$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

Falastin prezidentiga rostdan ham suiqasd uyushtirildimi?

15:00 / 08.11.2023

Kecha, 7-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Falastin prezidenti Mahmud Abbosga suiqasd uyushtirilgani aks etgan video tarqaldi. Xabar qilinishicha, hujum paytida Abbosning tansoqchilaridan biri otib tashlangan. Biroq Falastinga yaqin manbalar prezidentga suiqasd bo‘lganini inkor etdi. Hozircha suiqasd haqida rasmiy tasdiqlar yo‘q. Yaqin Sharqdagi keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda, Falastin prezidenti Mahmud Abbosga suiqasd mintaqani yangi mojaro girdobiga olib keladi.

Falastin prezidentiga qarshi “Abu Jandal o‘g‘illari” nomi ostidagi yangi harakat a’zolari tomonidan ultimatum qo‘yilgani aytilmoqda.
Bu ultimatumni suiqasdga aloqasi bo‘lishi mumkinmi? Falastinda ichki bo‘linish va qo‘zg‘olonlar ko‘tarilish xavfi mavjudmi?

“Abu Jandal o‘g‘illari” kimlar va ular nima istashmoqda?

Ushbu harakat a’zolari o‘zlarining birinchi bayonotlarini 5-noyabr kuni G‘arbiy sohildagi qarorgohida bergan. Berilgan bayonotlarida Isroil hujumlariga qarshi aniq pozitsiyani ishlab chiqish uchun rahbariyatga 24 soat vaqt ajratgan.

Guruh o‘zini “Rahbar Abu Jandal o‘g‘illari”, deb atagan. Ularning tarkibiy qismi Falastin ma’muriyatining bosib olingan G‘arbiy sohildagi turli xavfsizlik bo‘linmalari a’zosi ekanligi aytilmoqda.
Agar Falastin rahbariyati Isroil hujumlariga aniq qarama-qarshi pozitsiya ishlab chiqmasa, qo‘zg‘olon ko‘tarilishini ma’lum qilishgan.

Guruh a’zolari o‘zlarining qisqa bayonotlarida Isroilning hujumlariga jimgina sabr qilishganini, ojizlik ko‘rsatib yordam kutishgani, lekin endi yosh bolalar va ayollarning o‘limiga jim chidab tura olishmasligini bildirgan.
“Biz bugundan boshlab Falastin rahbariyati jinoyatchi (Isroil) ishg‘oliga qarshi to‘liq qarama-qarshilik e’lon qilish uchun tarixiy mas’uliyat oldida turganini e’lon qilamiz”, deb bayonotda aniq kayfiyat ko‘rsatib o‘tishgan.
Shuningdek, ular bombardimonga qarshi barcha vositalarni qo‘llashni, Blinkenning bayonotlarini qoralashni, AQShning hech qanday bo‘linmasi kiritilmasligini talab qilishgan. Guruh o‘zini “Falastin xavfsizlik bo‘linmalarining a’zolari”, deb ta’riflagan.

 

Abu Jandal kim?

Guruh 2002-yil aprel oyida Jenin qochqinlar lagerini himoya qilish uchun kurash olib borgan zobit Yusuf Ahmad Rayhon sharafiga o‘zini “Abu Jandal o‘g‘illari”, deb ataydi.

Rayhonning nomi Abu Jandal bo‘lib, Jenin jangida Mahmud Tavalbeh bilan birga rahbarlik qilishgan. 2002-yili Ikkinchi Intifada paytida Jenin qochqinlar lageriga Isroil tomonidan bostirib kirishi natijasida yuzlab falastinliklar halok bo‘lgan va yaralangan. Aynan shu zobit sharafiga ular guruhni “Abu Jandal o‘g‘illari” , deb nomlashgan.

 


Falastin-Isroil


														
														Isroil G‘azoga yordam olib ketayotgan 200 ga yaqin odamni qo‘lga oldi

Isroil G‘azoga yordam olib ketayotgan 200 ga yaqin odamni qo‘lga oldi

TRT xabariga ko‘ra, Isroil armiyasi G‘azoga gumanitar yordam yetkazishni maqsad qilgan “Global Sumud” nomli flotiliyaga huju…
17:32 / 30.04.2026

														
														“Trampning “Tinchlik kengashi” G‘azodagi Isroil hujumlarini to‘xtatishi kerak”, – XAMAS

“Trampning “Tinchlik kengashi” G‘azodagi Isroil hujumlarini to‘xtatishi kerak”, – XAMAS

19-fevral kuni Tinchlik kengashi yetakchilarining uchrashuvida a’zo davlatlar 5 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratishi k…
17:47 / 18.02.2026

														
														Isroil Ramazon oyida Al-Aqso masjidiga kirishni qisman cheklamoqchi

Isroil Ramazon oyida Al-Aqso masjidiga kirishni qisman cheklamoqchi

Bu holatni Falastin ma’muriyati “din erkinligini cheklashga urinish” deb baholamoqda.
17:37 / 17.02.2026

														
														Isroil 1967-yildan buyon amalda bo‘lgan harbiy buyruqni bekor qildi

Isroil 1967-yildan buyon amalda bo‘lgan harbiy buyruqni bekor qildi

Bu qaror mamlakatga Falastin yerlarining “de-fakto anneksiyasi”ni tezlashtirish imkonini beradi.
10:35 / 17.02.2026

														
														Isroilning G‘azoga hujumi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azoga hujumi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

Bu sulh tuzilganidan keyin qurbonlar soni bo‘yicha eng yirik zarba bo‘ldi.
12:35 / 01.02.2026

														
														G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishning ikkinchi bosqichi e’lon qilindi, ammo qirg‘inlar davom etmoqda

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishning ikkinchi bosqichi e’lon qilindi, ammo qirg‘inlar davom etmoqda

AQSh G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishning ikkinchi bosqichi boshlanganini e’lon qildi.
18:15 / 15.01.2026

														
														Isroil XAMAS qurolsizlanmasa, G‘azoda harbiy amaliyot boshlashni rejalashtirmoqda

Isroil XAMAS qurolsizlanmasa, G‘azoda harbiy amaliyot boshlashni rejalashtirmoqda

Isroil Falastinning XAMAS guruhi 2025-yilgi sulhga muvofiq to‘liq qurolsizlanishdan bosh tortgani sababli G‘azo sektorida ya…
15:24 / 11.01.2026

														
														Isroil G‘azoga yana zarba berdi, qurbonlar bor

Isroil G‘azoga yana zarba berdi, qurbonlar bor

G‘azo fuqarolik mudofaasi agentligining ma’lum qilishicha, payshanba kuni Falastin hududida Isroil hujumlari kamida 13 kishi…
14:56 / 09.01.2026

														
														Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil Mudofaa kuchlari bayonotiga ko‘ra, 13-dekabr kuni Isroil kuchlari XAMASning qurol-yarog‘ ishlab chiqarish shtabi rahb…
10:36 / 14.12.2025

Bu ham qiziq

Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Bugun, respublikaning aksariyat hududlarida havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Ayrim joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin. To…
17:51 / 19.11.2026
Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş sanoatida xomaşyodan töliq foydalaniş va işlab çiqariş çiqindilarini qayta işlaş böyiça yangi tal…
15:38 / 20.11.2026
Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistondagi bir qator internet naşrlari ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqi buzilgani haqidagi şikoyatlar orqali pul u…
13:48 / 19.11.2026
Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkentda Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning bir…
13:56 / 19.11.2026
Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda korxona tugatilişi yoki ştatlar qisqarişi sababli işdan böşatilgan fuqarolar uçun muddatidan oldin pensiyaga çi…
09:43 / 20.11.2026
Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 2026-yilning yanvar-oktabr oylarida korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim bilan mehnat şartnomasi bekor qilin…
09:49 / 20.11.2026
Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan özbek tilidagi 6 milliardga yaqin sözni öz içiga olgan yirik oçiq matnli ma’lumot…
11:29 / 20.11.2026
Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaş yiğilişida mamlak…
14:56 / 19.11.2026
Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda tibbiy mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş doirasida turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida san…
14:39 / 19.11.2026
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017-yildan buyon uch barobar o‘sdi

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017-yildan buyon uch barobar o‘sdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – Turkiya biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengash yig‘ilishi…
13:59 / 19.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!