$
12117.35 UZS
-11.98
149.49 UZS
0.32
14069.46 UZS
7.93
31° Kechasi 18°

Endi talabalar yotoqxonaga DXM va my.gov.uz orqali joylashtiriladi

17:19 / 15.08.2023

Endi O‘zbekistonda talabalarni yotoqxonaga joylashtirish faqat davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
 
Hukumat qarori bilan Davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
 
Qarorga ko‘ra:
 
davlat OTM talabalar turar joyiga joylashish faqat davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda talabalarga navbatni onlayn kuzatish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
 
Shuningdek, talabalar bilan tuziladigan turar joy ijara shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali masofadan turib biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) texnologiyasi orqali onlayn hisobga qo‘yiladi.
2023/2024-o‘quv yilida 1-kurs talabalari uchun davlat OTM talabalar turar joyiga joylashish davlat xizmati markazlari va my.gov.uz orqali bepul elektron ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Arizalar 20-avgustdan qabul qilinadi.
2-kurs va undan yuqori kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish an’anaviy tarzda amalga oshiriladi.
 
Bunda yotoqxonaga joylashish uchun ariza OTM talabalar turar joylariga joylashtirish komissiyasiga 2023-yil 25-avgustgacha topshiriladi.
 
2024/2025 o‘quv yilidan barcha kurs talabalari uchun davlat OTM yotoqxonasiga joylashish onlayn amalga oshiriladi.
Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish har yili 1-avgustdan boshlanib, o‘quv yili yakunigacha davom etadi.
 
Reglamentga muvofiq, ayrim toifadagi talabalar yotoqxonaga ustuvorlik asosida qabul qilinadi.
 
Shunga ko‘ra, talabalar turar joyiga joylashish uchun yo‘llanma dastlab imtiyozli ro‘yxat, so‘ng umumiy ro‘yxatdagi navbat bo‘yicha avtomatik shakllantiriladi.

Bu ham qiziq

O‘zbekistonga 9 oyda 8,6 mln nafar turist tashrif buyurdi

O‘zbekistonga 9 oyda 8,6 mln nafar turist tashrif buyurdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida jami qariyb 8,6 mln nafar chet el fu…
12:17 / 27.10.2025
O‘zbekiston sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirishga 1 mlrd dollardan ortiq investitsiyalar jalb qilinadi

O‘zbekiston sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirishga 1 mlrd dollardan ortiq investitsiyalar jalb qilinadi

Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni q…
11:18 / 27.10.2025
Tramp reklama tufayli Kanadaga qo‘shimcha boj soldi

Tramp reklama tufayli Kanadaga qo‘shimcha boj soldi

Qo‘shimcha 10 foizlik boj “hozir to‘layotganlaridan tashqari” qo‘llanadi. Bu Kanada bilan savdo muzokaralari tugaganidan ati…
17:23 / 26.10.2025
Hindistonda fohishalikka majburlangan o‘zbekistonlik ayol qutqarildi

Hindistonda fohishalikka majburlangan o‘zbekistonlik ayol qutqarildi

Hozirda barcha ayollar tibbiy kuzatuv ostiga olingan, jinoyat tafsilotlari yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.
16:17 / 25.10.2025
Sanksiyalar sharoitida ham Yevroittifoq Rossiyaning 3 ta yetakchi savdo hamkoridan biri hisoblanadi

Sanksiyalar sharoitida ham Yevroittifoq Rossiyaning 3 ta yetakchi savdo hamkoridan biri hisoblanadi

Germaniya iqtisodiy instituti hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan yili Rossiya eksporti 18 foizga o‘sib, 330 milliard dollarga y…
09:52 / 27.10.2025
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh 19,2 foizga o‘sdi

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh 19,2 foizga o‘sdi

O‘zbekistonda 2025-yil yanvar-sentyabr oylarida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 6 mln 166,9 ming so‘mni tashkil …
12:01 / 26.10.2025
Luvrdagi o‘g‘irlik ishi bo‘yicha gumondorlar qo‘lga olindi

Luvrdagi o‘g‘irlik ishi bo‘yicha gumondorlar qo‘lga olindi

Parij prokurori Lor Bekkoning aytishicha, gumondorlardan biri Parijning shimolida joylashgan Sharl de Goll aeroportida mamla…
16:23 / 26.10.2025
Janubiy Koreya va Slovakiyaga ishga yubormoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Janubiy Koreya va Slovakiyaga ishga yubormoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bilan jinoya…
08:34 / 27.10.2025
Tramp Ukraina-Rossiya urushini tugatishda Xitoyning yordamidan umid qilmoqda

Tramp Ukraina-Rossiya urushini tugatishda Xitoyning yordamidan umid qilmoqda

BBC'ning xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy rahbari Si Szinpin bilan yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan uchra…
15:42 / 25.10.2025
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi yetakchi 10 davlat ma’lum qilindi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi yetakchi 10 davlat ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanma…
17:10 / 26.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!