Buyuk Britaniyaning Liverpul shahrida bo‘lib o‘tgan “Eurovision-2023” tanlovida shvetsiyalik xonanda Loren o‘zining “Tattoo” qo‘shig‘i bilan g‘olib bo‘ldi. Loren jami 583 ball to‘pladi. Bu uning ikkinchi g‘alabasi hisoblanadi. Xonanda 2012-yilgi tanlovda ham g‘olib bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Ukrainaning Kalush orkestri guruhi “Eurovision” qo‘shiq tanlovida g‘olib chiqdi, shu sababli bu yil tanlov Ukraina tomonidan o‘tkazilishi kerak edi. Biroq urush tufayli, Yevropa radioeshittirishlar ittifoqi uni Buyuk Britaniyaga ko‘chirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!