$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Dunyoning eng qimmat sport klublari

20:48 / 21.05.2022

“Forbes” jurnali dunyoning eng qimmat klublari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Amerika futbol klubi reytingda birinchi o‘rinni egalladi va umuman olganda, Qo‘shma Shtatlarda Yevropaga qaraganda sportdan yaxshiroq pul topish mumkin. Bu, ayniqsa, keltirilgan eng boy xokkey va basketbol franchayzalari ro‘yxatida yaqqol namoyon bo‘ladi. E’tiboringizga dunyoning eng qimmat sportt brendlari beshligini taqdim etamiz.

1. “Dallas Kovboys”: Trampning xatosi
Sport:
Amerika futboli
Qiymati: 5,7 mlrd. dollar

“Dallas Kovboylari” Amerika futboli jamoasi sifatida tanilgan. Ammo klub har doim ham yuqori o‘rinlarda bo‘lmagan. 1980-yillarda jamoa bankrotlik yoqasida edi. 1984 yilda AQSHning bo‘lajak prezidenti Donald Tramp jamoani sotib olishi mumkin edi, ammo tadbirkor klubni sotib olishni behuda pul sarflash sifatida hisoblagan. “Men xato qildim, hech kim bilan bu sodir bo‘lmaydi”, – degan edi Tramp. 

Chunki 1989 yilda klubni neft magnati Jerri Jons sotib oldi, unga yuzlab millionlarni kiritdi va milliardlab daromad oldi.

Endi Texas klubi Milliy Futbol Ligasi (NFL) tarixidagi eng muvaffaqiyatli klublardan biriga aylandi – Dallas chempionlik unvoni uchun Superkubok finalida besh marta (1971, 1977, 1992, 1993 va 1995) g‘alaba qozondi. Faqat ikkita jamoa “Pitsburg Stilers” va “Nyu-Ingland Patriots” “kovboylar”dan ko‘ra ko‘proq ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan.

2015 yilda Dallas dunyodagi birinchi sport klubi aylanib, uning qiymati 4 milliard dollardan oshib ketdi.

Klubning asosiy daromad manbalari – televideniye huquqlari, klub tovarlarini sotish, chiptalar va homiylik shartnomalari hisoblanadi.

2. “Nyu-York Yankis”: Beysbolning Mona Lizasi
Sport:
beysbol
Qiymati: 5,25 mlrd. dollar

Dunyodagi eng qimmat va, ehtimol, eng mashhur beysbol klubi. 1901 yil – Amerika ligasi bilan bir vaqtda tashkil etilgan. Shundan beri u dunyodagi eng mashhur brendlardan biriga aylandi. Hozirda “NY” harflari tushirilgan beysbol qalpoqlarini kiyganlarning ko‘pchiligi logotip nima ekanligini ham bilishmaydi. 

“Yankilar” Beysbol Oliy Ligasida (MLB) eng ko‘p mukofot yutgan jamoa bo‘lib, 27 ta Jahon seriyasi (MLB finallari) g‘olibi. Biroq, so‘nggi g‘alaba 2009 yilda bo‘lgan va 10 yildan ko‘proq vaqt davomida klub moliyaviy tushishga qaramay, ushbu reytingdan joy olgan.

Jamoa 1973 yildan beri Shtaynbrennerlar oilasi (Irlandiya-Germaniya) tomonidan nazorat qilinadi, aytmoqchi, ular dunyodagi 100 ta eng boy oilalardan biridir. “Yankilarga egalik qilish Mona Lizaga egalik qilish bilan barobar”, – degan edi sulola vakili Jorj Shtaynbrenner.

Klub foydasining katta qismi televideniye huquqlarini sotish, homiylik shartnomalari va klub tovarlarini “pullash”dan tushadi.

3. “Nyu-York Niks”: “A” biznes uchun, “B” sport uchun
Sport:
basketbol
Qiymati: 5 mlrd. dollar

“Nyu-York Niks” Milliy Basketbol Assosiasiyasining (NBA) kelib chiqishida turgan eng qadimiy klublardan biri bo‘lsa-da, uzoq tarixida faqat ikki marta chempion bo‘lgan: 1970 va 1973 yillarda. Biroq bu ko‘p pul topish va sarflashga to‘sqinlik qilmaydi.

Klub ketma-ket oltinchi yil NBA’dagi eng qimmat klublar reytingida birinchi pog‘onani egallab turibdi va 1999 yildan beri ikkinchi qatordan pastga tushmadi.

Jamoani “Madison Square Garden” kompaniyasi (shuningdek, “Nyu-York Reynjers” xokkey klubiga ham egalik qiladi) nazorat qiladi va “Niks”ning narxi yildan-yilga oshib bormoqda – 2021 yilda klub narxi 9 foizga qimmatlashgan.

Klub qiymatining o‘sishi nafaqat rahbariyatning malakali boshqaruvi, balki NBA’ning umumiy yuksalishi bilan ham bog‘liq. So‘nggi yillardagi pley-off o‘yinlari ba’zan super kubokdan ko‘ra ko‘proq tomoshabinlarni o‘ziga jalb qildi, shuningdek, televideniye huquqlarining narxi (mahalliy televideniye huquqlarining o‘zigina “Niks”ga yiliga 150 million dollar keltiradi), homiylar soni va qiymati NBA’dan 52 foizga qimmatroq, lekin so‘nggi besh yil ichida farq ikki barobardan ko‘proq kamaydi.

4. “Barselona”: Messisiz rivojlanish missiyasi
Sport:
futbol
Qiymati: 4,76 mlrd. dollar

So‘nggi yillarda dunyoning eng qimmat futbol klubi og‘ir kunlarni boshdan kechirmoqda.

Ammo shuni yodda tutish kerakki, Kataloniya klubi, ehtimol, o‘zining asosiy boyligi – argentinalik futbol dahosi Lionel Messidan ayrildi. Aftidan, ro‘yxatning navbatdagi ko‘rinishida ispan klubi bir-ikki pog‘ona pastlashi mumkin.

Klubning asosiy daromad manbalari – translyatsiya huquqi (yiliga taxminan 300 million yevro), turnirlardan olinadigan mukofot pullari, homiylik shartnomalari (yiliga 300 million yevrodan ortiq), chiptalar sotish (yiliga 200 million yevrodan ortiq) va klub tovarlari.

5. “Real Madrid”: O‘lmaydigan biznes imperiya
Sport:
futbol
Qiymati: 4,75 mlrd. dollar

Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining ikki asosiy jamoasi dunyoning eng qimmat klublari reytingida yonma-yon bormoqda. Madrid “qirollik klubi” nomi bilan yuritiladi – ushbu nom XX asr boshlarida klubning asosiy muxlislaridan biri bo‘lgan qirol Alfons XII tomonidan berilgan.

“Real Madrid” XX asrning eng yaxshi futbol klubi, deb tan olingan, XXI asrda esa Chempionlar ligasidagi g‘alabalar soni bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi (Yevropaning asosiy futbol musobaqasi) – 13 ta g‘oliblik.

Klub direktorlar kengashiga tegishli bo‘lib, Florentino Peres uzoq vaqtdan beri prezidentlik qilib keladi. Jamoa UEFA chempionlar ligasidagi kuboklar sonini yana bittaga oshirish uchun joriy yilning 28 may kuni “Liverpul”ga qarshi bahs olib boradi.

Daromad manbalari bo‘yicha "Real Madrid" "Barselona"dagi asosiy raqiblari bilan deyarli bir xil: translyatsiyalar (149 million yevro), homiylar, mukofot pullari (116 million yevro), chiptalar (126 million yevro) va jihozlar.


Bu ham qiziq

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!