochiladi

Qozog‘istonda 2026-yilda yangi formatdagi texnologik oliygoh – Sun’iy intellekt universiteti ochiladi. Bu haqda kecha, 24-ap…
16:53 / 25.04.2026

														
														NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

Oyga so‘nggi boshqariladigan missiya 1972-yil dekabr oyida Amerikaning "Apollon-17" ekspeditsiyasi doirasida amalga oshirilg…
14:18 / 04.04.2026

														
														Haydovchilarni uyqudan ogohlantiruvchi aqlli ko‘zoynak yaratildi

Haydovchilarni uyqudan ogohlantiruvchi aqlli ko‘zoynak yaratildi

“Haydovchilar uchun uyquga qarshi aqlli ko‘zoynak — AntiSleep Glasses” nomli EHM uchun yaratilgan dastur Adliya vazirligi to…
17:32 / 24.12.2025

														
														NASA tovushdan tez uchuvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

NASA tovushdan tez uchuvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan tik ko‘tarilganidan so‘ng, bir soat parvoz qilgan va NASA Air parvoz tadqiqot markazi yaq…
14:28 / 29.10.2025

														
														Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Kimyo bo‘yicha 2025-yilgi Nobel mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi.
18:32 / 08.10.2025

														
														Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi

2025-yilgi Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Meri Brunkow, Fred Ramsdell va Shimon Sakaguchiga topshirildi.
17:53 / 06.10.2025

														
														Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi barcha tegishli bo‘limlarga ushbu topshiriqlar yetkazildi.
16:14 / 24.09.2025

														
														Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Maqsadli qabul asosida tavsiya etilgan abituriyentlar ushbu imtiyozda
10:53 / 23.09.2025

														
														Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etildi

Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etildi

2025-yil 8-sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasining PQ‑279‑son qaroriga binoan, Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etildi.
16:41 / 19.09.2025

														
														O‘zbekistonga qaysi davlat talabalari eng ko‘p o‘qish uchun kelgan?

O‘zbekistonga qaysi davlat talabalari eng ko‘p o‘qish uchun kelgan?

Bu boradagi statistika bilan tanishamiz
17:54 / 10.09.2025

Bu ham qiziq

Chirchiqda profilaktika inspektoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Chirchiqda profilaktika inspektoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
16:47 / 30.04.2026
Ziroat Mahmudovna Mirziyoyevaning ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalari ochildi.

Ziroat Mahmudovna Mirziyoyevaning ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalari ochildi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mahmudovna Mirziyo…
11:01 / 30.04.2026
Ko‘p qavatli uylarda tozalash va xizmat ko‘rsatish talablari kuchaytirildi

Ko‘p qavatli uylarda tozalash va xizmat ko‘rsatish talablari kuchaytirildi

Ministry of Justice of Uzbekistan ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini (29-aprel, 2026-yil) da…
16:51 / 30.04.2026
“Eron JChda ishtirok etadi va albatta, Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘ynaydi” – Infantino

“Eron JChda ishtirok etadi va albatta, Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘ynaydi” – Infantino

FIFA Kongressi Jahon kubogini dunyoni birlashtirish vositasi sifatida ta’kidlaydi va futbolda irqchilikni yo‘q qilishga va’d…
09:42 / 01.05.2026
Moskvadan Termizga yo‘l olgan samolyot Samarqandga qo‘ndirildi

Moskvadan Termizga yo‘l olgan samolyot Samarqandga qo‘ndirildi

Pobeda Airlines aviakompaniyasining Moskva–Termiz yo‘nalishidagi reysi chang bo‘roni sababli zahira aeroportga yo‘naltirildi.
10:52 / 01.05.2026
Saida Mirziyoyeva: Toshkent teatrlarida yangilanish boshlanadi

Saida Mirziyoyeva: Toshkent teatrlarida yangilanish boshlanadi

Toshkentdagi teatrlar doimo ijodiy hayot markazi bo‘lib kelgan. Biroq ayni paytda poytaxtdagi ko‘plab teatrlarning moddiy-te…
09:51 / 30.04.2026
Husanovning transfer narxi 100 mln yevroga oshadi

Husanovning transfer narxi 100 mln yevroga oshadi

Abduqodir Husanovning barqaror o‘yinlari uning transfer qiymatini oshirmoqda. Transfermarkt uni 35 mln yevroga baholagan bo‘…
15:33 / 30.04.2026
Tramp: Isroil Livan bo‘yicha aniq zarbalar berishi kerak

Tramp: Isroil Livan bo‘yicha aniq zarbalar berishi kerak

Donald Tramp Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuga Livanga zarbalar masalasida ehtiyotkor va aniq nishonli harakat qilishn…
10:25 / 30.04.2026
Chilonzorda yo‘lning bir qismi ta’mir sabab vaqtincha yopildi

Chilonzorda yo‘lning bir qismi ta’mir sabab vaqtincha yopildi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan Bunyodkor va Choponota ko‘chalari kesishmasidagi yo‘l o‘tkazgichda joriy t…
10:04 / 30.04.2026
Andijonda noqonuniy yer savdosi fosh etildi

Andijonda noqonuniy yer savdosi fosh etildi

Andijon viloyatida yer bilan bog‘liq noqonuniy holat fosh etildi.
10:23 / 01.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!