“Isroil masalasi hal qilinmaguncha, bizning mintaqamizda ham, butun dunyoda ham mustahkam tinchlik va to‘liq xalqaro huquq va tartib bo‘lishi mumkin emas” – degan Turkiya prezidenti.
Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an O‘zbekistondan qaytishda jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qilgan.
Turkiya rahbari G‘arbga G‘azoda sulh tuzish uchun Isroilga bosim o‘tkazishga chaqirgan.
“Agar siz G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida samimiy bo‘lsangiz, BMT qarorini bajarish uchun Isroilga bosim o‘tkazing” – degan Erdo‘g‘an.
Prezidentning ta'kidlashicha, Riyod sammitidan so‘ng, Turkiya telefon diplomatiyasiga e’tibor qaratishda davom etadi. “Biz BMTda huquq va adolat himoyachilari sonini ko‘paytirish bo‘yicha ishlarni boshlaymiz” – deya qo‘shimcha qilgan prezident.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya barcha xalqaro platformalarni faollashtirishga harakat qilmoqda.
“Biz sulhni ta'minlash uchun diplomatik imkoniyatlaridan to‘liq foydalanmoqdamiz” – degan turk rahbari.
Erdo‘g‘an Turkiyaning maqsadi G‘azo aholisiga tibbiy yordam ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan joylarga kirishni ta’minlash ekanligini ta’kidladi.
“Turkiya G‘azodagi qon ketayotgan yarani to‘xtatish uchun harakat qilmoqda. “Agar AQSh ham ushbu yondashuvni baham ko‘rishni boshlasa, Isroilni to‘xtatish ancha osonlashadi” – degan prezident.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!