Andijon shahri va Oltinko‘l tumanida yashovchi 1995, 1998, 2002-yillarda tug‘ilgan 3 nafar shaxs kripto-aktivlar bilan shug‘ullanuvchi Andijon tumanida istiqomat qiluvchi, 2004-yilda tug‘ilgan fuqaroni avtomashinaga majburlab o‘tqazib, unga o‘zlarini go‘yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari sifatida tanishtirishadi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
So‘ngra, jinoiy guruh a’zolari tovlamachilik yo‘li bilan uning 100 ming AQSh dollari miqdoridagi kriptovalyutalarni o‘zlashtirib olib, evaziga unga 160 ming qalbaki AQSh dollari berishadi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda soxta xodimlar qo‘lga olinib, ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi va 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!