Muhammad Pakpur AQSh harbiy kemalari Yaqin Sharq mintaqasi tomon yo‘l olayotgan bir paytda Eron har qanday tahdidga qarshi turishini bildirdi, – deya yozmoqda Associated Press.
Payshanba kuni Donald Tramp AQSh “ehtiyot chorasi sifatida” harbiy kemalarini Eron tomon yo‘naltirayotganini aytgandi.
“Bu yo‘nalishda ulkan flot harakatlanmoqda. Ehtimol, biz uni ishlatishga majbur bo‘lmasmiz”, — degan edi Tramp.
Reuters’ning yozishicha, yuqori lavozimli eronlik mansabdor Tehron har qanday hujumni “keng ko‘lamli urush” sifatida baholashini ma’lum qilgan.
“Bu harbiy qudratni oshirish, umid qilamizki, u haqiqiy to‘qnashuvga qaratilmagan. Biroq bizning harbiylar eng yomon ssenariyga ham tayyor. Shu sababli Eronda hamma yuqori shay holatda”, — deya eronlik rasmiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi agentlik.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!